Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-166-son Farmoniga muvofiq:
1. Xususiy elektr stansiyalarini hamda elektr energiyasini saqlash tizimlarini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish loyihalari (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) doirasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida imzolangan bitimlarni (keyingi oʻrinlarda — Bitimlar) “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish va qayta rasmiylashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Bitimlar va ular doirasida imzolangan boshqa shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlar “Oʻzenergosotish” AJga qayta rasmiylashtirilgan Loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2025 — 2028-yillarda 39 ta Loyihalar doirasida imzolangan Bitimlarni “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish va qayta rasmiylashtirish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Bunda:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Bitimlar va ular doirasida imzolangan boshqa shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlari “Oʻzenergosotish” AJga qayta rasmiylashtirilishini;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik, idoralar va davlat ishtirokidagi tijorat banklari bilan birgalikda Bitimlar doirasida imzolangan boshqa shartnomalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzenergosotish” AJga:
Loyihalar doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyihalar doirasida tashkil etilgan loyiha kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda — loyiha kompaniyalari) foydasiga respublika banklarida chet el valyutasida akkreditivlar ochishga;
elektr energiyasining eksportidan kelib tushgan valyuta mablagʻlaridan, import qilingan elektr energiyasi uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning ortib qolgan qismidan xususiy elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida foydalanishga ruxsat berilsin.
4. “Oʻzenergosotish” AJ Bitimlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir oy muddatda:
Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda loyiha kompaniyalariga texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisida;
“UzGasTrade” AJ bilan birgalikda loyiha kompaniyalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisida;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzatish toʻgʻrisida;
“Milliy dispetcherlik markazi” DUK bilan birgalikda dispetcherlik boshqaruvi xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Bunda Suv xoʻjaligi vazirligi va “UzGasTrade” AJ shartnomalar shartlariga muvofiq tabiiy gaz va texnik suv yetkazib bermasligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan transportirovka xizmati bajarilmasligi natijasida loyiha kompaniyalariga yetkazilgan zararlar, shu jumladan, barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summasini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchilar hamda transportirovka xizmatini bajaruvchilar “Oʻzenergosotish” AJ oldida qonunchilikka muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Loyihalar boʻyicha toʻlov majburiyatlarining kafolati sifatida chet el banklari va mahalliy banklar tomonidan berilgan chet el valyutasidagi akkreditivlarni hamda mazkur bank kafolatlari taʼminoti sifatida qoʻyilgan pul mablagʻlarini “Oʻzenergosotish” AJga qayta rasmiylashtirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
6. Loyihalarni yagona elektr energetikasi tizimiga ulash uchun talab etiladigan infratuzilmani qurish xarajatlari Bitimlar shartlari asosida “Oʻzenergosotish” AJ tomonidan loyiha kompaniyalariga toʻlab berilganda, ushbu xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Oʻzenergosotish” AJga qoplab berilishi taʼminlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-fevral,
PQ-39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-son qaroriga1-ILOVA
Xususiy elektr stansiyalarini hamda elektr energiyasini saqlash tizimlarini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish loyihalari doirasida imzolangan bitimlar va ularga oid boshqa shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlar “Oʻzenergosotish” AJga qayta rasmiylashtirilgan loyihalar
T/rLoyiha nomiXorijiy hamkorQayta rasmiylashtirilgan sana1.Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasini qurishAksa Enerji(Turkiya)2024-yil 10-sentabr2.Toshkent viloyatida quvvati 230 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasini qurishAksa Enerji(Turkiya)2024-yil 10-sentabr3.Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz porshenli elektr stansiyasini qurishAksa Enerji(Turkiya)2024-yil 10-sentabr4.Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurishHyper Partners(Germaniya)2024-yil 13-sentabr5.Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasini qurishCengiz Enerji(Turkiya)2024-yil 18-sentabr6.Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurishCengiz Enerji(Turkiya)2024-yil 18-sentabr7.Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt boʻlgan gaz porshenli elektr stansiyasini qurishCengiz Enerji(Turkiya)2024-yil 18-sentabr8.Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz porshenli elektr stansiyasini qurishOdaş Enerji(Turkiya)2024-yil 20-sentabr9.Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurishChina Energy Overseas Investment(Xitoy)2024-yil 14-dekabr10.Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurishChina Energy Overseas Investment(Xitoy)2024-yil 14-dekabr11.Andijon viloyatining Asaka tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurishChina Energy Overseas Investment(Xitoy)2024-yil 14-dekabr12.Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida quvvati 150 MVt boʻlgan (300 MVt soat) elektr energiyasini saqlash tizimini qurishChina Energy Overseas Investment(Xitoy)2024-yil 14-dekabr13.Toshkent viloyatining Boʻka tumanida quvvati 263 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurishChina Datang(Xitoy)2024-yil 26-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-son qaroriga2-ILOVA
Xususiy elektr stansiyalarini hamda elektr energiyasini saqlash tizimlarini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish loyihalari doirasida imzolangan bitimlarni “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish va qayta rasmiylashtirish
Izoh: zarur hollarda reja-jadvaliga Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-son qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ-4249-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandida:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoʻshni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4807-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2021-yil 20-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 10-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 4, 5 va 6-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4971-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2020-yil 9-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 10-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “OʻMET” soʻzi “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 5 va 6-bandlardagi “OʻMET” soʻzi “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” hamda “Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5018-son qarorida:
a) 1-bandning “j” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) 2021-yil 20-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim yangi tahrirda va Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 10-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullansin”;
v) 4 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5195-son qarorida:
a) 1-bandning “g” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) 2021-yil 4-martda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 20-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 4 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3-son qarorida:
a) 1-bandning “v” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2021-yil 28-iyunda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 18-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 5 va 6-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “400” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-189-son qarorida:
nomlanishidagi “400” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin;
1-bandning “a” kichik bandi va “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “400” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2023-yil 29-aprelda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi va oltinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 4-banddagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-191-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2023-yil 29-aprelda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi va oltinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 4-banddagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi “Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-361-son qarorida:
a) 1-bandning “v” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2023-yil 14-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 18-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin”;
v) 4 va 6-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Investitsiya loyihasi maqsadlari uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Andijon viloyatining Asaka tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-93-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2023-yil 27-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
beshinchi xatboshi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan” soʻzlaridan keyin “Oʻzenergosotish” AJ orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023-yil 27-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida imzolangan Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim maʼqullansin”;
v) 3 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun uch oy mobaynida toʻlov majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-99-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2023-yil 27-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
beshinchi xatboshi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan” soʻzlaridan keyin “Oʻzenergosotish” AJ orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023-yil 27-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida imzolangan Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim hamda 2024-yil 14-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim maʼqullansin”;
v) 3 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun uch oy mobaynida toʻlov majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-125-son qarorining 3-bandidagi “tizimidagi foydalanilgan” soʻzlari “tizimining foydalanishga tayyor holati uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-189-son qarorida:
a) 1-bandning “v” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2023-yil 29-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 13-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023-yil 29-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 13-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim maʼqullansin”;
v) 3 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Toshkent viloyatining Boʻka tumanida quvvati 263 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2024-yil 25-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 26-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq”;
ikkinchi va oltinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan” soʻzlaridan keyin “Oʻzenergosotish” AJ orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 25-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 26-dekabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim maʼqullansin”;
v) 3 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” soʻzlari “Oʻzenergosotish” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilarga:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
“Oʻzenergosotish” AJga Investor tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak va Beruniy tumanlarida quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini hamda 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-son qarorining 3-bandidagi “tizimidagi foydalanilgan elektr energiyasining” soʻzlari “tizimining foydalanishga tayyor holati uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin.