PQ-214-son Qaror · 05.07.2023

2023-2025-yillarda Buxoro viloyatida paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlari hamda kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-214
  • Qabul qilingan sana:05.07.2023
  • Kuchga kirgan sana:07.07.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/214/0457

Buxoro viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, klasterlar tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari atrofida kichik tadbirkorlik subyektlari va kasanachilarni birlashtirish, hunarmandchilikda kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali Buxoro viloyatini toʻqimachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish markaziga aylantirish hamda hudud aholisini daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida:

1. Buxoro viloyatini 2023 — 2025-yillarda “aholisi toʻliq ish bilan taʼminlangan hudud”ga aylantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlari bilan birgalikda kasanachilik markazlarini tashkil etish orqali ularni yaxlit zanjirda birlashtirish;

mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash;

infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, hunarmandchilik hamda savdo va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;

yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish;

viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro avtomobil yoʻli yoqasida yoʻlboʻyi infratuzilmasini hamda turizm, taʼlim va tibbiy xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish.

2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2023-yil 14-fevraldagi qarori bilan Buxoro viloyatida 2023-yilda 250 ming nafar aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish boʻyicha tumanlar va shaharlar kesimida yigʻma maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov bilan birgalikda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash ustidan doimiy monitoring oʻrnatib, har oyda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilsin hamda aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini koʻrib borsin.

3. Quyidagilar:

a) 2023-yilda Buxoro viloyati aholisi bandligini taʼminlash boʻyicha tarmoqlar va sohalar kesimida reja-grafik 1-ilovaga muvofiq;

b) Buxoro viloyatida aholi bandligini taʼminlash maqsadida paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlari tomonidan:

2023 — 2025-yillarda sanoat yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

2023-yilda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 2a-ilovaga muvofiq;

v) Buxoro viloyatidagi ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda tikuv-trikotaj yoʻnalishida kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etishning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Buxoro viloyatidagi mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2023-2024-yillarda mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning manzilli roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu bandda belgilangan mikromarkazlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.

5. Vazirlar Mahkamasi va Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyati tumanlarida kichik sanoat zonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish komplekslari va boshqa sanoat obyektlarini barpo etish, shu jumladan yoʻlboʻyi xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish maqsadida 5-ilovaga muvofiq jami 238,5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, shundan 193,4 gektar sugʻoriladigan yerlarni sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur bandga asosan Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.

6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qisqarib ketishining oldini olish maqsadida Buxoro viloyati tumanlarida 2023-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan ekin yerlarining koʻrsatkichlari hamda yer uchastkalari roʻyxati 6 va 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Buxoro viloyati hokimligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi bilan birgalikda mazkur qarorga 6-ilovaga muvofiq 2023-yilda 15 000 gektar maydonda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari asosida yer maydonlarining foydalanishga kiritilishini taʼminlasin.

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)

7. Buxoro viloyatidagi ommaviy savdolarga chiqarilib, uch oydan ortiq muddat mobaynida sotilmay turgan, boshlangʻich qiymatini 50 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladigan davlat aktivlari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

10. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 5-iyul,

PQ-214-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga1-ILOVA

2023-yilda Buxoro viloyati aholisi bandligini taʼminlash boʻyicha tarmoqlar va sohalar kesimida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga2-ILOVA

2023 — 2025-yillarda sanoat yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etishning

Izoh: Buxoro viloyati hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur prognoz koʻrsatkichlariga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga2a-ILOVA

2023-yilda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etishning

Izoh: Buxoro viloyati hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur prognoz koʻrsatkichlariga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga3-ILOVA

Buxoro viloyatidagi ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda tikuv-trikotaj yoʻnalishida kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etishning

Izoh: Buxoro viloyat hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur manzilli roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga4-ILOVA

2023-2024-yillarda mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning

Izoh:Buxoro viloyat hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur manzilli roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga5-ILOVA

Buxoro viloyati hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer fondi toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yer fondi toifasiga oʻzgartiriladigan yer uchastkalarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga6-ILOVA

Buxoro viloyati tumanlarida 2023-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan ekin yerlarining

Izoh: Buxoro viloyati hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur koʻrsatkichlarga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga6a-ILOVA

Buxoro viloyatida 2023-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan yer uchastkalari

Izoh: Buxoro viloyati hokimligining asoslangan takliflariga muvofiq, mazkur roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga7-ILOVA

Buxoro viloyatidagi ommaviy savdolarga chiqarilib, uch oydan ortiq muddat mobaynida sotilmay turgan, boshlangʻich qiymatini 50 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladigan davlat aktivlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3843-son qarorida:

a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni taʼminlaydigan zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:”;

b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini, jumladan gidroponika texnologiyalarini qoʻllagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarorida:

a) 1-ilovaning “III. Buxoro viloyati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 2-ilovaning “III. Buxoro viloyati” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.