PQ-3497-son Qaror · 26.01.2018

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3497
  • Qabul qilingan sana:26.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:26.01.2018
  • Holati:Amalda

1. 2017-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan va Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Turkiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A.Azizov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 26-yanvar,

PQ-3497-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.