PF-174-son Farmon · 24.10.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-174
  • Qabul qilingan sana:24.10.2023
  • Kuchga kirgan sana:31.10.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/174/0813

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida transformatsiya jarayonini jadallashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 24-oktabr,

PF-174-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PF-174-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 2-ilovada:

1 va 2-pozitsiyalarning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustunidagi “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

10-pozitsiya chiqarib tashlansin.

2. 4-ilovadan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” bloki chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.