Xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirish amaliyotini kengaytirish hamda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-iyul,
PF-6273-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PF-6273-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar roʻyxatida:
a) 198-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“* Korxona masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgandan soʻng, davlat ulushining 70 foizi sotuvga chiqariladi va 30 foizi Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6167-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining roʻyxati”;
1-pozitsiyadan oldin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
11-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
izoh qismi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan toʻldirilsin:
“4. Obyektlarning maydoniga kadastr hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
5. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar boshqaruv organlari qarorlari asosida ushbu ilovada koʻrsatilgan obyektlar yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik jamiyati ulushini obyektning balans qiymatiga kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish orqali savdoga chiqariladi.”;
b) 2-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari roʻyxati”;
1-pozitsiyadan oldin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
18-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
izoh qismida:
1-bandida “roʻyxatdagi” soʻzi “roʻyxatning birinchi boʻlimidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Davlat ulushi miqdori va korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“** Ushbu korxonalardagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional tashkilotlar orqali sotiladi.
*** Ushbu ilovada koʻrsatilgan korxonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarning ulushi mavjud boʻlganda, ularning ulushlari belgilangan tartibda boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi.
**** Mazkur korxonalardagi sotuvga chiqariladigan davlat ulushi miqdori va sotiladigan korxonalarning nomma-nom roʻyxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Jizzax akkumulyator zavodi” AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3773-son qarorining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.