PF-5840-son Farmon · 30.09.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5840
  • Qabul qilingan sana:30.09.2019
  • Kuchga kirgan sana:30.09.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5840/3826

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 30-sentabr,

PF-5840-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoni 15-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “homilani sunʼiy ravishda tushirish” soʻzlari “homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“onalar va bolalar hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:

5-banddagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi va 11-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.