PQ-4077-son Qaror · 25.12.2018

Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4077
  • Qabul qilingan sana:25.12.2018
  • Kuchga kirgan sana:27.12.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/4077/2380

[Koʻchirma]

Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoatning bazaviy tarmoqlarini texnik va texnologik jihozlash, ularning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:

1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlatga yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushni) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda berish tanlov asosida 5 yilgacha boʻlgan muddatga quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaning mavjudligi;

ishonchli boshqaruvchi tomonidan tegishli komissiyaga korxona faoliyatining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha biznes-rejani taqdim etish;

korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga ishonchli boshqaruvga beriladigan ulush boʻyicha tayinlanadigan aʼzolarning kamida 40 foizi miqdorida davlat vakillarini kiritish;

ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga uning maʼmuriy xarajatlarini qoplash uchun har oy toʻlanadigan mukofot puli va moliyaviy yil yakunlariga koʻra biznes-reja parametrlarining bajarilishiga qarab hisoblanadigan bonus koʻrinishida haq toʻlash.

Bunda, ishonchli boshqaruvchi tasdiqlangan biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablagʻlari, uskunalar, dasturiy mahsulotlar shaklida oʻz mablagʻlarini jalb etgan hollarda ushbu mablagʻlar asoslantirilgan hisob-kitoblar va mustaqil auditor xulosasiga koʻra hamda ishonchli boshqaruvchi va korxona oʻrtasida kelishilgan alohida grafikka muvofiq belgilangan tartibda qoplab berilishi lozim.

2. Belgilab qoʻyilsinki, ustav kapitalidagi davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlari (ulushlari) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalarga nisbatan:

a) qonun hujjatlarining quyidagi talablari tatbiq etilmaydi:

tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishga boʻlgan texnik topshiriqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan (birgalikda moliyalashtiriladigan) holatlar bundan mustasno;

(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5215-son Farmonining 2-ilovasiga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish boʻyicha kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida;

ishonchli boshqaruvchi tomonidan kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ilgari surilgan shaxslar korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega boʻlishi toʻgʻrisida;

b) summasidan qatʼi nazar, idoraviy (ichki) tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish kontraktlarini, shu jumladan import kontraktlarini mustaqil ravishda tuzish huquqi beriladi;

v) 2019-yil 1-fevraldan boshlab olib kiriladigan (olib chiqiladigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomi qoʻllaniladi;

g) korxonalar tomonidan ushbu qarorga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) toʻgʻrisidagi axborotni ular tuzilgan sanadan boshlab uch kundan kechiktirmay davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga joylashtirish tartibi joriy etiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi aksiyalar (ulushlar) davlat paketini ishonchli boshqarish boʻyicha oʻzi tuzgan shartnomalarning lozim darajada bajarilishi ustidan samarali monitoring olib borsin.

4. Belgilansinki:

investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik shartlarini hamda kontraktlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan beriladi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha mustaqil aʼzosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan xorijlik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushi ustun boʻlgan, ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalar tomonidan investitsiya loyihalari kuzatuv kengashining ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

5. “Oʻzstandart” agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari, davlat standartlari, texnik meʼyorlar, qoidalar va reglamentlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qurilishda qoʻllaniladigan materiallarning sifati va xavfsizligiga doir ekologik standartlarni, talablarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi amaliyotni inobatga olgan holda quyish sexlarida maʼnan eskirgan uskunalar va texnikadan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilsin.

6. “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxatiga kiritilsin va mazkur korxonalarga nisbatan qabul qilinayotgan qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar tatbiq etilsin.

7. “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash va faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda:

harakat tarkibi parkini, jumladan xususiy operator kompaniyalarini tashkil etish orqali kengaytirish choralarini koʻrsin;

ushbu korxonalar ehtiyojlari uchun boʻsh vagonlar berishning choraklik grafiklarini tasdiqlab, ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlagan holda import va eksport qilinadigan yuklar logistikasi boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda 2019-yil 10-yanvarga qadar “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJning import kontraktlari boʻyicha olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amalga oshirish boʻyicha har oy bajariladigan tadbirlar grafigi;

aniq davrda ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishi lozim boʻlgan tovarlar turlarining roʻyxati, shuningdek, ularni mahalliylashtirish darajasi;

tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari.

