PQ-388-son Qaror · 10.10.2022

Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-388
  • Qabul qilingan sana:10.10.2022
  • Kuchga kirgan sana:11.10.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/388/0908

Mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq:

1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning:

kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun “Navoiy kimyo texnoparki”, “Fargʻona kimyo texnoparki” va “Qoraqalpogʻiston kimyo texnoparki” texnologik klasterlarini (keyingi oʻrinlarda — texnologik klasterlar) tashkil etish;

har bir texnologik klasterni boshqarish direksiyalarini “Oʻzkimyosanoat” AJ taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklida (keyingi oʻrinlarda — direksiyalar) tashkil etish;

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibida Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar:

Texnologik klasterlar tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralari 1-ilovaga muvofiq;

“Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasterini kengaytirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda texnologik klasterlar va direksiyalar faoliyatini samarali tashkil etish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega chet el kompaniyalari yoki konsultantlarini jalb qilsin.

4. Belgilansinki:

a) texnologik klasterlar hududida:

texnologik klasterlar faoliyatini muvofiqlashtirish ularning hududini kengaytirish, investitsiya loyihalarini saralab olish va joylashtirish hamda texnologik klasterlarga “ishtirokchi” maqomini berish yuzasidan Loyiha ofisining xulosasini inobatga olgan holda “Oʻzkimyosanoat” AJ takliflariga asosan 3-ilovada keltirilgan tarkibdagi Texnologik klasterlar maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash) tomonidan qarorlar qabul qilish orqali amalga oshiriladi;

tanlov asosida bino va inshootlarni hamda ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalarini ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartida sotish Maʼmuriy kengash qaroriga muvofiq direksiyalar tomonidan amalga oshiriladi;

investitsiya loyihalari xususiy, shu jumladan mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi;

qonunchilikka muvofiq maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va ularning direksiyalari uchun nazarda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar texnologik klasterlar ishtirokchilari va direksiyalarga nisbatan ham tatbiq etiladi;

direksiyalar oʻz faoliyatini mustaqil yuritadi va Loyiha ofisiga har chorak yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot kiritib boradi;

b) mazkur qarorga 2-ilovada belgilangan “Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasteri tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarida yer uchastkalari investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratiladi, ushbu yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;

v) mazkur qarorga 2-ilovaga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.

5. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra direksiyalar “yagona darcha” tamoyili asosida texnologik klasterlar hududida klasterlar ishtirokchilari va salohiyatli investorlarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:

ishlab chiqarish va texnik binolar hamda inshootlarni tanlash, sotish, lizing va ijaraga berish, shuningdek, ishchi va xodimlarni tanlash va malakasini oshirish, mahsulotni sotish uchun maqbul bozorlarni va tashish usullarini aniqlash;

texnologik klasterlar hududidagi binolar, inshootlar va obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish, shuningdek, ularni qoʻriqlash xizmatini jalb qilishga koʻmaklashish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va xoʻjalik birlashmalari bilan qonunchilik doirasida talab etiladigan ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga, ular bilan kelishish tartib-taomillarini bajarishga koʻmaklashish.

6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tayyorlangan va quyidagilarni oʻz ichiga olgan Kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan kimyo texnologik klasterlarini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maʼqullansin:

4-ilovaga muvofiq texnologik klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish, kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini davom ettirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;

5-ilovaga muvofiq innovatsion kimyoviy texnologik klasterlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati.

7. Texnologik klasterlar hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari ishtirokchilari hamda ular tomonidan jalb qilinadigan pudrat tashkilotlariga investitsiya loyihalari doirasida:

milliy qurilish normalari, qoidalari va standartlarini qoʻllamasdan, loyiha hujjatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish va ekspertizadan oʻtkazish zaruratisiz (sanoat xavfsizligi, ekologiya va atrof muhitni hamda mehnatni muhofaza qilish sohalaridagi normativ va texnik hujjatlar bundan mustasno), xalqaro talablar va standartlarga muvofiq barcha loyiha va loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishga, qurilish va ekspluatatsiya bosqichlarini loyihalashtirishga, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga, obyektlarni ekspluatatsiya qilishga, texnologik uskunalar va sanoat obyektlarini qurish boʻyicha yongʻin xavfsizligini taʼminlashga;

amalga oshiriladigan loyihalar doirasida qurilish maydonlari hududlarida “bojxona ombori” bojxona rejimini qoʻllagan holda tovarlarni vaqtinchalik saqlash omborxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning mazkur qarorga 5-ilovadagi investitsiya loyihalari boʻyicha:

kimyo sohasida qoʻllaniladigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari murakkabligini inobatga olgan holda, “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarga loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, barcha turdagi konsalting, injiniring, ekspertizadan oʻtkazish va loyiha doirasidagi ishlarni nazorat qilish va kuzatib borish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan, istisno tariqasida, yetakchi xalqaro kompaniyalar va “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berish;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda yetakchi xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb qilish xarajatlarini Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Kimyo sanoati jamgʻarmasi) mablagʻlari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJning:

