Respublika aholisining alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini kafolatli taʼminlash, ichki isteʼmol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari sunʼiy va asossiz oshirilishining oldini olish, shuningdek, tarif va notarif tartibga solish vositalarini keng qoʻllash hisobiga ularning inflyatsiya darajasiga salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-maydan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar:
1-ilovada keltirilgan tovarlarni olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qoʻllanilmaydi, shuningdek, qoʻshimcha bojxona boji undirilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
2. Quyidagilarni 2022-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlansin:
paxta, kungaboqar, makkajoʻxori va soya yogʻi, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022-yil 1-iyunga qadar oldindan toʻlovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/268/1111-son)
kungaboqar urugʻlari (TIF TN kodi 1206 00) hamda boshqa yogʻ oʻsimliklarining urugʻlari va mevalari (TIF TN kodi 1207, bundan 1207 21 va 1207 29 mustasno), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyul)
Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu bandda koʻrsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berilsin.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda zarur hollarda oziq-ovqat xavfsizligi, mamlakat aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasi hamda ichki bozorda narx barqarorligidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga eksport qilish vaqtincha cheklanayotgan ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlarining (shu jumladan ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyoning) roʻyxatini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritib borsin.
4. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik toʻxtatiladi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda Tarif va notarif tartibga solish kengashining tavsiyalari asosida nooziq-ovqat mahsulotlariga bojxona bojlari stavkalarini pasaytirish;
b) 2022-yil 1-avgustga qadar mavsumiy narx tebranishlari va bozorda tanqislik yuzaga kelganda umumiy davlat zaxiralari meʼyorini saqlab qolgan holda Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga tegishli omborlarning boʻsh turgan quvvatlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qoʻshimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmini joriy qilish;
v) 2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro moliya institutlari va ilmiy tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilgan holda bojxona bojlarining samarali stavkalarini belgilash, shuningdek, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berilsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
a) ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida:
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda oxirgi kalendar yilidagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish. Bunda, taqdimnomaning uzrsiz sabablarga koʻra bajarilmasligi monopoliyaga qarshi kurashish organining koʻrsatmasini bajarmaslik uchun belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi;
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirishlar holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish;
mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish.
(6-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Bunda, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranish davri, ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha boʻlgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda, 6 oygacha boʻlgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
b) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish;
v) isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga qaratilgan gʻayrihuquqiy harakatlarni;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda mazkur bandda keltirilgan qoʻshimcha vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalaridagi isteʼmol bozorlarida narxlarni monitoring qilish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari etib ichki bozorda isteʼmol tovarlarining narxlarini, import konsentratsiyalashuvini, tarif va notarif choralarning narxlarga taʼsirini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni taʼminlash belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
8. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
a) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga undirilgan moliyaviy jarimalar summasining 50 foiz miqdoridagi mablagʻlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish.
(8-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Bunda, Moliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi soʻrovnomasiga asosan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga undirilgan moliyaviy jarimalar summasining 50 foiz miqdoridagi mablagʻlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkazadi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
b) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish.
Bunda, “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib uning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
9. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga maʼlumotlari bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur Farmonga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil yakuni bilan axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-may,
PF-145-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga 1-ILOVA
2022-yil 1-maydan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilanadigan tovarlar
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-noyabrdagi PF-251-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2022-y., 06/22/251/1023-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga 2-ILOVA
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
* Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalariga va maʼlumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmonida:
a) 5-bandda:
“b” kichik bandning oltinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” soʻzlari “2022-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “ikki oy muddatda” soʻzlari “2022-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-ilovaning 11 va 12-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” soʻzi “iyul” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorida:
a) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “242” va “75” raqamlari tegishincha “401” va “96” raqamlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi”;
v) 6-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima mablagʻlari”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi”;
g) 7-bandda:
birinchi xatboshi “Jamgʻarma mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “Qoʻmita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidan “sarflanadi” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga”;
d) 14-banddagi “sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar” soʻzlari “sudlarda koʻrib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4642-son qarori 6-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) huquqi uchun oylik yigʻim,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 402-son qarorida:
1) 1-ilovaning 16-bandi quyidagi mazmundagi yigirma toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan mustaqil ravishda ikki nafargacha malakali mahalliy mutaxassislar maslahatchilar sifatida bir yil muddatgacha jalb qilinishi mumkin, qolgan hollarda mutaxassislarni jalb qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
2) 2-ilovada:
a) 3-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima summalari — 100 foiz miqdorida”;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi”;
b) 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “qoʻmitasi va” soʻzi “qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
hududiy boshqarmalardan qoʻmita Markaziy apparatiga doimiy ishlash uchun jalb etiladigan Toshkent shahrida turar joyi mavjud boʻlmagan boshqaruv xodimlariga Toshkent shahrida ijara asosida yashashi uchun ijara toʻlovlarini ijara shartnomasi asosida toʻlashga;
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, raqobatni va isteʼmolchilarni himoya qilish sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni va ularni ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Qoʻmitaning kasaba uyushmasi qarori asosida Qoʻmita markaziy apparati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, bayram sanalarida va kasb bayramida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
“Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini saqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida (topshiriqlarida) belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasiga ajratmalar;
nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalariga raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga;
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga”;
oltinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandidan “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 12-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari” soʻzlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari” soʻzlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.