PQ-427-son Qaror · 18.11.2022

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-427
  • Qabul qilingan sana:18.11.2022
  • Kuchga kirgan sana:19.11.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/427/1025

Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish, bu sohada faoliyat olib borish tizimini yangi darajaga olib chiqish maqsadida:

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:

a) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hamda Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamentini (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etish;

b) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari (keyingi oʻrinlarda — oromgoh) va sanatoriylarni taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish;

Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq suv omboriga tutash hududda yil davomida faoliyat koʻrsatadigan xalqaro bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini barpo etish;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya toʻlash;

(1-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-maydagi PQ-199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2024-y., 07/24/199/0378-son)

kambagʻal oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqigan farzandlarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish.

(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)

Jamgʻarma va Departament hamda uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish, binolarni saqlash, xodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash.

v) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarni muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari shaklida tashkil etish.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

2. Departamentga quyidagi vakolatlar berilsin:

mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishlarini taʼminlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya etilishi boʻyicha monitoring oʻrnatish;

oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishlarini taʼminlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va meʼyorlari buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir chorasi qoʻllash haqida vakolatli mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritish.

3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli transfertlar;

Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti va tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar;

(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)​​​​​​​

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan Jamgʻarmaga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlaydi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

davlat organlari va tashkilotlarida jamoa shartnomalariga muvofiq oʻz xodimlari tomonidan farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yoʻllanmalari narxi ish beruvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, moliyaviy imkoniyatiga qarab, toʻliq miqdorda yoki uning bir qismi toʻlab berilishi mumkin;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda taqsimlanadigan ijtimoiy soliq tushumlarning bir qismi quyidagi xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi:

xodimlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari yoʻllanmalari narxining bir qismini qoplash uchun ijtimoiy soliq tushumidan ajratmani hisobga olgan holda oromgohlarga yoki kasaba uyushmalari tashkilotlari orqali uning aʼzolariga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi miqdorida kompensatsiya berish.

(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

5. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2023-yildan boshlab har yili:

Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarmaga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilishini;

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgoh va sanatoriylarni taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish uchun kamida 50 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tizimida oromgohlar boʻlgan tashkilotlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

1-ilovada keltirilgan oromgohlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul berish;

2-ilovada keltirilgan oromgohlarni sotish yoki ularning faoliyat turini oʻzgartirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan oromgohlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda ularni 2022-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda berish choralarini koʻrsin.

Bunda, oromgohlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga berilguniga qadar ularni saqlab turish xarajatlari tizimida ushbu oromgohlar boʻlgan tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.

8. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “General Motors Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining “Xonobod” sanatoriyasi bino va inshootlarini, “Nazarbek” sanatoriya profilaktoriyasi bino va inshootlarini mulk huquqi asosida hamda “Omonxona” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzavtosanoat” AJ bir oy muddatda obyektlar va ulushning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga topshirilishini va Federatsiya tomonidan qabul qilib olinishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Chorvoq suv omboriga tutash hududdagi 20 gektar yer maydonida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xalqaro bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining buyurtmasiga asosan vakolatli davlat organlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda yangi oromgohlar barpo etish uchun yer uchastkalari ajratib borish choralarini koʻrsin.

10. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh negizida Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

11. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

oromgohlar faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, ulardagi maishiy, kommunal, transport va tibbiy taʼminot tizimlarining ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya ishlarini hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni taʼlim, fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalarining vakillari ishtirokida tashkil etish;

oromgohlarda bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga, shu jumladan taniqli sportchilar ishtirokida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

oromgohlarda sifatli shoshilinch tibbiy yordam xizmatini joriy etish, ularni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻin xavfsizligi faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash;

oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini yildan-yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, oromgohlarda mavjud imkoniyatlar hamda dam oluvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirib borish;

oromgohlarda xavfsizlikni taʼminlash hamda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oromgohlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

12. Belgilab qoʻyilsinki:

Komissiya qarori asosida bolalarning dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish ishlari bosqichma-bosqich maktab taʼtillari (yozgi, kuzgi, qishki va bahorgi) davrida tashkil etiladi, qolgan vaqtlarda oromgohlar dam olish maskani sifatida faoliyat yuritadi. Bunda dam olish maskanining sertifikatlashtirilishi talab etilmaydi;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

bolalarning dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish mavsumi boshlanishi oldidan oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligini tekshirish hamda xulosa berish uchun ishchi guruhlar tuziladi.

13. Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi binosiga bevosita tutash boʻlgan va ayni paytda samarasiz foydalanib kelinayotgan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli binoning bir qismini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga mulk huquqi asosida bepul oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda Jamgʻarma hamda Departamentning hududiy boʻlimlarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul bino ajratish choralarini koʻrsin.

15. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) va Markaziy bank (M. Nurmuratov) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar rasman kuchga kirgunga qadar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash choralarini koʻrsin.

16. Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 18-noyabr,

PQ-427-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga oʻtkaziladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari

Izoh: obyektlarning yer uchastkasi hamda bino va inshootlar maydoniga kadastr hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritilishi mumkin.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 2-ILOVA

Sotish yoki faoliyat turini oʻzgartirish taqiqlanadigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 3-ILOVA

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

Hududiy komissiyalar raislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 4-ILOVA

Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.