PQ-4347-son Qaror · 30.05.2019

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4347
  • Qabul qilingan sana:30.05.2019
  • Kuchga kirgan sana:31.05.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4347/4214

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilarga:

2008-yil 23-may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida koʻrgazma-yarmarka faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida 1995-yil 26-maydagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish hakidagi Protokolga;

2013-yil 20-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida koʻrgazma-yarmarka va kongress faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida 1995-yil 26-maydagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokolga qoʻshilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yuqoridagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi hamda ularni amalga oshirish uchun vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalkaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 30-may,

PQ-4347-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.