Energetika sohasiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini barqaror taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida “Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hududida umumiy quvvati 1573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish maqsadida “EDF International S.A.S.” (Fransiya), “Nebras Power Investment Management B.V.” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari ishtirokidagi konsorsium bilan investitsiya bitimi imzolanganligi;
Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun ajratilgan Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududidagi jami 61,9 gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilganligi;
investorlar tomonidan Investitsiya loyihasini toʻlaqonli amalga oshirish uchun qurilishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish obyektlari hamda yordamchi bino va inshootlarning yer uchastkalari konturlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-464-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-iyul,
PQ-209-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-209-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-464-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “61,9” raqami “60,25” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-464-son qaroriga ILOVA
“Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari