PQ-4714-son Qaror · 14.05.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4097-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4714
  • Qabul qilingan sana:14.05.2020
  • Kuchga kirgan sana:15.05.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4714/0589

Toshkent shahridagi Amiti Universitetini sifatli asbob- uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4097-son qarori 9-bandining “b” kichik bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlaridan keyin “pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 14-may,

PQ-4714-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.