Temir yoʻllar tarmogʻini yanada rivojlantirish, yoʻlovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, temir yoʻl transportini elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi “Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 18 067 million Yaponiya iyenasi (220,6 million AQSH dollari ekvivalentida) miqdorida qarz ajratilayotgani;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 261,16 million AQSH dollari ekvivalentini tashkil etib, shundan 93,52 million AQSH dollari soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishida, hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 167,64 million AQSH dollariga teng boʻlgan oʻz mablagʻlaridan iboratligi;
loyihani amalga oshirish muddati olti yil (2012 — 2017-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyiha doirasida tashqi elektr taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish va qurish boʻyicha ijrochi agentlik “Oʻzbekenergo” DAK hisoblanadi. Bunda tashqi elektr taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish va qurishni moliyalashtirish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJK tomonidan oʻz mablagʻlari va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining qarzi hisobidan amalga oshiriladi;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining qarziga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilanadi;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarzini qaytarish, shuningdek u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Loyiha doirasida yangidan qurilgan tashqi elektr taʼminoti obyektlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJK tomonidan “Oʻzbekenergo” DAK balansiga bepul oʻtkaziladi.
3. Quyidagilar belgilansin:
Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish boʻyicha buyurtmachi — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJK;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan elektrlashtirish obyektlari qurilishi boʻyicha loyiha ishlarini bajaruvchi bosh loyihalash tashkilotlari — “Boshtransloyiha” OAJ va “OʻrtaosiyoyenergoTarmoqLoyiha” AJ;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan elektrlashtirish obyektlari qurilishi boʻyicha bosh pudratchi tashkilotlar — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJK va “Oʻzbekenergo” DAK boʻlinmalari.
4. Quyidagilar:
“Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi (asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga) 1-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarzining asosiy qismini qaytarish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvallari 2- va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan quyidagilarni imzolash vakolati berilsin:
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan ayirboshlash notasi va qarz bitimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarzidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi agentlik bitimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
6. “Qarshi — Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining qarzi hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin;
yuridik shaxslarning foyda soligʻidan — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar)dan olingan daromadlar, shuningdek qarz shartnomasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligiga toʻlanadigan foiz koʻrinishidagi daromadlar ozod etilsin.
Mazkur imtiyozlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalariga ham tatbiq etilsin.
Imtiyozlar taqdim etilishi natijasida tejalgan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu loyihani amalga oshirishga qoʻshgan ulushi sifatida belgilansin.
7. Loyiha amalga oshiriladigan hududning murakkab tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda ishlarning koʻchma xususiyatini inobatga olgan holda quyidagilar belgilansin:
Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish loyihasini amalga oshirishda bevosita band boʻlgan barcha toifadagi xodimlar uchun ish haqiga nisbatan koeffitsiyent Qashqadaryo viloyati boʻyicha 1,4 va Surxondaryo viloyati boʻyicha 1,3 miqdorida qoʻllanilsin;
Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish loyihasini amalga oshirishda bevosita band boʻlgan xodimlarning uch mahal bepul ovqatlanishi yuridik shaxslarning foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va jismoniy shaxslarning daromad soligʻini hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining soʻrovnomalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining soʻrovnomalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin, ularni davlat bojlari va yigʻimlarini toʻlashdan ozod etsin.
10. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari mazkur loyihani amalga oshirish doirasida elektrlashtirish obyektlari quriladigan hududdagi yer uchastkalarini oʻz vaqtida ajratish va imoratlarni buzishni belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-fevral,
PQ-1712-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1712-son qaroriga1-ILOVA
“Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy koʻrsatkichlari
T/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligiJamiShu jumladan:DAJK oʻz mablagʻlariOʻzbekiston RespublikasiYaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarzi1.Loyihaning umumiy qiymati*ming AQSH dollari481 759,23167 636,3193 524,65220 598,282.Kapital qoʻyilmalar summasi, jamiming doll.388 234,59167 636,31220 598,28shu jumladan:mashinalar va uskunalarekv. ming doll.130 783,4215 023,92115 759,50erkin ayirboshlanadigan valyutadaming doll.115 759,500,00115 759,50milliy valyutadaekv. ming doll.15 023,9215 023,92qurilish-montaj ishlariekv. ming doll.168 988,07139 131,5729 856,50erkin ayirboshlanadigan valyutadaming doll.29 856,500,0029 856,50milliy valyutadaekv. ming doll.139 131,57139 131,57boshqa xarajatlarekv. ming doll.80 482,145 909,1374 573,01erkin ayirboshlanadigan valyutadaming doll.74 573,020,0174 573,01milliy valyutadaekv. ming doll.5 909,125 909,12investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlarekv. ming doll.7 980,957 571,68409,27erkin ayirboshlanadigan valyutadaming doll.7 980,967 571,68409,27milliy valyutadaekv. ming doll.0,000,00Dastlabki aylanma kapitalekv. ming doll.3.Soliq va bojxona imtiyozlariekv. ming doll.93 524,6593 524,654.Mavjud asosiy fondlar qiymatiekv. ming doll.5.Elektrlashtiriladigan uchastkaning uzunligi325 km6.Kutilayotgan band boʻlganlar soni273 ta ish oʻrni7.Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplash muddati11,8 yil (diskontlanmagan)8.Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati388 234,59 ekv. ming doll.9.Qarz berish muddati30 yil
Izohlar:
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Valyutalarning ayirboshlash kursi 2010-yil 9-dekabrda JICA va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida loyiha boʻyicha muhokama bayonnomasi imzolangan sanada 1 AQSH dollari = 1626 soʻm = 81,9 yapon iyenasi deb qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1712-son qaroriga2-ILOVA
“ Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish “ loyihasini amalga oshirish doirasida uskunalar, materiallar va xizmatlar yetkazib berish uchun ajratilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qarzining asosiy qismini qaytarish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali
Yapon iyenasidagi qarz miqdori(211 855,92 ming AQSH dollari ekvivalentida) Foiz stavkasi1,20%Qarz muddati30 yilshu jumladan, imtiyozli davr10 yil(ming AQSH dollari ekvivalentida)Toʻlov sanasiAjratilgan mablagʻ miqdoriAsosiy qarz toʻlovlari summasi **Foiz toʻlovlari summasi *Toʻlov uchun jami *2012 yil 1-yanvar54 830,01 2012 yil 1-iyul 332,64332,642013 yil 1-yanvar40 163,61 336,29336,292013 yil 1-iyul 573,13573,132014 yil 1-yanvar43 336,01 582,63582,632014 yil 1-iyul 834,59834,592015 yil 1-yanvar46 746,91 848,42848,422015 yil 1-iyul 1 116,631 116,632016 yil 1-yanvar13 098,13 1 135,141 135,142016 yil 1-iyul 1 202,261 202,262017 yil 1-yanvar13 681,25 1 215,471 215,472017 yil 1-iyul 1 278,201 278,202018 yil 1-yanvar 1 299,381 299,382018 yil 1-iyul 1 278,201 278,202019 yil 1-yanvar 1 299,381 299,382019 yil 1-iyul 1 278,201 278,202020 yil 1-yanvar 1 299,381 299,382020 yil 1-iyul 1 285,261 285,262021 yil 1-yanvar 1 299,381 299,382021 yil 1-iyul 1 278,201 278,202022 yil 1-yanvar 5 296,401 299,386 595,782022 yil 1-iyul 5 296,401 246,246 542,642023 yil 1-yanvar 5 296,401 234,416 530,812023 yil 1-iyul 5 296,401 182,336 478,732024 yil 1-yanvar 5 296,401 169,446 465,842024 yil 1-iyul 5 296,401 124,606 421,002025 yil 1-yanvar 5 296,401 104,486 400,872025 yil 1-iyul 5 296,401 054,516 350,912026 yil 1-yanvar 5 296,401 039,516 335,902026 yil 1-iyul 5 296,40990,606 287,002027 yil 1-yanvar 5 296,40974,546 270,942027- yil 1-iyul 