PQ-4346-son Qaror · 30.05.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4346
  • Qabul qilingan sana:30.05.2019
  • Kuchga kirgan sana:30.05.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ҚММБ 07/19/4346/3213

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 30-may,

PQ-4346-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PQ-4346-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar

1. “Oliy maʼlumotli kadrlarni oʻqitish” boʻlimi quyidagi mazmundagi 7-1 band bilan toʻldirilsin:

“‎ 7-1‎ Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati‎ yurist‎ kunduzgi‎ 3 yil‎ ”‎

2. “Kasbiy tayyorgarlik fakultetida kadrlarni oʻqitish” boʻlimi quyidagi mazmundagi 15-1 band bilan toʻldirilsin:

“‎ 15-1‎ Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati mutaxassis 6/5 oy** ”‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.