Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash, tovarlar taʼminotining global zanjirlarini diversifikatsiyalash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:
1. 2027-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:
1-banddagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2023-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan oʻtkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish;
import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan kundalik isteʼmol tovarlari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-mart,
PF-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PF-41-son Farmoniga ILOVA
2027-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
* Bojxona bojining nol stavkalari 2023-yil 1-sentabrga qadar qoʻllaniladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)