Mamlakatimizda xalqaro talablar va standartlarga mos zamonaviy avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va milliy yoʻl-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tomonidan umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari boʻlgan “M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi;
b) loyihani amalga oshirish uchun:
Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 106,7 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OPEK jamgʻarmasi) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 47,2 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
v) loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ITB va OPEK jamgʻarmasi bilan tegishli Hadli kelishuv hamda qarz bitimi imzolanganligi;
g) umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga koʻra:
ITB va OPEK jamgʻarmasining hissasi 153,9 mln AQSH dollarini, Oʻzbekiston Respublikasining hissasi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish hamda moliyaviy boshqa xarajatlarni qoplash koʻrinishida 41,5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029-yillar) tashkil etishi;
d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlar natijasi boʻyicha xarajatlar (20 mln AQSH dollarigacha) maqbullashtirilishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Avtoyoʻlinvest” agentligi loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda ITB va OPEK jamgʻarmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
ITB va OPEK jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish guruhining yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
3. Quyidagilar:
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobidan 4-ilovaga muvofiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini barpo etish ishlariga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda ITB va OPEK jamgʻarmasi bilan 2024-yil 1-oktabrga qadar loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlarni mazkur bandda nazarda tutilgan ishlarga yoʻnaltirish yuzasidan muzokaralarni oʻtkazsin.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda yashil hududlarni barpo etish maqsadida loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 450 ming dona manzarali daraxt va terak koʻchatlari ekilishini taʼminlasin.
Bunda, barpo etiladigan yashil hududlarni lozim darajada saqlash boʻyicha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hamda ITB va OPEK jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan Hadli kelishuv va qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
8. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S.I. Samadov) loyiha doirasida mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida jalb qilingan mablagʻlarning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyihaning atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi arizalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi J.Yu. Tursunov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-aprel,
PQ-158-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 1-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan: Islom taraqqiyot banki mablagʻlari OPEK mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 195 495 106 700 47 249 41 546 1.1 Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami: ming AQSH doll. ekv. 129 471 86 517 42 954 shundan: qurilish-montaj ishlari** ming AQSH doll. ekv.. 129 471 86 517 42 954 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming AQSH doll. 129 471 86 517 42 954 institutsional rivojlanish va salohiyatni oshirish ming AQSH doll. ekv. 1 000 1 000 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming AQSH doll. 1 000 1 000 uskunalar sotib olish ming AQSH doll. 3 000 3 000 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming AQSH doll. 3 000 3 000 boshqa sarf-xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 20 068 14 873 4 295 900 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming AQSH doll. 20 068 14 873 4 295 900 1.2 Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash uchun ajratilgan hamda bojxona bojlaridan ozod etish koʻrinishidagi mablagʻlar ming AQSH doll. ekv. 23 700 23 700 1.3 Ijtimoiy soliq*** ming AQSH doll. 88 88 1.4 Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar**** ming AQSH doll. 16 858 16 858 1.5 Loyihani amalga oshirish guruhi xarajatlari ming AQSH doll. 1 310 1 310 2. Rekonstruksiya qilinadigan yoʻl uzunligi km 60 3. Iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini barpo etish dona 20 4. Kutilayotgan bandlik soni kishi - 5. Loyihani qoplashning hisob-kitob qilingan muddati yil - 6. Investitsiya davri davomiyligi oy 60 7. Qarz toʻlash muddati yil 20 8. Shundan imtiyozli davr yil 5
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi;
** Qurilish-montaj ishlarining summasiga 10% miqdorida koʻzda tutilmagan xarajatlar hisobga olgan holda;
*** Ijtimoiy soliq Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
**** Yakuniy moliyaviy xarajatlar miqdori haqiqiy summalar, oʻzlashtirish sanasi va 10 yillik SOFRning oʻrtacha SVOP koʻrsatkichiga bogʻliq.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 2-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlash
Qarz miqdori 106 700 000 AQSH doll. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil Qarzni qoplash muddati 20 yil Investitsiya davri 5 yil ITB qarzini qaytarish ustamasi 10 yillik AQSH dollardagi SOFR oʻrtacha SVOP koʻrsatkichi + 2,1 b.p Toʻlovlar soni 30 ta AQSH doll. Yillar Investitsiya davrida yechib olingan mablagʻlar uchun hisoblangan oldindan toʻlov* Mablagʻlarni boʻlib toʻlash umumiy qiymati** 10.07.2024 602 428,20 602 428,20 10.01.2025 602 428,20 602 428,20 10.07.2025 1 210 191,40 1 210 191,40 10.01.2026 1 210 191,40 1 210 191,40 10.07.2026 1 823 289,60 1 823 289,60 10.01.2027 1 823 289,60 1 823 289,60 10.07.2027 2 441 722,80 2 441 722,80 10.01.2028 2 441 722,80 2 441 722,80 10.07.2028 5 354 769,52 10.01.2029 5 354 769,52 10.07.2029 5 354 769,52 10.01.2030 5 354 769,52 10.07.2030 5 354 769,52 10.01.2031 5 354 769,52 10.07.2031 5 354 769,52 10.01.2032 5 354 769,52 10.07.2032 5 354 769,52 10.01.2033 5 354 769,52 10.01.2033 5 354 769,52 10.01.2034 5 354 769,52 10.07.2034 5 354 769,52 10.01.2035 5 354 769,52 10.07.2035 5 354 769,52 10.01.2036 5 354 769,52 10.07.2036 5 354 769,52 10.01.2037 5 354 769,52 10.07.2037 5 354 769,52 10.01.2038 5 354 769,52 10.07.2038 5 354 769,52 10.01.2039 5 354 769,52 10.07.2039 5 354 769,52 10.01.2040 5 354 769,52 10.07.2040 5 354 769,52 10.01.2041 5 354 769,52 10.07.2041 5 354 769,52 10.01.2042 5 354 769,52 10.07.2042 5 354 769,52 10.01.2043 5 354 769,52 Jami: 172 798 349,50
* SOFR foiz stavkasi va oldindan toʻlov miqdori qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganda aniqlanadi.
** ITB Hadli kelishuv bitimi boʻyicha mablagʻlarni boʻlib toʻlash umumiy qiymati va mablagʻlarni qaytarish sanalari qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 3-ILOVA
“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning
Qarz miqdori 47 249 170 AQSH doll. Qarzni qoplash muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 6 oylik SOFR + 2,3 b.p Majburiyatlar uchun komissiya toʻlovi yillik 0,25 % Bir martalik vositachilik haqi yillik 0,25 % AQSH dollar Toʻlov davri Oʻzlashtirish grafigi Foiz toʻlovlari* Asosiy qarzni qaytarish Majburiyatlar uchun toʻlovlar Bir martalik vositachilik haqi Toʻlashi lozim boʻlgan jami mablagʻ** 01.12.2023-y. 118 122,93 118 122,93 10.12.2023-y. 8 000 000 0 65 960 65 960 10.06.2024-y. 8 000 000 136 714 39 929 176 643 10.12.2024-y. 8 000 000 270 457 29 384 299 841 10.06.2025-y. 8 000 000 401 227 19 485 420 712 10.12.2025-y. 8 000 000 537 941 9 112 547 053 10.06.2026-y. 7 249 170 683 572 683 572 10.12.2026-y. 789 901 789 901 10.06.2027-y. 807 455 807 455 10.12.2027-y. 794 290 794 290 10.06.2028-y. 789 901 1 574 972 2 364 873 10.12.2028-y. 772 055 1 574 972 2 347 027 10.06.2029-y. 753 624 1 574 972 2 328 596 10.12.2029-y. 710 911 1 574 972 2 285 883 10.06.2030-y. 699 794 1 574 972 2 274 766 10.12.2030-y. 661 908 1 574 972 2 236 880 10.06.2031-y. 631 921 1 574 972 2 206 893 10.12.2031-y. 608 955 1 574 972 2 183 927 10.06.2032-y. 592 133 1 574 972 2 167 105 10.12.2032-y. 552 931 1 574 972 2 127 903 10.06.2033-y. 538 303 1 574 972 2 113 275 10.12.2033-y. 503 050 1 574 972 2 078 022 10.06.2034-y. 473 941 1 574 972 2 048 913 10.12.2034-y. 450 097 1 574 972 2 025 069 10.06.2035-y. 430 643 1 574 972 2 005 615 10.12.2035-y. 394 951 1 574 972 1 969 923 10.06.2036-y. 376 812 1 574 972 1 951 784 10.12.2036-y. 346 094 1 574 972 1 921 066 10.06.2037-y. 315 961 1 574 972 1 890 933 10.12.2037-y. 291 240 1 574 972 1 866 212 10.06.2038-y. 269 152 1 574 972 1 844 124 10.12.2038-y. 236 970 1 574 972 1 811 942 10.06.2039-y. 215 321 1 574 972 1 790 293 10.12.2039-y. 185 334 1 574 972 1 760 306 10.06.2040-y. 157 980 1 574 972 1 732 952 10.12.2040-y. 133 113 1 574 972 1 708 085 10.06.2041-y. 107 661 1 574 972 1 682 633 10.12.2041-y. 78 990 1 574 972 1 653 962 10.06.2042-y. 53 830 1 574 972 1 628 802 10.12.2042-y. 26 476 1 574 972 1 601 448 47 249 170 16 781 610 47 249 170 163 870,0 118 122,93 64 312 762
* SOFR foiz stavkasi qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganda aniqlanadi.
** OPEK jamgʻarmasi qarz bitimi boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash qiymati va qarzni qaytarish sanalari qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 4-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobiga vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish boʻyicha
T/r Avtomobil yoʻlining nomi Punktlarning joylashuv manzili Oʻrnatiladigan nazorat punktlari soni, komplekt Respublika boʻyicha jami punktlar 22 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yoʻli 883 km 1 Andijon viloyati 2. 4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻli 103 km 1 3. A373 “M39 avtoyoʻli — Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh” avtomobil yoʻli 457 km 1 Buxoro viloyati 4. M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” avtomobil yoʻli 212 km 1 5. 4R220 “Vobkent — Shofirkon — Jilvon” avtomobil yoʻli 20 km 1 Jizzax viloyati 6. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 1013 km 1 Qashqadaryo viloyati 7. A378 “Samarqand — Gʻuzor” avtomobil yoʻli 58 km 1 8. 4R79 “Qarshi sh. — Xonobod q. — Chim q. — Chiroqchi q. — Shahrisabz sh.” avtomobil yoʻli 7 km 1 Navoiy viloyati 9. 4R64g “M37 avtoyoʻlidan Navoiy shahriga shoxobcha” avtomobil yoʻli 12 km 1 10. M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” avtomobil yoʻli 162 km 1 Samarqand viloyati 11. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 1081 km 1 Surxondaryo viloyati 12. M41 “Bishkek — Dushanbe — Termiz” avtomobil yoʻli 1618 km 1 13. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 1400 km 1 Sirdaryo viloyati 14. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 140 km 1 15. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 871 km 1 Toshkent viloyati 16. 4R21 “Toshkent aylanma avtoyoʻli” avtomobil yoʻli 9 km 1 17. 4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻli 18 km 1 18. A373 “M39 avtoyoʻli — Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh” avtomobil yoʻli 61 km 1 19. 4R20 “Qorasuv q. — Boʻka sh. — Bekobod sh.” avtomobil yoʻli 63 km 1 20. M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻli 817 km 1 21 A373 “M39 avtoyoʻli — Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh” avtomobil yoʻli 45 km 1 Fargʻona viloyati 22. 4R147 “Margʻilon sh. — Rishton sh. — Oʻqchi q. — Karimdevona q — Konibodom sh.” avtomobil yoʻli 101 km 1
Izoh: ushbu manzilli dasturga Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.