Xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini koʻpaytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha oʻz yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yoʻnalishda tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023-yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish;
aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, ularni kasbga oʻqitishdan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishgacha boʻlgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” koʻrsatishni tashkil etish;
respublikada xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tizimini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini kuchaytirish;
xizmatlar sohasida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib xizmatlar turlarini kengaytirish, hududlarda, ayniqsa qishloq joylarda transport, moliyaviy, shuningdek, bank, turizm hamda savdo xizmatlari qamrovini kengaytirish;
respublikaning barcha hududlarida mavjud taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlari salohiyatini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, bunda xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay iqtisodiy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish.
2. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1.1 — 1.15-ilovalarga muvofiq;
Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 va 2023-yillar uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni har yili 1-dekabrga qadar ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2021 — 2023-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish hududiy dasturlarini tasdiqlasin.
Bunda, hududiy dasturlarga tashabbuskor tadbirkorlarning gʻoyalari asosida aholining ehtiyoji mavjud xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihalarni kiritish, shuningdek, joylarda mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi “xizmat koʻrsatish majmualari”ni tashkil etilishi nazarda tutilsin.
4. 2021-yil 1-iyuldan boshlab respublika hududlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilsin:
xizmat koʻrsatuvchi, shu jumladan yangi tashkil etilgan subyektlar soni, xizmatlar hajmi va turlari, yaratilgan ish oʻrinlari, soliq bazasi va boshqa muhim koʻrsatkichlar asosida tegishli sohalarga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini baholash;
xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingini “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida shakllantirish, yuritish va eʼlon qilish;
baholash natijalarini har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
baholash natijalari boʻyicha tegishli tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari ijobiy koʻrsatkichga ega boʻlganda — ularni ragʻbatlantirish hamda qoniqarsiz koʻrsatkichga ega boʻlganda — intizomiy javobgarlikka tortish.
5. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga 150 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/104/0077-son)
Belgilansinki:
kredit liniyasining 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari 2021-yil 1-iyulgacha 3-ilovaga muvofiq taqsimot boʻyicha ajratiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/104/0077-son)
kredit liniyasi mablagʻlari tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/104/0077-son)
tijorat banklari tomonidan kreditlar 4-ilovaga muvofiq xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) uchun 5 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
mazkur qarorga muvofiq jalb etilgan resurs mablagʻlarining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarga qoʻshimcha ravishda loyiha tashabbuskorlarining kamida yuqorida koʻrsatilgan miqdorlardagi oʻz mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha loyihalar ishga tushirilishini taʼminlasin.
6. “Oʻzmilliybank” AJ tijorat banklariga qayta moliyalashtirish maqsadida 2021-yil yakuniga qadar 28 ta yirik va oʻrta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, taʼlim obyektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalari uchun xalqaro moliya institutlarining 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilsin.
7. “Oʻzmilliybank” AJ huzurida Xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha-tahliliy markaz (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) va Markaz bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda aholini kasbga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2021 — 2023-yillar davomida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda dehqon bozorlari va savdo komplekslari barpo etilishida koʻmaklashsin;
Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda savdo va koʻngilochar koʻchalar tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin.
10. Savdo va koʻngilochar koʻchalarda:
koʻchma savdo obyektlari uchun joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotilsin;
barcha tadbirkorlik subyektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilsin.
11. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablarni oʻrnatishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) hamda Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi boʻsh yer uchastkalari elektron-auksion savdolariga joylashtirilishini hamda 6-ilovaga muvofiq yoʻl-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish uchun ajratilishini taʼminlasin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) ikki hafta muddatda tegishli idoralar bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi boʻsh yer uchastkalarining tasdiqlangan roʻyxatini oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga loyiha asosida savdo va xizmat koʻrsatish maqsadlarida yengil turdagi qurilmalar barpo etish uchun kamida 3 yil muddatga ijaraga beriladi.
13. Davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer maydonlari va bino-inshootlardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi 7-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) ikki oy muddatda:
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida davlat organlari va tashkilotlari uchun bino va inshootlar qurishni maqbullashtirgan holda ularni tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarda ijara asosida joylashtirish tizimini keng joriy qilish choralarini koʻrsin;
dastlabki bosqichda Toshkent shahrining Olmazor, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer uchastkalari va bino-inshootlarni xatlovdan oʻtkazgan holda ularning maydonlarini tanqidiy koʻrib chiqsin va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish uchun ajratish maqsadida maqbullashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlarida boʻsh turgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga muvofiq shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida boʻshagan yer uchastkalari, bino-inshootlar va joylar mavjudligi inobatga olinsin.
14. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud boʻlishi haqida talab bekor qilinsin.
15. Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil 1-oktabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirsin, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqsin.
