PQ-5055-son Qaror · 06.04.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5055
  • Qabul qilingan sana:06.04.2021
  • Kuchga kirgan sana:07.04.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5055/0309

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6200-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI va XHMT) mablagʻlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;

suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablagʻlarini jalb qilish;

XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;

suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;

loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash.

6. Belgilansinki:

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

Markaz Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhlari loyihalarini amalga oshirish guruhining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;

Markazga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda suv xoʻjaligi vazirining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;

Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Markaz faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, XMI va XHMT mablagʻlari, Markaz buyurtmachi boʻlgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlaridan ajratmalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;

Markazga Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilidagi “A” blokning 2 va 3-qavatlari tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.

7. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) tegishli xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda suv xoʻjaligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida uch oy muddatda:

Agentlikning obyektlarda texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari mehnat meʼyorini belgilash boʻyicha normativlar tasdiqlanishini;

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning qarz (kredit) kelishuvlari muddatlari uzaytirilishini;

Markaz xodimlarining oylik ish haqi ikki barobarga oshirilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga muvofiq uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

9. Suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

10. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bir oy muddatda:

Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek, Agentlik va Markazni zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;

Suv xoʻjaligi vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va ular rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlari va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.

11. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

Suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 15-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 6-aprel,

PQ-5055-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga 12-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Cuv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining

Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 20 birlik.

* xalqaro maslahatchi, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari, shu jumladan hududiy guruhlar xodimlari soni amalga oshirilayotgan loyihalar soniga koʻra belgilanadi hamda Markaz xodimlari hisoblanadi.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish uchun mutaxassislar, shu jumladan xorijiy va mahalliy mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.

Ishlab chiqarish, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga 13-ILOVA

Suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha

* ISMITI — Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

** TIQXMMIMTU — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.

(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga 14-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1 va 4-bandlar, 5-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. 3-bandda:

ikkinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3. 7-ilovaning 3 — 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga 15-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3672-son qarori 1-bandi, 9-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorning 1, 2, 3, 4, 5 — 5d, 6 va 6a-ilovalari.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4039-son qarori.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.