PF-6274-son Farmon · 05.08.2021

Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6274
  • Qabul qilingan sana:05.08.2021
  • Kuchga kirgan sana:06.08.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/21/6274/0766

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoniga muvofiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi zimmasiga respublika hududlarida uy-joy qurilishi bozorini rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish vazifalari yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Uy-joy qurilishini rivojlantirish boshqarmasining shtat birliklari soni 4 tadan 12 taga oshirilsin.

Belgilansinki, Uy-joy qurilishini rivojlantirish boshqarmasining qoʻshimcha shtat birliklari Moliya vazirligi tizimidagi 8 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 5-avgust,

PF-6274-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PF-6274-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmonida:

a) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi”;

b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga1-ILOVA

2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning

T/r Hududlar nomi Koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarning umumiy soni Xarajatlarning hisoblangan qiymati (mlrd soʻm) shu jumladan, quyidagilar hisobidan: Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslar soni boshlangʻich badallar (mlrd soʻm) kelgusida aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar (mlrd soʻm) JAMI 4 000 800,0 80,2 719,8 3 680 1. Andijon viloyati 700 143,5 14,4 129,2 700 2. Buxoro viloyati 500 102,5 10,3 92,3 500 3. Namangan viloyati 700 143,5 14,4 129,2 700 4. Samarqand viloyati 900 184,5 18,5 166,1 900 5. Surxondaryo viloyati 500 82,0 8,2 73,8 180 6. Fargʻona viloyati 700 143,6 14,4 129,2 700

Izoh:

* 2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uylarni qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallariga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi taklifiga koʻra tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.”;

v) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga2-ILOVA

2020-yil shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning

T/r Hududlar nomi Koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarning umumiy soni shu jumladan quyidagilar uchun: Xarajatlarning hisoblangan qiymati (mlrd soʻm) shu jumladan quyidagilar hisobidan: Boshlangʻich badal va ipoteka krediti foiz stavkasini kompensatsiya qilish boʻyicha subsidiyalar toʻlanadigan shaxslar soni** uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar mehnat migrantlari alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari ichki ishlar organlari xodimlari boshlangʻich badallar (mlrd soʻm) ulardan: kelgusida aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar (mlrd soʻm) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badalni toʻlash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byu�jetidan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlariga boshlangʻich badal toʻlovi uchun ajratiladigan mablagʻlar kvartiralar soni Summasi (mlrd soʻm) kvartiralar soni Summasi (mlrd soʻm) JAMI 13 750 10 926 1 331 153 320 540 225 255 4 467,0 907,6 11 405 366,7 1 020 70,4 3 559,5 11 405 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 270 159 15 11 25 30 15 15 74,5 15,7 212 5,9 60 4,1 58,8 212 2. Andijon viloyati 540 268 148 6 28 60 15 15 149,0 31,1 619 17,4 90 6,2 118,0 619 3. Buxoro viloyati 540 368 79 9 24 30 15 15 149,0 30,6 424 11,7 60 4,1 118,4 424 4. Jizzax viloyati 216 115 10 7 24 30 15 15 59,6 12,8 170 4,7 60 4,1 46,9 170 5. Qashqadaryo viloyati 320 112 101 19 28 30 15 15 88,3 18,5 251 6,9 60 4,1 69,8 251 6. Navoiy viloyati 216 121 10 15 10 30 15 15 59,6 12,8 170 4,7 60 4,1 46,9 170 7. Namangan viloyati 540 384 71 5 20 30 15 15 149,0 30,6 629 17,4 60 4,1 118,4 629 8. Samarqand viloyati 800 324 312 18 26 75 15 30 220,8 45,8 868 24,0 120 8,3 175,0 868 9. Sirdaryo viloyati 216 73 35 11 37 30 15 15 59,6 12,8 170 4,7 60 4,1 46,9 170 10. Surxondaryo viloyati 655 413 168 8 6 30 15 15 179,9 36,9 652 18,0 60 4,1 182,1 652 11. Toshkent viloyati 796 511 58 11 36 90 45 45 219,7 46,4 625 17,3 180 12,4 173,3 625 12. Fargʻona viloyati 540 243 153 22 32 45 15 30 149,0 31,1 629 17,6 90 6,2 118,0 629 13. Xorazm viloyati 216 112 9 11 24 30 15 15 59,6 12,8 170 4,7 60 4,1 46,9 170 14. Toshkent shahri 7 885 7 723 162 2 849,1 569,7 5 816 211,7 2 240,3 5 816

Izoh.

* 2020-yilda shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallariga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi taklifiga koʻra tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

** Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qurilgan kvartiralar sonidan ortgan subsidiyalar yangi tartib doirasidan tashqari qurilgan va birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilishi mumkin.”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6126-son Farmoniga ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmonida:

a) 1-bandda:

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“shaharlarda va qishloq joylarda ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Bunda, mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2020-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi”;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi”;

yettinchi xatboshi “toʻlanadi” soʻzidan keyin “, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrga qadar qurilishi yakunlanib, foydalanishga tayyor holda topshirilgan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi mazkur Farmonning 3-ilovasida keltirilgan kvartira maydonining eng koʻp meʼyori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham toʻlanadi.

Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi”;

v) 3-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ ishtirokida qishloq joylarda qoʻshimcha koʻp qavatli arzon uy-joylar qurilishini 4¹-ilovaga muvofiq”;

uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga1-ILOVA

2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari ajratishning

mlrd soʻm T/r Hududlar nomi kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylarning umumiy soni shundan: Xarajatlarning hisoblangan qiymati shu jumladan, quyidagilar hisobidan: shaharlarda qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar dastlabki badal kelgusida aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar Respublika boʻyicha jami 35 120 18 804 9 816 6 500 10 548,9 1 582,3 8 966,6 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 280 400 380 500 349,7 52,4 297,2 2. Andijon viloyati 3 200 1 200 1 500 500 893,5 134,0 759,5 3. Buxoro viloyati 2 330 1 050 780 500 638,0 95,7 542,3 4. Jizzax viloyati 1 180 300 380 500 315,7 47,4 268,4 5. Qashqadaryo viloyati 2 400 1 200 700 500 699,1 104,9 594,2 6. Navoiy viloyati 1 380 500 380 500 383,6 57,5 326,1 7. Namangan viloyati 2 400 900 1 000 500 670,1 100,5 569,6 8. Samarqand viloyati 3 100 1 644 956 500 912,0 136,8 775,2 9. Surxondaryo viloyati 2 900 1 600 800 500 859,2 128,9 730,3 10. Sirdaryo viloyati 970 210 260 500 256,0 38,4 217,6 11. Toshkent viloyati 2 700 1 300 900 500 781,6 117,2 664,4 12. Fargʻona viloyati 2 400 1 000 900 500 679,8 102,0 577,8 13. Xorazm viloyati 1 880 500 880 500 505,1 75,8 429,4 14. Toshkent shahri 7 000 7 000 2 605,5 390,8 2 214,6

* 2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.”;

d) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga2-ILOVA

2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning

mlrd soʻm T/r Hududlar nomi Jami toʻlanadigan subsidiyalar shu jumladan: shaharlarda ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar shundan: qishloq joylarda ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar shundan: yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kr�ditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi Respublika boʻyicha jami 25 216 1 097,4 11 500 652,5 404,0 248,5 9 816 380,5 238,5 141,9 3 900 64,4 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 920 33,4 240 13,7 8,1 5,5 380 14,7 9,2 5,5 300 4,96 2. Andijon viloyati 2 710 115,0 910 51,9 30,9 21,0 1 500 58,1 36,5 21,7 300 4,96 3. Buxoro viloyati 2 090 92,7 1 010 57,5 34,2 23,3 780 30,2 19,0 11,3 300 4,96 4. Jizzax viloyati 860 30,0 180 10,3 6,1 4,2 380 14,7 9,2 5,5 300 4,96 5. Qashqadaryo viloyati 1 710 72,6 710 40,5 24,1 16,4 700 27,1 17,0 10,1 300 4,96 6. Navoiy viloyati 980 36,8 300 17,1 10,2 6,9 380 14,7 9,2 5,5 300 4,96 7. Namangan viloyati 1 830 74,0 530 30,2 18,0 12,2 1 000 38,8 24,3 14,5 300 4,96 8. Samarqand viloyati 2 236 97,9 980 55,9 33,3 22,6 956 37,1 23,2 13,8 300 4,96 9. Surxondaryo viloyati 2 460 113,5 1 360 77,6 46,2 31,4 800 31,0 19,4 11,6 300 4,96 10. Sirdaryo viloyati 680 21,9 120 6,8 4,1 2,8 260 10,1 6,3 3,8 300 4,96 11. Toshkent viloyati 1 970 83,8 770 43,9 26,1 17,8 900 34,9 21,9 13,0 300 4,96 12. Fargʻona viloyati 1 790 73,5 590 33,7 20,0 13,6 900 34,9 21,9 13,0 300 4,96 13. Xorazm viloyati 1 480 56,2 300 17,1 10,2 6,9 880 34,1 21,4 12,7 300 4,96 14. Toshkent shahri 3 500 196,2 3 500 196,2 132,5 63,8

* 2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.”;

e) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga3-ILOVA

2021-yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng koʻp miqdori*

ming soʻm T/r Hudud Kvartira maydonining eng koʻp meʼyori (kv. m) Uy-joyning hisoblangan qiymati Ipoteka kreditining eng koʻp miqdori Dastlabki badalning eng kam miqdori Dastlabki badal uchun subsidiyaning eng koʻp miqdori** foiz qiymati foiz qiymati foiz qiymati 1. Qishloq joylarda 70 315 000 85% 267 750 15% 47 250 10% 31 500 2. Shaharlarda 70 364 000 85% 309 400 15% 54 600 10% 36 400 3. Toshkent shahrida 70 399 000 85% 339 150 15% 59 850 10% 39 900

* 2021-yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyalarning eng koʻp miqdoriga, zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

** Sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati uy-joy hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, dastlabki badalning bir qismi uchun subsidiyalar shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 10 foizi miqdorida ajratiladi.”;

j) quyidagi mazmundagi 4¹-ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga4¹-ILOVA

Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ ishtirokida qishloq joylarda qoʻshimcha koʻp qavatli arzon uy-joylar qurishning

mlrd soʻm T/r Hududlar nomi Kvartiralar soni Xarajatlarning hisoblangan qiymati shu jumladan, quyidagilar hisobidan: Dastlabki badal Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari Jami: 2 900 580,2 58,1 522,1 1. Buxoro viloyati 280 50,4 5,0 45,4 2. Qashqadaryo viloyati 540 97,2 9,7 87,5 3. Namangan viloyati 640 140,8 14,1 126,7 4. Samarqand viloyati 300 54,0 5,4 48,6 5. Surxondaryo viloyati 300 54,0 5,4 48,6 6. Toshkent viloyati 840 183,8 18,5 165,3

* Qishloq joylarda qoʻshimcha koʻp qavatli arzon uy-joylar qurishning maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4014-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 1-bandning “a” kichik bandidagi “2021” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin;

b) 4-band va ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 190-bandida:

uchinchi xatboshidagi “uy-joy umumiy qiymatining 25 foizidan 50 foizigacha miqdordagi” soʻzlari “uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4701-son qarori 7-bandidan “mazkur qaror qabul qilingunga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.