PF-5833-son Farmon · 19.09.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5833
  • Qabul qilingan sana:19.09.2019
  • Kuchga kirgan sana:20.09.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5833/3774

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyxati quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

“6. “Investment visa” — xorijiy investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8 500 baravarida xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rasmiylashtiriladigan, ushbu korxonalarning buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik investitsiya vizasi.

Bunda, investorning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari)ga “Investment visa” amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 19-sentabr,

PF-5833-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.