PQ-4189-son Qaror · 13.02.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4189
  • Qabul qilingan sana:13.02.2019
  • Kuchga kirgan sana:14.02.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4189/2609

Respublika miqyosida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasidagi xarid tartib-taomillarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maksimal ishtirokini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 13-fevral,

PQ-4189-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4189-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3384-son qarori 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3981-son qarori 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022-yil 1-yanvarga qadar ushbu qaror doirasida “Oʻzbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno), shuningdek, mazkur elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.