PQ-4765-son Qaror · 30.06.2020

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4765
  • Qabul qilingan sana:30.06.2020
  • Kuchga kirgan sana:30.06.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4765/1003

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yanada maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

3. Belgilansinki, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) berish boʻyicha ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari oʻz kuchini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 30-iyun,

PQ-4765-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.