Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli institutsional islohotlar doirasida suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligini isloh qilish hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazkur sohada boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish asosida suv xoʻjaligi infratuzilmasini yanada yaxshilashni talab etmoqda.
Suv resurslarini boshqarish va suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini taʼminlash, suv xoʻjaligini boshqarish sohasida bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi) negizida “Oʻzsuvqurilish” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvqurilish” AJ) tashkil etish, shuningdek, 1-ilovaga muvofiq “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirish;
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlarining shtatlar sonini 2019-yil 1-noyabrdan 10 foizga, 2020-yil 1-yanvardan qoʻshimcha ravishda 10 foizga, shu jumladan boshqaruv xodimlari sonini mazkur qarorga muvofiq 83 birlikka bosqichma-bosqich maqbullashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
“Oʻzsuvqurilish” AJ “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar oʻzgartirilayotgan tegishli davlat unitar korxonalarining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitali 1-ilovada koʻrsatilgan oʻzgartirilayotgan davlat unitar korxonalarining mol-mulklarini qoldiq qiymatida oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
“Oʻzsuvqurilish” AJ ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasining mol-mulklarini qoldiq qiymatida, shuningdek, tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardagi davlat ulushini oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
“Oʻzsuvqurilish” AJ ustav kapitalidagi aksiyalar davlat paketi boʻyicha aksiyador funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi amalga oshiradi;
qayta tashkil etilayotgan “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari shtatlar soni Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida saqlanib qolinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 3-band sakkizinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
5. Quyidagilar:
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Suv resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga ushbu kichik bandda nazarda tutilgan “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek, ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlarining:
4-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) sohaga oid kafedralarining ixtisoslashtirilgan sinflarini joylashtirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidan, loyiha institutlari vakillaridan, shu jumladan chet el mutaxassislaridan iborat boʻlgan, shuningdek, suv xoʻjaligida loyihalashtirishning zamonaviy usullari va standartlariga amaliyotda oʻqitish uchun iqtidorli talabalarni jalb qilgan holda Universitet huzurida ixtisoslashtirilgan loyiha guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) Universitet sohaga oid kafedralarining tegishli ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida joylashtirilayotgan ixtisoslashtirilgan sinflarida talabalarning amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini, shuningdek, oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi “ishlab chiqarishda bir kunlik mashgʻulot” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
b) Universitet huzuridagi ixtisoslashtirilgan loyiha guruhining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
suv xoʻjaligi va aholi punktlari suv taʼminoti obyektlari qurilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishini loyihalashtirish;
suv xoʻjaligi va suv taʼminoti sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini va loyihalar amalga oshirilishini ilmiy-texnik jihatdan kuzatib borish;
suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlarining atrof-muhitga taʼsirini baholash va ularni hisoblash asoslarini ishlab chiqish.
8. 2020-yil 1-yanvardan:
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilgan holda suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yangidan amalga oshiriladigan loyihalarga kadrlarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha maxsus komponent kiritish;
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar kiritish amaliyotga majburiy joriy etilsin.
Belgilansinki:
ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarning 50 foizi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi, ularga faqat mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, alohida olimlar belgilangan tartibda jalb qilinadi;
ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarning qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bunda mazkur mablagʻlar faqat suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish maqsadida respublika taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga grantlar ajratish uchun sarflanadi.
9. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, ushbu tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati toʻgʻrisida hisobot kiritadi.
Viloyatlar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga xalq deputatlari kengashi va uning doimiy komissiyalari ish rejalarini ishlab chiqishda ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining suv xoʻjaligi sohasidagi ishlar holati toʻgʻrisidagi axborotini bir yilda kamida ikki marta eshitishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini rivojlantirishni, shu jumladan boshqaruv tizimini takomillashtirish, suv isteʼmolchilari uyushmalarining moliyaviy barqarorligini va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun yigʻimlar toʻliq tushishini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolchilari uyushmalari joylashuvini va ular tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan hududlar chegaralarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilishini;
ikki oy muddatda 5-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar Loyihalarni amalga oshirish agentligiga oʻtkazilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari manziliga Loyihalarni amalga oshirish agentligi suv xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ijrochi agentlik etib belgilanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuborilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Loyihalarni amalga oshirish agentligini saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi;
Loyihalarni amalga oshirish agentligiga oʻtkazilayotgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari belgilangan tartibda faoliyati 5-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalari doirasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslarga oʻzgartirilishi nazarda tutilsin;
b) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
(11-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
6-ilovaga muvofiq suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish choralarini koʻrsin;
koʻrsatilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishiga qarab, ularni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq Suv xoʻjaligi vazirligi tizimining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻrsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-oktabr,
PQ-4486-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 1-ILOVA
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga oʻzgartiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 3-ILOVA
Suv resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti sohaga oid kafedralarining ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida joylashtiriladigan ixtisoslashtirilgan sinflari
Izoh: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti sohaga oid kafedralarining ixtisoslashtirilgan sinflari oʻzaro kelishuvga koʻra boshqa ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida ham tashkil etilishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yuritish uchun topshiriladigan suv xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalari
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Umumiy qiymati 1 384,7 mln AQSH doll. boʻlgan jami 6 ta loyiha, shundan xorijiy kreditlar — 908,6 mln doll., Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 436,1 mln doll., Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi — 40,0 mln doll.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga 6-ILOVA
Suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarining
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)