10. “Oʻzmetkombinat” AJga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzmetkombinat” AJning 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan rivojlanish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3468-son qaroriga muvofiq “Quyish-prokatlash kompleksini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilgan holda parallel loyihalash hamda oʻz mablagʻlari va qarz mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga ruxsat berilsin va Loyiha 2026-yil fevral oyi yakuniga qadar foydalanishga topshirilsin.

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)

Quyidagilar Loyihani amalga oshirish doirasida 2026-yil 1-iyulga qadar:

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)

a) “Oʻzmetkombinat” AJ, pudratchi va subpudratchilar:

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan (shu jumladan, Loyihani amalga oshirish doirasida 2025-yilda va undan oldin olib kirilgan) materiallar, uskunalar, maxsus va transport texnikasi, ularning ehtiyot qismlari, asbob va anjomlar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;

(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)

b) yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari ham doimiy muassasa, ham Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbasi orqali olinadigan daromadlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan;

v) jismoniy shaxslar — xorijiy mutaxassislar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)

g) investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan pudratchilar tomonidan xorijiy mutaxassislar uchun toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2022-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirilgan toʻlovlarni “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan 2026-yil davomida toʻlanadigan foyda soligʻi summasini kamaytirish hisobiga pudratchilar hisobvaraqlariga qaytarib berilsin.

(10-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisida yangilangan nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

tanlov shartlariga ishonchli boshqaruvdan kutilayotgan natijalar boʻyicha davlat talablarini kiritish;

talab darajasidan past boʻlmagan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan biznes-reja taqdim etgan talabgorlarning tanlov savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish;

aksiyalar (ulushlar) davlat paketi ishonchli boshqaruvga berilgan jamiyatlarning yillik biznes-rejalarini ularning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash;

jamiyat tomonidan biznes-rejaning bajarilishi, qilingan xarajatlarning, eksport va import kontraktlari boʻyicha narxlarning asoslanganligini har yili mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan, shu jumladan davlatning vakolatli organi tomonidan jalb etilgan tashkilot tomonidan tasdiqlash;

ishonchli boshqaruvchi tomonidan tasdiqlangan yillik biznes-rejalar toʻliq bajarilgan va ijobiy auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda ishonchli boshqaruv shartnomasini tanlov savdolarini oʻtkazmasdan uzaytirish.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 25-dekabr,

PQ-4077-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-son qaroriga1-ILOVA

“Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qarori rus tilidagi matnining 6-bandidagi “1-dekabrya 2018 goda” soʻzlari “1-marta 2020 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Simli blok oʻrnatgan holda 2-son sortoprokat sexi “300” stanida katankani ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2825-son qarori rus tilidagi matnida:

5-banddagi “1-yanvarya 2019 goda” soʻzlari “1-marta 2019 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-ilovaning nomlanishidagi “1-yanvarya 2019 goda” soʻzlari “1-marta 2019 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasidagi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3145-son qarori rus tilidagi matnining 3-bandida:

a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi “Olmaliq KMK” AJni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3211-son qarori 1 — 8 va 13 — 24-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Uch-Quloch” konini ochiq usulda oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3452-son qarori 1 — 7 va 10 — 15-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarori rus tilidagi matnining 31-1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“31-1. Oborot po realizatsii produksii iz medi po gruppe 74 kodov TN VED na eksport za inostrannuyu valyutu oblagayetsya nalogom na dobavlennuyu stoimost po ustanovlennoy stavke (za isklyucheniyem produksii sobstvennogo proizvodstva AO “Almalikskiy GMK”, AO “Uzmetkombinat” i AO “Uzvtorsvetmet”)”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxatining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 20 va 21-bandlar bilan toʻldirilsin:

“20. AO “Uzmetkombinat”

21. AO “Uzvtorsvetmet””.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3954-son qarori rus tilidagi matnida:

a) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “do 1-marta 2019 goda” soʻzlari “do 1-oktabrya 2019 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:

quyidagi mazmundagi satrlar bilan toʻldirilsin:

quyidagi mazmundagi izohlar bilan toʻldirilsin:

“***) podlejit utochneniyu v svyazi s izmeneniyem obyemov metallurgicheskogo sirya isxodya iz soderjaniya metalla v sirye, a takje seni na birjevix torgax

****) chast iz nix vklyuchayetsya v obyemi postavok v 2018 godu”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.