PQ-317-son Qaror · 13.07.2022

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish-2-faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-317
  • Qabul qilingan sana:13.07.2022
  • Kuchga kirgan sana:13.07.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/317/0640

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq hududlarida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, yangi korxonalarni tashkil etish yoki mavjud korxonalar salohiyatini kengaytirish, kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, qishloqdagi yoshlar va ayollarni biznesga keng jalb qilish hamda Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) 2022-yil 22-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (keyingi oʻrinlarda — XTTB) 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatga 180,0 mln AQSH dollari hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — XTU) 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 30 yil muddatga 20,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari ajratilishi maʼqullanganligi;

2022-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi hamda XTTB va XTU oʻrtasida qarz bitimi imzolanganligi;

b) Loyihaning umumiy qiymati 246,8 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 3,0 mln AQSH dollari soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish hamda Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlarning) ulushi — 43,8 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Loyiha 5 yil (2022 — 2026-yillar) davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi;

Loyihani amalga oshirishda xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) bojxona bojidan ozod etiladi, qoʻshilgan qiymat soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi (kredit liniyasi orqali moliyalashtirish va kichik grantlar doirasida sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar) bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar bundan mustasno);

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, monitoring qilish va hisobotini yuritish boʻyicha javobgarlik yuklatiladi, shuningdek, Agentlik XTTB va XTU kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Agentlikka Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilishga, milliy va chet el valyutasida alohida bank hisob raqamlari ochishga ruxsat beriladi;

Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi har yili Moliya vazirligi bilan kelishiladi.

3. Quyidagilar:

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzlaridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kreditidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3a-ilovaga muvofiq;

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3b-ilovaga muvofiq;

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Agentlik Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, XTTB va XTUning qarzidan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari 2022 — 2026-yillar davomida Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, XTTB va XTU, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar, hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan masʼul hisoblanadi.

6. Moliya vaziri oʻrinbosari O. Isakovga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XTTB va XTU bilan qarz va moliyalashtirish bitimlarini imzolash, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, ularga Agentlik va Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.

7. Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, XTTB va XTU kreditlarining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklansin.

Agentlik moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har yarim yil yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga hisobot kiritib borsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borsin.

8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 13-iyul,

PQ-317-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-son qaroriga1-ILOVA

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

1. Kredit liniyasi orqali moliyalashtiriladigan subloyihalar egalarining oʻz ulushlari hisobiga shakllanadi hamda ularning biznes rejalaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq.

2. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish subkomponenti doirasida oʻz istiqbolli biznes rejasini yaratgan ayollar uchun tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga beriladigan kichik grantlar.

3. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan soliqlar hisobiga shakllangan hamda xaridlar rejasida kutilishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-son qaroriga2-ILOVA

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzlaridan foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-son qaroriga3a-ILOVA

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

* Oʻzgaruvchan spredning stavkasi 2022-yil 1-yanvar holatiga yillik 1,05 foizni tashkil etadi.

** Rejalashtirilgan qarz hajmidan 0,25 foiz miqdorida bir martalik komissiya toʻlovi qarz hisobidan qoplanadi hamda qarzning umumiy miqdoriga kapitallashtiriladi.

*** Yillik 1,11 foiz hisoblangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-son qaroriga3b-ILOVA

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

* 2022-yil 1-yanvar holatiga xizmat koʻrsatganlik uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,71 foizni tashkil etadi.

** 2022-yil 1-yanvar holatiga foiz toʻlovi uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,11 foizni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-son qaroriga4-ILOVA

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasini amalga oshirish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.