PQ-392-son Qaror · 12.10.2022

Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo uzluksizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-392
  • Qabul qilingan sana:12.10.2022
  • Kuchga kirgan sana:13.10.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/392/0910

Joriy yilning 22-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada soddalashtirish, sanoat korxonalarining xom ashyo taʼminotini yaxshilash maqsadida:

1. 2025-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qoʻllanilsin.

2. Belgilansinki, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash talabi bekor qilinadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq texnologik asbob-uskunalar kiritilsin.

4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) boʻyicha shartnomada (kontraktda) ularni montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar qiymati alohida koʻrsatilmagan hollarda norezidentning soliq solinadigan daromadini ushbu xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblash toʻgʻrisidagi;

mazkur turdagi shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma obyekti qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga:

respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritilgan, biroq ishlab chiqarilganiga uch yildan koʻp boʻlgan ayrim texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini faqat bojxona bojidan ozod qilish sharti bilan tasdiqlash;

(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)

muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida oʻrnatilgan tartibda olish sharti bilan, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mahsulotlarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar roʻyxatini (import qiluvchining kafolat xati asosida) tasdiqlash vakolati berilsin.

6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 12-oktabr,

PQ-392-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga1-ILOVA

2025-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son — 22-pozitsiya 2024-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.