Energetika tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-mart,
PF-53-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-martdagi PF-53-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1-ilovada:
1. “8. Energetika vazirligi” boʻlimida “shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
2. “Izohlar” qismiga quyidagi mazmundagi 7-band kiritilsin:
“Energetika vazirining oʻrinbosarlarining 1 shtat birligi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining 1 shtat birligi hisobidan tashkil etilgan.”;
3. “Izohlar” qismining 7-bandi tegishli ravishda 8-band deb hisoblansin.