16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tartibi va metodologiyasini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimining mazkur qaror talablaridan kelib chiqib takomillashtirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-sentabr va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-may,
PQ-5113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga 1.1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.4-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.5-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Jizzax viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.6-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.7-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Navoiy viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.8-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Namangan viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.9-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Samarqand viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.10-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.11-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.12-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.13-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Fargʻona viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.14-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Xorazm viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga1.15-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga2-ILOVA
Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/104/0077-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga3-ILOVA
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning tijorat banklari kesimida
Izoh. Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan mazkur qarorga muvofiq “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida ajratilgan mablagʻlarning 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga4-ILOVA
I. Mahallalarda mavjud boʻlishi hamda tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi hisobidan kredit ajratilishi tavsiya etiladigan xizmatlar turlari
1. Sartaroshxona
2. Savdo doʻkonlari
3. Dorixonalar
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
5. Taʼlim markazlari
6. Goʻzallik saloni
7. Maishiy texnikalarni taʼmirlash
8. Avtotransport vositalarini taʼmirlash
9. Tantanalar va oilaviy tadbirlarni tashkil etish xizmatlari
10. Poyabzal tikish va taʼmirlash
11. Kiyim tikish va taʼmirlash (atelye)
12. Internet zallari
13. Nusxa koʻchirish
14. Avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi
15. Xoʻjalik mollari va uy-roʻzgʻor buyumlarini ijaraga berish
16. Zooveterinariya punktlari
17. Umumiy ovqatlanish xizmatlari
18. Sport maydonchalari
II. Tuman (shahar)larda mavjud boʻlishi hamda tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi hisobidan kredit ajratilishi tavsiya etiladigan xizmatlar turlari
ROʻYXATI
1. Doʻkonlar
2. Supermarketlar
3. Minimarketlar
4. Koʻchma avtodoʻkonlar
5. Qurilish mollari doʻkoni
6. Restoranlar
7. Kafe
8. Tez ovqatlanish punktlari (“fast-fud”)
9. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
10. Nodavlat taʼlim markazlari
11. Ixtisoslashgan nodavlat boshlangʻich maktablar
12. Davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat koʻrsatuvchi maktablar
13. Dorixonalar
14. Xususiy tibbiy xizmatlar
15. Sartaroshxonalar
16. Goʻzallik salonlari
17. Kimyoviy tozalash va boʻyash
18. Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash hamda tozalash
19. Video va fotosuratga olish xizmatlari
20. Hammom
21. Soat tuzatish
22. Poyabzal tikish va taʼmirlash
23. Kiyim tikish va taʼmirlash
24. Maishiy texnikani taʼmirlash
25. Hisoblash texnikasini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish
26. Zargarlik buyumlarini taʼmirlash
27. Tayyor mebelni yigʻish, taʼmirlash va drapirovka qilish
28. Kalitlar tayyorlash
29. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
30. Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash
31. Velosipedlarni taʼmirlash
32. Velosipedlarni prokatga berish punktlari
33. Toʻy liboslari salonlari
34. Avtotransport vositalarini taʼmirlash va moy almashtirish
35. Avtotransport vositalari pullik turar joylari
36. Avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi
37. Turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari
38. Jamoat hojatxonalari
39. Konsalting xizmatlari (buxgalteriya, soliqqa oid va huquqiy maslahatlar, boshqaruv konsaltingi)
40. Baholash xizmatlari
41. Rieltorlik xizmatlari
42. Reklama xizmatlari
43. Internet zallari
44. Nusxa koʻchirish
45. Toʻlovlarni qabul qilish punktlari
46. Yuk mashinalarda yuk tashish xizmatlari
47. Mehmonxonalar
48. Mehmon uylari — xostellar (4 oʻrindan kam boʻlmagan)
49. Tantanalar va oilaviy tadbirlar uchun keytering xizmati
50. Kinoteatrlar
51. Sport-sogʻlomlashtirish markazlari (sport zallari, fitnes markazlar, trenajyorlar va b.)
52. Madaniy dam olish markazlari va yoshlar klublari
53. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash
54. Yakka tartibda deraza-eshik pardalarini tikish va taʼmirlash, kashtachilik
55. Oʻsimlik urugʻlari bilan taʼminlash punktlari
56. Omuxta yem va shrot sotish punktlari
57. Oʻgʻit sotish punktlari
58. Tahrir xizmati
59. Zooveterinariya punktlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga5-ILOVA
2021 — 2023-yillar davomida dehqon bozorlari va savdo komplekslari barpo etiladigan tuman (shahar)lar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga6-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish uchun yer uchastkalari ajratiladigan yoʻl-patrul xizmati postlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga7-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer maydonlari va bino-inshootlardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.