PQ-315-son Qaror · 07.09.2024

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-315
  • Qabul qilingan sana:07.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:09.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/315/0692

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2024-yil 18-aprel kuni Dushanbe shahrida imzolangan:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 9-martda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bayonnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 9-martda imzolangan xalqaro havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.

2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda ularni amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Tojikiston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 7 sentabr,

PQ-315-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.