BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash, Orolboʻyi mintaqasini ekologik va gumanitar inqiroz yuz berayotgan hududdan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus rezolyutsiya) qabul qilingan.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Orolboʻyi mintaqasida siyosiy-huquqiy innovatsiyalar orqali tarkibiy va transformatsion oʻzgarishlar uchun qulay muhit yaratish hamda institutsional bazani rivojlantirish (masʼul — Innovatsion rivojlanish vazirligi).
Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov:
Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi”ni hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparkini tashkil etsin;
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochilishini taʼminlasin;
b) Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish (masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi).
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov:
“yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va ularning tizimli rivojlantirilishini;
yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini elektron xaritalash va maʼlumotlar bazasi yaratilishini taʼminlasin;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
v) Orolboʻyi mintaqasida ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini qoʻllab-quvvatlashning innovatsion texnologiyalari hamda mexanizmlarini joriy qilish (masʼul — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi).
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulov:
shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasini joriy etishni;
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taʼminlasin;
g) Orolboʻyi mintaqasida iqtisodiy va moliyaviy innovatsion mexanizmlardan keng foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida resurslarni tejovchi, “yashil” va sirkulyar (chiqindisiz, regenerativ va samarali) zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish (masʼul — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi).
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A. Voitov:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy etsin;
sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilsin (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat) hamda namunalarni laboratoriyaga yetkazish boʻyicha logistika xizmatini yoʻlga qoʻysin;
d) Orolboʻyi mintaqasida ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, intellektual mulk obyektlarining yaratilishi huquqiy himoyasini taʼminlash hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda mahalliy va xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash (masʼul — Innovatsion rivojlanish vazirligi);
Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov:
Qoraqalpogʻiston ekologik xaritasini yaratish va shu asosida ekoturizmni samarali tashkil etish mexanizmini ishlab chiqsin;
shoʻrlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy taʼlim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazini tashkil etsin;
e) maxsus rezolyutsiya va mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish (masʼul — Tashqi ishlar vazirligi).
Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Gʻ. Fozilov:
tashqi koʻmak mablagʻlarini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamgʻarmalar va kompaniyalar bilan BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasiga resurslarni mobilizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashsin;
Orolboʻyi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik masalalar toʻgʻrisida videoroliklar ishlab chiqsin hamda chet el ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin;
j) Orolboʻyi mintaqasida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning ichki manbalarini shakllantirish va muvofiqlashtirish (masʼul — Moliya vazirligi).
Moliya vaziri T. Ishmetov:
Davlat budjetining 2022-yil va undan keyingi yillar uchun tasdiqlanadigan xarajatlar parametrlarida mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan “Yoʻl xaritasi” va innovatsion loyihalar roʻyxatida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Toshkent shahridagi yirik tadbirkorlik subyektlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni tatbiq qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga amaliy yordam koʻrsatsin.
3. Quyidagilar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ustuvor innovatsion loyihalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — innovatsion loyihalar) 2-ilovaga muvofiq;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) 3-ilovaga muvofiq;
“Yoʻl xaritasi” va innovatsion loyihalarda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash, monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish uchun idoralararo ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlari) tarkiblari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosining amalga oshirilishini tashkil qilish, masʼul ijrochilarning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
tashqi koʻmak mablagʻlarini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamgʻarmalar va kompaniyalar mablagʻlarini mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarning ijrosini amalga oshirish uchun jalb qilishda koʻmaklashish;
mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalarning ijrosi hamda natijalari toʻgʻrisida jahon hamjamiyati va jamoatchilik xabardorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish;
ishchi guruhlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda eshitib borish va ular oldidagi aniq vazifalarni belgilash.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda viloyatlar va Toshkent shahridagi tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni tatbiq qilishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilishida amaliy koʻmak bersin.
6. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Gʻ. Fozilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov, B. Abidov), Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi (N. Mirzamuratov) 2021-yil noyabr oyida Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyani tashkil qilish va oʻtkazish choralarini koʻrsin.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Tashqi ishlar vazirligi (Gʻ. Fozilov) va Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda:
vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tashqi koʻmak mablagʻlarini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamgʻarmalar va kompaniyalar mablagʻlarini jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishda koʻmaklashsin;
ikki oy muddatda “Orolboʻyi mintaqasi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” konsepsiyasi hamda “Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish boʻyicha koʻp tomonlama “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oliy Majlis palatalariga mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi toʻgʻrisida taʼsirchan va muntazam parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda uning doirasida erishilgan natijalarning doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov, moliya vaziri T. Ishmetov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A. Maksudov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A. Voitov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulov, tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Gʻ. Fozilov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q. Sariyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyul,
PQ-5202-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-son qaroriga 1-ILOVA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-son qaroriga 2-ILOVA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ustuvor innovatsion loyihalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-son qaroriga 3-ILOVA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Izoh: Idoralararo komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tarkibga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-son qaroriga 4-ILOVA
“Yoʻl xaritasi” va innovatsion loyihalarda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash, monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish uchun idoralararo ishchi guruhlari tarkiblari