“Navoiy kimyo texnoparki” va “Fargʻona kimyo texnoparki” texnologik klasterlarini tashkil etish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga “Navoiyazot” AJ va “Fargʻonaazot” AJga tegishli boʻlgan bino-inshootlarni va ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalarini 6-ilovaga muvofiq qoldiq (balans) qiymatida ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJning ulushini kamaytirish hisobiga unga oʻtkazib berish;

“Oʻzkimyosanoat” AJga oʻtkazib berilgan bino-inshootlar va ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalarini texnologik klasterlarni boshqarish uchun tashkil etiladigan direksiyalarning ustav fondidagi “Oʻzkimyosanoat” AJning ulushi sifatida shakllantirish;

direksiyalar faoliyatini (keyinchalik oʻzini oʻzi moliyalashtirish sharti bilan) yuritish va ularning saqlash xarajatlarini 2026-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalar sof foydasining bir qismi hamda Kimyo sanoati jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror bilan oʻtkazilayotgan mulk, mulkiy huquqlar, jumladan ustav kapitalidagi aksiyalar va ulushlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ:

2023-yil 1-aprelga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “Navoiyazot” AJda texnik kompleks oʻrganish (due diligence) ishlarini hamda 2023-yil 1-avgustga qadar birlamchi bozor holatini oʻrganishni (market sounding) yakunlasin;

2023-yil 1-sentabrga qadar “Navoiyazot” AJda oʻtkazilgan texnik kompleks oʻrganish va birlamchi bozor holatini oʻrganish natijalari asosida ishlab chiqarish quvvatlari va infratuzilma obyektlarining ishlab chiqarish jarayonlari doirasida oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda jamiyatni rivojlantirish strategiyasini hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2023-yil 1-oktabrga qadar jalb qilingan xalqaro konsalting kompaniyalari bilan 7-ilovada keltirilgan korxonalarning faoliyati samaradorligini oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJga va davlatga tegishli aksiyalar paketini (ulushlarni) xususiy investorlarga sotish yuzasidan tanlovlarni yakunlasin va gʻoliblar bilan tegishli bitimlar imzolanishini taʼminlasin.

Bunda, mazkur qarorga 6-ilovaning 1-boʻlimi:

“a” kichik bandida nazarda tutilgan “Navoiyazot” AJga tegishli boʻlgan bino-inshootlar va ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalari “Navoiyazot” AJda oʻtkaziladigan texnik kompleks oʻrganish natijasida tayyorlanadigan xulosaga muvofiq kelgusida ishlab chiqarish uchun zarur boʻlishi mumkin deb topilgan taqdirda, ularning Maʼmuriy kengash xulosasiga asosan, investitsiya loyihalari joylashtirilmagan va amalga oshirilishi boshlanmagan qismida qonunchilikda belgilangan tartibda “Navoiyazot” AJga qaytarilishi;

“b” kichik bandida nazarda tutilgan “Navoiyazot” AJga tegishli boʻlgan bino-inshootlar va ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalari “Navoiyazot” AJda oʻtkaziladigan texnik kompleks oʻrganish natijasida tayyorlanadigan xulosaga muvofiq kelgusida ishlab chiqarish uchun zarur emas deb topilgan taqdirda, 2023-yil 1-iyulga qadar qonunchilikda belgilangan tartibda “Oʻzkimyosanoat” AJga oʻtkazib berilishi belgilab qoʻyilsin.

11. Belgilansinki, “Fargʻonaazot” AJ ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi boʻyicha aksiyalar paketini sotishdan tushgan mablagʻlar, ushbu aktivlarni sotish bilan bogʻliq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xarajatlarini chegirgan holda, teng ulushlarda Davlat budjetiga va Kimyo sanoati jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi 2023-yil 30-iyunga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.

13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ texnologik klasterlarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari 2023 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda Maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.

