PQ-354-son Qaror · 01.11.2023

Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-354
  • Qabul qilingan sana:01.11.2023
  • Kuchga kirgan sana:02.11.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/354/0822

Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam koʻrsatish tadbirlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam koʻrsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratilsin.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) bir kun muddatda 1,5 million AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻlgan mablagʻlarni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Tashqi ishlar vazirligiga oʻtkazilishini taʼminlasin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir kun muddatda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan mablagʻlarni Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi hisob raqamiga oʻtkazib bersin.

4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 1-noyabr,

PQ-354-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.