Mamlakat qudratini va iqtisodiyotini mustahkamlashda, xalqaro va ichki qatnovni taʼminlashda Havo Flotining muhim ahamiyatini eʼtiborga olib, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi koʻp ming kishilik jamoalarining, Harbiy Havo Kuchlari harbiy xizmatchilarining va oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining aviatsiyani, aviatsiya sanoatini rivojlantirishga hamda kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasini nazarda tutib:
1. Avgust oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasining Havo Floti Kuni” etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-iyul,
PF-1206-son