PF-1199-son Farmon · 29.06.1995

Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1199
  • Qabul qilingan sana:29.06.1995
  • Kuchga kirgan sana:29.06.1995
  • Holati:Amalda

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish maqsadida hamda Osiyo taraqqiyot bankiga kirish tartibiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Osiyo Taraqqiyot Bankiga tegishli barcha mablagʻlar hamda Osiyo Taraqqiyot Bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq ushbu bankning boshqa aktivlari uchun depozitariy sifatida ish yuritish vakolati berilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini Osiyo Taraqqiyot Banki bilan ushbu Bitim doirasida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha aloqani amalga oshiruvchi rasmiy organ sifatida belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kelishuvi asosida Osiyo Taraqqiyot Bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimda nazarda tutilgan barcha operatsiya va bitimlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tashqi qarzlar boʻyicha kafolatlarning maksimal limiti doirasida har qanday summalarni, kreditlarni olish va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Osiyo Taraqqiyot Bankiga aʼzolik badallarini muntazam ravishda toʻlashni taʼminlash vakolati belgilansin.

4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Moliya vaziri Hamidov Baxtiyor Sultonovichni Osiyo Taraqqiyot Bankining Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchisi sifatida;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi Azimov Rustam Sadiqovichni Osiyo Taraqqiyot Bankining Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchi oʻrinbosari sifatida tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 29-iyun,

PF-1199-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.