14. Texnologik klasterlar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga “Oʻzkimyosanoat” AJ va direksiyalarning talabnomasiga asosan belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligi kirish vizalari berilishini (muddati uzaytirilishini), Ichki ishlar vazirligi esa koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

15. Quyidagilar:

Bosh vazir oʻrinbosari J.T. Mirzamahmudov — 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini amalga oshirish, kimyo sanoati korxonalarining barqaror ishlashini taʼminlash, texnologik klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish doirasida mutasaddi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu qarorda belgilangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha tezkor choralar koʻrishga;

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov — kimyo sanoati korxonalarini xom ashyo va energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va ularning isteʼmoli siyosatini ishlab chiqishga hamda bu boradagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga;

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari O.Z. Nasritdinxodjayev — kimyo sanoati korxonalarini transformatsiya qilish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish, operatsion samaradorlik va zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga;

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Sh. Kudratov — kimyo sanoatida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirish, ularni texnologik klasterlar doirasida amalga oshirish boʻyicha salohiyatli investorlar va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etishga;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov — “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalardagi davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiylashtirishni tashkil etishga;

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi — kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish, kimyo klasterlari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoq korxonalarining iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini oshirishga shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.T. Mirzamahmudov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 10-oktabr,

PQ-388-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 1-ILOVA

Texnologik klasterlar tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralari

I. “Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasteri chegaralarining TAVSIFI

1-hudud:

A) 1-boshlangʻich nuqta (40.10509°, 65.34791°) Navoiy viloyatining Navoiy shahridan oʻtuvchi Nazoratchilar koʻchasidan 20 metr va Amir Temur kesishmasidan 900 metr masofada joylashgan;

1-nuqtadan chegara Nazoratchilar koʻchasiga perpendikulyar yoʻnalishda “L-17X” — “L-17 “Navoiyazot” VL-220 elektr uzatish tarmogʻiga parallel ravishda janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1840 metr masofada 2-nuqtagacha (40.09914°, 65.32774°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara “L-17X” — “L-17 “Navoiyazot” AJ VL-220 elektr uzatish tarmogʻiga perpendikulyar ravishda shimoliy yoʻnalishda 315 metr masofada 3-nuqtagacha (40.10176°, 65.32637°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab shimoliy yoʻnalishda 1995 metr masofada 4-nuqtagacha (40.11955°, 65.32270°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara Navoiy oqova suv tozalash stansiyasiga parallel yoʻnalishda Nazoratchilar koʻchasiga perpendikulyar ravishda sharqiy yoʻnalishda 1519 metr masofada 5-nuqtagacha (40.11992°, 65.34054°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara Nazoratchilar koʻchasiga parallel ravishda janubi-sharqiy yoʻnalishda 1850 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

B) 1-boshlangʻich nuqta (40.11125°, 65.320939°) Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Uz Cor Silicon” QK MCHJ shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan;

1-nuqtadan chegara “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga parallel ravishda gʻarbiy yoʻnalishda 205 metr masofada 2-nuqtagacha (40.11096°, 65.31856°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga parallel ravishda janubiy yoʻnalishda 350 metr masofada 3-nuqtagacha (40.10783°, 65.31908°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara “Navoiyazot” AJning chiqindilarni saqlash xoʻjaligi chegarasi boʻylab janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 370 metr masofada 4-nuqtagacha (40.10621°, 65.31530°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara “Navoiyazot” AJning chiqindilarni saqlash xoʻjaligi chegarasi boʻylab janubiy yoʻnalishda 280 metr masofada 5-nuqtagacha (40.10379°, 65.31624°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara “Navoiyazot” AJning temir yoʻl stansiyasi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 666 metr masofada 6-nuqtagacha (40.10149°, 65.30901°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara “Navoiy KMK” AJning 1-son GMZ kon boshqarmasi chiqindilarni saqlash xoʻjaligiga parallel ravishda shimoliy yoʻnalishda 1611 metr masofada 7-nuqtagacha (40.11590°, 65.30623°) davom etadi;

7-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab sharqiy yoʻnalishda 1179 metr masofada 8-nuqtagacha (40.11584°, 65.32005°) davom etadi;

8-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga perpendikulyar ravishda janubiy yoʻnalishda 520 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

2-hudud:

A) 1-boshlangʻich nuqta (40.07017°, 65.26541°) Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan Navoiy viloyati narkologiya dispanseridan 130 metr va “Binokor” temir yoʻl stansiyasidan 2100 metr masofada joylashgan;

1-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab shimoliy yoʻnalishda 310 metr masofada 2-nuqtagacha (40.07301°, 65.26543°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab sharqiy yoʻnalishda 170 metr masofada 3-nuqtagacha (40.07300°, 65.26743°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab sharqiy yoʻnalishda 170 metr masofada 4-nuqtagacha (40.08002°, 65.26727°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab janubiy yoʻnalishda temir yoʻlga parallel ravishda 3450 metr masofada 5-nuqtagacha (40.07945°, 65.22642°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab janubiy yoʻnalishda temir yoʻlga parallel ravishda 1100 metr masofada 6-nuqtagacha (40.06951°, 65.22663°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara “Elektrkimyozavodi” AJga parallel ravishda sharqiy yoʻnalishda 3620 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

B) 1-boshlangʻich nuqta (40.08492°, 65.26647°) Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan Navoiy viloyati narkologiya dispanseridan 1450 metr va “Binokor” temir yoʻl stansiyasidan 1550 metr masofada joylashgan.

1-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab shimoliy yoʻnalishda 1075 metr masofada 2-nuqtagacha (40.09459°, 65.26652°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 3425 metr masofada 3-nuqtagacha (40.09438°, 65.22627°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab janubiy yoʻnalishda 1075 metr masofada 4-nuqtagacha (40.08468°, 65.22629°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab shimoliy yoʻnalishda temir yoʻlga perpendikulyar ravishda 3425 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

II. “Qoraqalpogʻiston kimyo texnoparki” texnologik klasteri chegaralarining TAVSIFI

1-boshlangʻich nuqta (43.10149°, 58.37518°) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumanida joylashgan 50-son umumtaʼlim maktabidan 565 metr va Qoʻngʻirot kimyo sanoati kollejidan 1010 metr masofada joylashgan;

1-nuqtadan chegara Elobod posyolkasiga perpendikulyar ravishda shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1850 metr masofada 2-nuqtagacha (43.11664°, 58.36577°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab “Kunxodja” temir yoʻl stansiyasiga parallel ravishda janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 3900 metr masofada 3-nuqtagacha 43.09059°, 58.33189°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumanidan oʻtuvchi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga qadar janubiy yoʻnalishda 350 metr masofada 4-nuqtagacha (43.08755°, 58.33376°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumanidan oʻtuvchi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga parallel ravishda shimoli-sharqiy yoʻnalishda AGTKSH chegarasigacha 1500 metr masofada 5-nuqtagacha (43.09341°, 58.35115°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga perpendikulyar ravishda shimoliy yoʻnalishda 200 metr masofada 6-nuqtagacha (43.09490°, 58.35000°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga parallel ravishda shimoli-sharqiy yoʻnalishda 250 metr masofada 7-nuqtagacha (43.09572°, 58.35240°) davom etadi;

7-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga qadar janubiy yoʻnalishda 200 metr masofada 8-nuqtagacha (43.09410°, 58.35348°) davom etadi;

8-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻliga parallel ravishda shimoli-sharqiy yoʻnalishda 1950 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

III. “Fargʻona kimyo texnoparki” texnologik klasteri chegaralarining TAVSIFI

1-hudud:

1-boshlangʻich nuqta (40.42186°, 71.78970°) Fargʻona shahri, Kimyogarlar koʻchasi, 284 uyda joylashgan “Uz-Segang” QKning gʻarbiy chegarasiga 35 metr uzoqlikda perpendikulyar joylashgan;

1-nuqtadan chegara PA-6-maydoni boʻylab “Uz-Segang” QKning janubi-gʻarbiy chegarasi tomon sharqiy yoʻnalishda 35 metr masofada 2-nuqtagacha (40.42185°, 71.79013°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara “Uz-Segang” QKning janubi-gʻarbiy chegarasi boʻylab shimol tomonga 140 metr masofada 3-nuqtagacha (40.42312°, 71.79024°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara “Uz-Segang” QKning shimoli-gʻarbiy chegarasi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 133 metr masofada 4-nuqtagacha (40.42304°, 71.79178°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara PA-6 sexi va fermer xoʻjaligi chegarasi boʻylab shimol tomonga 330 metr masofada 5-nuqtagacha (40.42603°, 71.79207°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara PA-6 sexi va fermer xoʻjaligi chegarasi boʻylab sharq tomonga 118 metr masofada 6-nuqtagacha (40.42594°, 71.79352°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara PA-6 sexi va fermer xoʻjaligi chegarasi boʻylab shimol tomonga 155 metr masofada 7-nuqtagacha (40.42724°, 71.79366°) davom etadi;

7-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab gʻarb tomonga 129 metr masofada 8-nuqtagacha (40.42737°, 71.79202°) davom etadi;

8-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab janub tomonga 120 metr masofada 9-nuqtagacha (40.42627°, 71.79189°) davom etadi;

9-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab gʻarb tomonga 152 metr masofada 10-nuqtagacha (40.42638°, 71.79014°) davom etadi;

10-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab janub tomonga 37 metr masofada 11-nuqtagacha (40.42605°, 71.79011°) davom etadi;

11-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab gʻarb tomonga 36 metr masofada 12-nuqtagacha (40.42607°, 71.78961°) davom etadi;

12-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab janub tomonga 97 metr masofada 13-nuqtagacha (40.42519°, 71.78959°) davom etadi;

13-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab sharq tomonga 3 metr masofada 14-nuqtagacha (40.42519°, 71.78964°) davom etadi;

14-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab janub tomonga 46 metr masofada 15-nuqtagacha (40.42476°, 71.78960°) davom etadi;

15-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab gʻarb tomonga 10 metr masofada 16-nuqtagacha (40.42477°, 71.78948°) davom etadi;

16-nuqtadan chegara PA-6 sexi va atsetat tolalari sexi chegarasi boʻylab janub tomonga 101 metr masofada 17-nuqtagacha (40.42387°, 71.78938°) davom etadi;

17-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexi hududi boʻylab gʻarb tomonga atsetat tolalari sexining K-1 binosi tarafga 37 metr masofada 18-nuqtagacha (40.42390°, 71.78893°) davom etadi;

18-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1 bino chegarasi boʻylab janub tomonga 4 metr masofada 19-nuqtagacha (40.42386°, 71.78893°) davom etadi;

19-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1 bino chegarasi boʻylab parallel ravishda gʻarb tomonga 199 metr masofada 20-nuqtagacha (40.42401°, 71.78658°) davom etadi;

20-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1 bino chegarasi boʻylab janub tomonga 24 metr masofada 24-nuqtagacha (40.42381°, 71.78656°) davom etadi;

21-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1 va K-1A maʼmuriy binolarning chegarasi boʻylab parallel ravishda sharq tomonga 174 metr masofada 22-nuqtagacha (40.42365°, 71.78868°) davom etadi;

22-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1A maʼmuriy binosi chegarasidan janub tomonga 12 metr masofada 23-nuqtagacha (40.42354°, 71.78866°) davom etadi;

23-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1A maʼmuriy binosi chegarasiga parallel ravishda gʻarb tomonga 49 metr masofada 24-nuqtagacha (40.42358°, 71.78801°) davom etadi;

24-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning K-1A maʼmuriy binosi chegarasidan janub tomonga 178 metr masofada 25-nuqtagacha (40.42198°, 71.78785°) davom etadi;

25-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexning janubiy chegarasi boʻylab “El company tex” MCHJning janubi-gʻarbiy chegarasi tomonga qarab 83 metr masofada 26-nuqtagacha (40.42192°, 71.78884°) davom etadi;

26-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexi va “Uz-Segang” QKning tutash chegaralari boʻylab shimol tomonga 144 metr masofada 27-nuqtagacha (40.42320°, 71.78899°) davom etadi;

27-nuqtadan chegara atsetat tolalari sexi chegarasidan sharq tomonga PA-6 sexi chegarasigacha 73 metr masofada 28-nuqtagacha (40.42316°, 71.78981°) davom etadi;

28-nuqtadan chegara PA-6 sexi hamda “Uz-Segang” QKning tutash chegaralari boʻylab janub tomonga 147 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

2-hudud:

1-boshlangʻich nuqta (40.44001°, 71.82765°) Fargʻona viloyati, Toshloq tumani, “Axshak” MFY, Beshalish zonasi, Kirgili stansiyasidan 1 km uzoqlikda “Fargʻonaazot” AJ 2-ishlab chiqarish maydonining janubi-sharqiy burchagida joylashgan boʻlib, “Farneftstroyservis” MCHJ hududiga chegaradosh;

1-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJ va “Farneftstroyservis” MCHJ chegarasi boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 191 metr masofada 2-nuqtagacha (40.44038°, 71.82985°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJning fermer xoʻjalik hududi bilan chegarasi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 313 metr masofada 3-nuqtagacha (40.44313°, 71.82906°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJ hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 448 metr masofada 4-nuqtagacha (40.44228°, 71.82389°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJ hududi boʻylab janubiy yoʻnalishda 163 metr masofada 5-nuqtagacha (40.44085°, 71.82428°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJ hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 253 metr masofada 6-nuqtagacha (40.44128°, 71.82726°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara “Fargʻonaazot” AJ hududi boʻylab janubiy yoʻnalishda 152 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 2-ILOVA

“Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasterini kengaytirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari

Izoh: Navoiy kimyo texnoparki tarkibiga kiruvchi hudud chegarasining tavsifi:

1-boshlangʻich nuqta (40.11125°, 65.320939°) Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Uz Cor Silicon” QK MCHJ shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan.

