Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining moddiy-texnik bazasi, harbiy tayyorgarlik tizimini rivojlantirish, aviatsiya kadrlarini oʻqitishning ilgʻor metodlarini keng miqyosda joriy etish, moddiy va inson resurslaridan samarali foydalanish maqsadida, shuningdek, “Xonobod” aerodromining mavjud infratuzilmasini inobatga olgan holda
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini 28-harbiy shaharchaga (Qarshi sh.) koʻchirib oʻtkazish hamda uning nomlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti (keyingi oʻrinlarda — OHABYU) deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Xonobod” aerodromining infrastrukturasi, oʻquv, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish hamda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini 28-harbiy shaharchaga (Qarshi sh.) koʻchirib oʻtkazishni nazarda tutuvchi Kompleks dastur (bundan buyon matnda Kompleks dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kompleks dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini bajarish doirasida:
buyurtmachi etib Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
bosh pudratchi tashkilot etib qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari gʻolibi belgilansin.
4. Kompleks dasturga kiritilgan tadbirlarning alohida qismlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
qurilish va rekonstruksiya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun nazarda tutilgan markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
kapital taʼmirlash, oʻquv va moddiy-texnik bazani takomillashtirish — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
tutash hududni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish — Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Shahrisabz” aeroportini barcha mavjud infratuzilmasi, binolari, inshootlari va tutash hududi bilan birgalikda bepul asosda topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi esa operativ boshqaruv huquqi bilan qabul qilib olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar tarkibi, kursantlar hamda uchuvchilar va muhandis-texniklar tarkibiga mansub mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik oʻrnatsin, bunda tayyorlov markazlarining imkoniyatlaridan faol ravishda foydalanilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining aviatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq turli shakldagi operativ-taktik oʻquvlarda ishtirok etish amaliyoti joriy qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har yili oʻn nafar eng ilgʻor uchuvchi mutaxassislarga Toshkent shahridan kvartiralar ajratilishi nazarda tutilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat dasturlarini shakllantirayotganda Kompleks dastur doirasidagi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan markazlashgan kapital quyilmalari limitlarini nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi quyidagi hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlasin:
texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, ularni koʻrib chiqish va kelishishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorida belgilangan tartibda;
loyiha-smeta hujjatlari, ularni koʻrib chiqish va kelishishni oʻrnatilgan tartibda.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
11. Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oylik muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-may,
PQ-3725-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3725-son qarorigaILOVA
“Xonobod” aerodromining infrastrukturasi, oʻquv, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish hamda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini 28-harbiy shaharchaga (Qarshi sh.) koʻchirib oʻtkazishni nazarda tutuvchi
T/rTadbirlar nomi Bajarish sanasiMoliyalashtirish manbai Masʼul ijrochilar I. 28-son Harbiy shaharcha (Qarshi sh.) Rekonstruksiya 1.1-sonli yotoqxona binosi (4 qavatli) oʻquv korpusini muhandislik tarmoqlari bilan 2018-2019 yillarMarkazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi2.Oʻquv korpusi binosi (2 qavatli) muhandislik tarmoqlari bilan 2018-2019 yillarMarkazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligiKapital taʼmirlash 3.2-sonli yotoqxona binosi (4 qavatli) muhandislik tarmoqlari bilan 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi4.Kursantlar oshxonasining binosi, yoniga qurilgan va jihozlangan yozgi oshxona hamda muhandislik tarmoqlari bilan 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi5.Shtab binosi muhandislik tarmoqlari bilan 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi6.Klub binosi muhandislik tarmoqlari bilan2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi7.Tibbiyot punkti binosi muhandislik tarmoqlari bilan 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi8.Qozonxona binosi muhandislik tarmoqlari va almashtiriladigan jihozlari bilan 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi9.Harbiy shaharchaning tashqi devorini qurish va unga videokuzatuv tizimini oʻrnatish2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligiTutash hududlarni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 10.Hududni obodonlashtirish (yoritish va asfalt yotqizish) 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 11.Hammom-kirxona kombinatini kapital taʼmirlash 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 12.Tashqi sanuzel binosini kapital taʼmirlash 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 13.Kanalizatsiya-nasos stansiyasi binosini kapital taʼmirlash 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 14.Xlorlagichli vodoprovod-nasos stansiyasi binosini kapital taʼmirlash 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 15.Ichki maydonli (suv-, issiqlik-, gaz-, elektr taʼminoti, kanalizatsiya va aloqa) muhandislik tarmoqlari inshootlarini kapital taʼmirlash2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 16.Sport shaharchasi hududini obodonlashtirish (shu jumladan, atrofi oʻralgan mini futbol maydonchasini jihozlash) 2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati OHABYUni oʻquv-moddiy baza bilan taʼminlash 17.Zamonaviy avtomatik telefon stansiyasini (ATS) oʻrnatish 2018 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariMudofaa vazirligi, Moliya vazirligi18.Quyidagi uchish apparatlarni boshqarishni interaktiv oʻqitish tizimini sotib olish: L-39 rusumli samolyot — 1 dona, C-295W rusumli samolyot — 1 dona, Mi-8 rusumli vertolyot — 1 dona, AS-350B3e rusumli vertolyot — 1 dona, AS-532Ale rusumli vertolyot — 1 dona.2019 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi19.Taktik aviatsiya trenajyorlarini xarid qilish2019 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligiII. “Xonobod” aerodromi (Qarshi tumani)Qurilish 20.Mi-8, Mi-24 rusumli vertolyotlar uchun kompleks trenajyorlarni joylashtirish va Toshkent shahridan “Xonobod” aerodromiga koʻchirilishi kerak boʻlgan trenajyor moslamalari uchun moʻljallangan angar2018 yil“Uzbekneftegaz” AJ mablaji “Oʻzbekneftegaz” AJ21.Mi-8, Mi-24 rusumli vertolyotlar uchun kompleks trenajyorlar asbob-uskunalarini demontaj qilish va “Xonobod” aerodromiga montaj qilish 2019 yil“Uzbekneftegaz” AJ mablaji“Oʻzbekneftegaz” AJKapital taʼmir22.Yashash uylari — 10 dona2018 yilMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimiyati 23.Boshqaruv yoʻlakchalari boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi 2019 yilOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ, Avtomobil yoʻllar dalat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi