PQ-8-son Qaror · 09.01.2024

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-8
  • Qabul qilingan sana:09.01.2024
  • Kuchga kirgan sana:12.01.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/8/0021

2023-yil 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida:

1. Adliya vazirligi va Milliy statistika qoʻmitasining 2024-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistika maʼlumotlarini (keyingi oʻrinlarda — hisobot) 1-ilovaga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlasin.

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan topshiriladigan hisobot turlarini hamda ulardagi maʼlumotlarni quyidagilar orqali maqbullashtirish choralarini koʻrib boradi:

davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish;

sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish;

b) davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-sentabrga qadar Milliy statistika qoʻmitasiga hisobot turlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni kiritib boradi;

(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

v) Milliy statistika qoʻmitasi har yili 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini koʻradi.

(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — yagona roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki:

yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;

hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qogʻoz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.

5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimini joriy qilsin.

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimining operatori etib belgilansin.

6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — ixtiyoriy;

2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy;

2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy.

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida hisobga olinishi belgilangan maʼlumotlarni Yagona hisobotlar tizimiga kiritib boradi;

davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali hisobotlarni shakllantirish uchun zarur maʼlumotlar Yagona hisobotlar tizimiga kiritiladi;

hisobotlar Yagona hisobotlar tizimida avtomatik tarzda shakllanadi va hisobotlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tadbirkorlik subyekti tasdiqlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari oʻzlariga zarur boʻlgan hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida Yagona hisobotlar tizimi orqali oladi;

Yagona hisobotlar tizimidagi maʼlumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi;

buxgalteriya dasturlari tizimidan foydalangan holda hisobotlar topshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning maʼlumotlar bazalarini Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

8. Quyidagilar:

Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruh (J.A. Qoʻchqorov) mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Yagona hisobotlar tizimi belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini hamda ushbu qarorga 4-ilovada belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.

9. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 9-yanvar,

PQ-8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga 1-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan bekor qilinayotgan hisobot va statistika maʼlumotlari turlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga2-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning

Izohlar:

1. Yagona roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

2. “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi.

3. Yagona roʻyxatga kiritilgan hisobot va statistik maʼlumotlar shakllari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 06/26/190/0924-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga 3-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga 4-ILOVA

Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar

Izoh. Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tomonidan Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.