1-nuqtadan chegara “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga parallel ravishda gʻarbiy yoʻnalishda 85 metr masofada 2-nuqtagacha (40.11102°, 65.31857°) davom etadi;

2-nuqtadan chegara “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga parallel ravishda “NKMK” AJning 1-son GMZ kon boshqarmasi chiqindilarni saqlash xoʻjaligiga perpendikulyar ravishda janubiy yoʻnalishda 365 metr masofada 3-nuqtagacha (40.10767°, 65.31923°) davom etadi;

3-nuqtadan chegara “NKMK” AJning 1-son GMZ kon boshqarmasi chiqindilarni saqlash xoʻjaligi chegarasi boʻylab janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 340 metr masofada 4-nuqtagacha (40.10642°, 65.31572°) davom etadi;

4-nuqtadan chegara “NKMK” AJning 1-son GMZ kon boshqarmasi chiqindilarni saqlash xoʻjaligi chegarasi boʻylab janubiy yoʻnalishda 220 metr masofada 5-nuqtagacha (40.10642°, 65.31572°) davom etadi;

5-nuqtadan chegara “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli temir yoʻl omborxonasiga perpendikulyar ravishda janubiy yoʻnalishda 110 metr masofada 6-nuqtagacha (40.10642°, 65.31572°) davom etadi;

6-nuqtadan chegara “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli temir yoʻl omborxonasiga parallel ravishda janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 680 metr masofada 7-nuqtagacha (40.10153°, 65.30909°) davom etadi;

7-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1450 metr masofada 8-nuqtagacha (40.11446°, 65.30652°) davom etadi;

8-nuqtadan chegara ochiq maydon boʻylab “Uz Cor Silicon” QK MCHJ chegarasiga perpendikulyar ravishda janubiy yoʻnalishda 520 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 3-ILOVA

Texnologik klasterlar

Izohlar:

1. Texnologik klasterlar joylashgan hududga mos ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Navoiy yoki Fargʻona viloyati hokimi Maʼmuriy kengash tarkibiga kiritiladi.

2. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

3. Kengash oʻz faoliyati davomida, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining vakillarini jalb qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 4-ILOVA

Texnologik klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish, kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini davom ettirish boʻyicha

Izoh: “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 5-ILOVA

Innovatsion kimyoviy texnologik klasterlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

Izohlar:

1. Loyihalarning koʻrsatkichlariga va amalga oshirish muddatlariga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlik kiritiladi.

2. Vazirlar Mahkamasiga ushbu investitsiya loyihalari roʻyxatiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning umumlashtirilgan xulosalari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ texnologik klasterlar hududida amalga oshirilishi taklif etiladigan qoʻshimcha istiqbolli loyihalar roʻyxatini shakllantirib, muntazam ravishda yangi takliflarni Texnologik klasterlar maʼmuriy kengashiga taqdim qilib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 6-ILOVA

“Navoiy kimyo texnoparki” va “Fargʻona kimyo texnoparki” texnologik klasterlarini tashkil etish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJga oʻtkazib beriladigan “Navoiyazot” AJ va “Fargʻonaazot” AJga tegishli boʻlgan bino-inshootlar va ular joylashgan (ularga tutash) yer uchastkalari

Izoh. Ushbu bino-inshootlar texnologik klasterni boshqarish direksiyalari tomonidan Texnologik klasterlar maʼmuriy kengashi bilan kelishilgan holda tasarruf etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga 7-ILOVA

Ustav kapitalida (fondida) “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi va davlat ulushi (aksiyasi) mavjud boʻlgan xususiylashtiriladigan xoʻjalik jamiyatlari

Izohlar:

* “Fargʻonaazot” AJ aksiyalar paketi oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish davrida korxona ustav kapitalidagi ulushlar oʻzgarishi mumkin.

** Korxonalarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻ taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

*** “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi (aksiya paketi) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga belgilangan tartibda oʻtkazib beriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.