PF-142-son Farmon · 27.05.2022

Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-142
  • Qabul qilingan sana:27.05.2022
  • Kuchga kirgan sana:27.05.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/142/0453

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralari oʻzgartirilishi hamda Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 89-moddasiga asosan:

1. Qashqadaryo viloyatida Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudi tashkil etilsin.

2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi hamda Chiroqchi tuman iqtisodiy sudi oʻzlarining mavjud shtat birliklari doirasida tegishincha Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi hamda Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi etib qayta tashkil etilsin.

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi va Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritilsin.

3. Oliy sud va Moliya vazirligining Jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudining bitta sudya va bitta sudya yordamchisi shtat birliklarini Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

4. Oliy sud Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli sudlarning shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin.

5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oliy sud bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan Jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudining joylashtirilishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 27-may,

PF-142-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PF-142-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasida “Qashqadaryo viloyati” boʻlimi “Chiroqchi” soʻzidan keyin “Koʻkdala” soʻzi bilan toʻldirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmonida:

a) 10-ilovaning “Qashqadaryo viloyati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

”;

b) 11-ilovaning “Qashqadaryo viloyati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.