PQ-4766-son Qaror · 30.06.2020

Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4766
  • Qabul qilingan sana:30.06.2020
  • Kuchga kirgan sana:01.07.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4766/1008

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi davlat muassasasi hududidagi asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklari hamda devon davriga mansub xalqaro eʼtirof etilgan “Zinzilban” kesmasining geologiya fanida tutgan oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 30-iyun,

PQ-4766-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.