PQ-5060-son Qaror · 07.04.2021

Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5060
  • Qabul qilingan sana:07.04.2021
  • Kuchga kirgan sana:08.04.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5060/0341

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida:

a) quyidagilar tashkil etilsin:

Oʻzbekiston Kinematografiya akademiyasi oliy taʼlim muassasasi;

“Respublika kinofondi” DUK negizida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi;

“Oʻzbekfilm” DUK negizida xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK;

Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari;

b) quyidagilar tugatilsin:

“Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK;

“Respublika kinoprokat markazi” DUK va uning hududiy filiallari;

“Kinematografchilar uyi” DUK;

“Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” DUK;

v) “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK etib qayta nomlansin.

2. Quyidagilar:

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

“Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

3. Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov) bir oy muddatda Agentlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari rahbar va xodimlarini ularning bilim va salohiyatlari bugungi kun talablari va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularni malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlangʻich materiallari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar boʻyicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusxada Oʻzbekiston milliy kinofondiga topshiriladi;

mazkur qarorga muvofiq tugatilayotgan unitar korxonalarning qoldiq mablagʻlari, ularga tegishli bino (inshoot)lar va moddiy-texnika bazasi Agentlik va uning hududiy boʻlimlari hisobiga oʻtkaziladi.

5. Agentlik va “Danmon group” kompaniyasi (Daniya Qirolligi) oʻrtasida 2020-yil 8-oktabrda kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tanlov savdolari asosida import shartnomasi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Ushbu shartnoma asosida xarid qilingan va 2027-yil 1-yanvarga qadar xarid qilinadigan kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)

Moliya vazirligi uch oy muddatda imzolangan import shartnomasining oldindan 15 foiz toʻlovini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin. Bunda, import shartnomasi ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Import shartnomasining qolgan 85 foiz toʻlovini qoplash uchun “Oʻzmilliybank” AJ Avstriyaning “Rayffayzenbank” bankidan 5 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,8 foiz stavkada jalb qilinadigan kredit liniyasi hisobidan kredit mablagʻlarini ajratsin va kredit boʻyicha “Oʻzmilliybank” AJning marjasini 1 foizdan oshirmagan holda belgilasin.

6. Belgilab qoʻyilsinki:

Avstriyaning “Rayffayzenbank” banki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz, sugʻurta va komissiyalar boʻyicha toʻlovlar Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maxsus hisob raqamda toʻplanadigan sotib olingan kino qurilmalaridan foydalanishdan tushadigan pul mablagʻlari, yetmay qolgan qismi esa Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;

kreditning import shartnomasiga asosan sotib olinayotgan kino qurilmalari bilan qoplanmagan qismi boʻyicha “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan taʼminot sifatida garov rasmiylashtirilmaydi;

import shartnomasi boʻyicha xarid qilinadigan kino qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUKning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish uchun yoʻnaltiriladi.

7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini sotib olish boʻyicha imzolangan import shartnomasini bevosita tovar ishlab chiqaruvchilarning narxlari asosida ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.

8. Agentlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 7-aprel,

PQ-5060-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son qaroriga 4-ILOVA

“Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasining

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 17 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son qaroriga 5-ILOVA

2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.