PQ-384-son Qaror · 29.09.2022

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-384
  • Qabul qilingan sana:29.09.2022
  • Kuchga kirgan sana:30.09.2022
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/384/0871

Aholi va tadbirkorlarimizning energiya resurslariga oʻsib borayotgan talablarini qondirish, energetika korxonalarining transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, geologiya va kon-metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish surʼatlarini keskin oshirish boʻyicha belgilab olingan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri lavozimi kiritilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi lavozimi oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

3. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 29-sentabr,

PQ-384-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 3-banddagi “278” raqami “269” raqami bilan almashtirilsin.

2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi

Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 269 nafar.

Texnik xodimlar soni — 53 nafar”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.