Oʻtgan uch yilda qayta tiklanuvchi energiya uchun normativ-huquqiy baza shakllantirilib, qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida bugungi kunga kelib, 2,9 mlrd AQSh dollarlik toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga jami 2 897 MVt quvvatli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini barpo etish boʻyicha ishlar boshlandi.
Shu bilan birga, erga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, erning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi belgilandi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish uchun yangi barpo etilayotgan quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi uchun amaldagi qonunchilikka asosan yer maydonlarini ajratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
xorijiy investorlar bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi va elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan shamol elektr stansiyalari, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarining qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish;
Energetika vazirligi tomonidan ajratilgan yer uchastkalarini shamol elektr stansiyalarni qurish va ularni ishlatish muddatiga teng davrga investorlarga ijaraga berish;
shamol stansiyalarini qurish doirasida va ularni ishlatish doirasida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilayotgan yer maydonlari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini tashkil etganda, ushbu yer maydonlarini qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolatini berish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
PQ-314-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-dekabrdagi “Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-4933-son qarorida:
a) 5-banddagi “Navoiy viloyati hokimligiga” soʻzlari “Energetika vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmunda 7-1-band bilan toʻldirilsin:
“7-1. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin”;
g) quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:
“8-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Navoiy viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq 293,35 gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin”;
d) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-dekabrdagi PQ-4933-son qaroriga ILOVA
“Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5001-son qarorida:
a) 5-banddagi “Buxoro viloyati hokimligiga” soʻzlari “Energetika vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin”;
v) quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:
“8-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklarining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida hamda Navoiy viloyati Konimex tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq jami 154,2 gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin”;
g) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5001-son qaroriga ILOVA
“Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer maydonlari
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5003-son qarorida:
a) 5-banddagi “Buxoro viloyati hokimligiga” soʻzlari “Energetika vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin”;
v) quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:
“8-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Shofirkon, Peshku, Romitan, Jondor va Qorakoʻl tumanlaridagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 172,55 gektar, shundan 0,18 gektar sugʻoriladigan yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan yer toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalarining oʻn barobariga teng miqdorda yangi sugʻoriladigan yer uchastkalari hamda yer toifasi oʻzgartirilayotgan yaylov yerlarning maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlarning oʻzlashtirilishini taʼminlasin”;
g) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5003-son qaroriga ILOVA
“Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari