Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 356 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 39 nafar etib belgilansin.
3. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari tuzilmalarini tasdiqlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini umumiy belgilangan shtat birliklari doirasida tasdiqlash;
Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik tuzilmasiga qoʻshimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, Agentlik markaziy apparati faoliyati respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, Agentlik hududiy boʻlinmalari faoliyati mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 12-uy manzilidagi bino va inshootlarining A-bloki Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
7. Moliya vazirligi Agentlikka jami toʻrtta, shu jumladan uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar va ularni saqlash uchun limit ajratsin.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomasi boʻyicha uni belgilangan tartibda tegishli aloqa turlari bilan taʼminlasin.
9. Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B.A. Musayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuksak professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
10. Agentlik Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
b) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga yuklangan asosiy vazifalarni chuqur tahlil qilib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishni inobatga olgan holda:
“Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisidagi nizom;
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizom;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;
v) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
PQ-5038-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
Boshqaruv xodimlari soni — 38 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 112 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga4-ILOVA
Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining
1. Bir tuman (shahar) boʻlimida:
boshqaruv xodimlari soni — 1 nafar;
inspektorlar soni — 2-3 nafar (viloyat boshqaruvidagi shaharlar va Toshkent shahrining 10 ta tumanida — 3 nafardan, qolgan tuman va shaharlarda — 2 nafardan).
* Ijtimoiy xodimlar soni tuman (shahar)da oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
2. Jami tuman (shahar)larda:
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 206 nafar;
inspektorlar soni — 435 nafar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tashkilotlar
Izoh. Mazkur roʻyxatga, zaruratga koʻra, maʼmuriy hududiy birliklar tashkil etilishi (oʻzgartirilishi) munosabati bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.