PQ-316-son Qaror · 12.07.2022

2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-316
  • Qabul qilingan sana:12.07.2022
  • Kuchga kirgan sana:13.07.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/316/0627

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoʻl harakatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl harakati ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yoʻllarda avariya va oʻlim holatlarini keskin qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini toʻliq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

avtomobil yoʻllari infratuzilmasini kompleks takomillashtirish;

avtomobil yoʻllarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish;

jamoat transportini rivojlantirish va raqamlashtirish;

yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yoʻl harakati qoidalarini amaliy oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish;

haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish.

2. Dasturda belgilangan manzilli tadbirlarning amalga oshirilishini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashga qaratilgan quyidagi nazorat tartibi oʻrnatilsin:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari — har chorakda masʼul davlat organlari tomonidan Dastur ijrosi amalga oshirilishi yuzasidan hududlar kesimida oʻrganishlarni oʻtkazish va natijalari boʻyicha Bosh prokuraturaga axborot berishni tashkil etsin;

Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Hisob palata (B.T. Turabov) — har chorakda masʼul davlat organlari rahbarlarining Dastur ijrosi, shu jumladan hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va bajarilmayotgan masalalari yuzasidan tanqidiy muhokama qilish maqsadida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga axborot kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;

Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) — har yarim yilda Dastur ijrosini hududlar kesimida tanqidiy muhokama qilish, ijrosi yuzasidan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul rahbarlariga intizomiy jazo choralarni koʻrish, shuningdek, Dasturda belgilangan tadbirlarni toʻliq amalga oshirilishini tashkil etsin.

Dasturda belgilangan manzilli tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini soʻzsiz taʼminlash uchun javobgarlik shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ichki ishlar vaziri, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi zimmalariga yuklansin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni har yili ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga kiritsin;

har yarim yilda yoʻllarning holati va mavjud infratuzilma, avariya oʻchoqlari, qoidabuzarliklar ahvolining tahlili asosida, harakat xavfsizligi, transport va yoʻl sohalariga masʼul idoralar rahbarlari faoliyatini tanqidiy oʻrganib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga muhokama qilish uchun kiritib borsin.

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarda jamoatchilik ishtiroki taʼminlanishiga hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan aynan mazkur yoʻnalishda samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratsin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

5. Belgilansinki, Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar har yili budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida, shuningdek, “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va transport vaziri I.R. Mahkamovlar belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari B.D. Islamov va R.A. Gulyamovlar zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 12-iyul,

PQ-316-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-son qaroriga ILOVA

2022 — 2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.