PF-110-son Farmon · 21.07.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-110
  • Qabul qilingan sana:21.07.2023
  • Kuchga kirgan sana:21.07.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/110/0506

Normativ-huquqiy hujjatlardagi bir-birini takrorlovchi hamda huquqni qoʻllash amaliyotiga taʼsir koʻrsatuvchi normalarni bartaraf etish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 21-iyul,

PF-110-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2114-son Farmonida:

1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;

3-band chiqarib tashlansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmonida:

a) 5-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Ushbu Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan talablar tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftishga nisbatan tatbiq etilmaydi”;

b) 5-1-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;

v) 2-ilovada:

1-pozitsiyada:

“Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ishonchli axborotlar mavjud boʻlganida tegishli ruxsatnomasiz yoki qalbaki aksiz markali yoxud aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish holatlarini tekshirish”;

“Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-1-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;

19-pozitsiya chiqarib tashlansin;

izoh qismining uchinchi xatboshisidagi “19” raqami chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5929-son Farmoni 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining

Izoh: Hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmonida:

10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2023-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2022-yilda” soʻzlari “2022-2023-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4438-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tekshiruvni oʻtkazish vakolatli organ bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda Axborot tizimida roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi, bundan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftish mustasno”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.