5 296,40926,696 223,092028 yil 1-yanvar 5 296,40909,576 205,972028 yil 1-iyul 5 296,40867,556 163,952029 yil 1-yanvar 5 296,40844,606 141,002029 yil 1-iyul 5 296,40798,876 095,272030 yil 1-yanvar 5 296,40779,636 076,032030 yil 1-iyul 5 296,40734,966 031,362031 yil 1-yanvar 5 296,40714,666 011,062031 yil 1-iyul 5 296,40671,055 967,452032 yil 1-yanvar 5 296,40649,695 946,092032 yil 1-iyul 5 296,40610,505 906,902033 yil 1-yanvar 5 296,40584,725 881,122033 yil 1-iyul 5 296,40543,235 839,632034 yil 1-yanvar 5 296,40519,755 816,152034 yil 1-iyul 5 296,40479,325 775,722035 yil 1-yanvar 5 296,40454,785 751,182035 yil 1-iyul 5 296,40415,415 711,812036 yil 1-yanvar 5 296,40389,815 686,212036 yil 1-iyul 5 296,40353,455 649,842037-yil 1-yanvar 5 296,40324,855 621,242037-yil II yarim yilligi 5 296,40190,675 487,072038-yil I yarim yilligi 5 296,40259,885 556,272038-yil II yarim yilligi 5 296,40223,685 520,082039-yil I yarim yilligi 5 296,40194,915 491,312039-yil II yarim yilligi 5 296,40159,775 456,172040-yil I yarim yilligi 5 296,40129,945 426,342040-yil II yarim yilligi 5 296,4096,395 392,792041-yil I yarim yilligi 5 296,4064,975 361,372041-yil II yarim yilligi 5 296,4031,955 328,35 211 855,9211 855,946 118,11257 974,03
Izohlar:
* Toʻlovlar summasi qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
** Loyihani amalga oshirish davrida qarz hisobidan majburiyat uchun yillik 0,1% stavka boʻyicha komissiya toʻlovi amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1712-son qaroriga3-ILOVA
“Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida maslahat xizmatlari uchun taqdim etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning
Yapon iyenasidagi qarz miqdori(8 742,36 ming AQSH dollari ekvivalentida) Foiz stavkasi0,01%Qarz muddati,30 yilshu jumladan imtiyozli davr10 yil(ming AQSH dollari ekvivalentida)Toʻlov sanasiAjratilgan summaAsosiy qarz toʻlovlari summasi **Foizlar toʻlovi summasiToʻlov uchun jami *2012-yil 1-yanvar2 429,792012-yil 1-iyul0,120,122013-yil 1-yanvar2 014,650,120,122013-yil 1-iyul0,220,222014-yil 1-yanvar1 282,050,230,232014-yil 1-iyul0,290,292015-yil 1-yanvar1 245,420,290,292015-yil 1-iyul0,350,352016-yil 1-yanvar1 111,110,360,362016-yil 1-iyul0,410,412017-yil 1-yanvar659,340,410,412017-yil 1-iyul0,440,442018-yil 1-yanvar0,450,452018-yil 1-iyul0,440,442019-yil 1-yanvar0,450,452019-yil 1-iyul0,440,442020-yil 1-yanvar0,450,452020-yil 1-iyul0,440,442021-yil 1-yanvar0,450,452021-yil 1-iyul0,440,442022-yil 1-yanvar218,560,45219,012022-yil 1-iyul218,560,43218,992023-yil 1-yanvar218,560,42218,982023-yil 1-iyul218,560,41218,972024-yil 1-yanvar218,560,40218,962024-yil 1-iyul218,560,39218,952025-yil 1-yanvar218,560,38218,942025-yil 1-iyul218,560,36218,922026-yil 1-yanvar218,560,36218,922026-yil 1-iyul218,560,34218,902027-yil 1-yanvar218,560,34218,892027-yil 1-iyul218,560,32218,882028-yil 1-yanvar218,560,31218,872028-yil 1-iyul218,560,30218,862029-yil 1-yanvar218,560,29218,852029-yil 1-iyul218,560,27218,832030-yil 1-yanvar218,560,27218,832030-yil 1-iyul218,560,25218,812031-yil 1-yanvar218,560,25218,802031-yil 1-iyul218,560,23218,792032-yil 1-yanvar218,560,22218,782032-yil 1-iyul218,560,21218,772033-yil 1-yanvar218,560,20218,762033-yil 1-iyul218,560,19218,752034-yil 1-yanvar218,560,18218,742034-yil 1-iyul218,560,16218,722035-yil 1-yanvar218,560,16218,722035-yil 1-iyul218,560,14218,702036-yil 1-yanvar218,560,13218,692036-yil 1-iyul218,560,12218,682037-yil 1-yanvar218,560,11218,672037-yilning II yarim yilligi218,560,07218,622038-yilning I yarim yilligi218,560,09218,652038-yilning II yarim yilligi218,560,08218,642039-yilning I yarim yilligi218,560,07218,632039-yilning II yarim yilligi218,560,05218,612040-yilning I yarim yilligi218,560,04218,602040-yilning II yarim yilligi218,560,03218,592041-yilning I yarim yilligi218,560,02218,582041-yilning II yarim yilligi218,560,01218,578 742,48 742,415,858 758,21
Izohlar:
* Toʻlovlar summasi qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
** Loyihani amalga oshirish davrida qarz hisobidan majburiyat uchun yillik 0,1% stavka boʻyicha vositachilik haqi toʻlanadi.