PQ-43-son Qaror · 07.02.2025

Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-43
  • Qabul qilingan sana:07.02.2025
  • Kuchga kirgan sana:10.02.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/43/0120

Buyuk shoir va mutafakkir, xalqparvar davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning bebaho merosi el-yurtimiz maʼnaviy hayoti va dunyo adabiyoti rivojida alohida muhim oʻrin tutadi. Ul zotning muborak siymosi umrini Vatan va xalq saodati uchun baxsh etishni hayot maslagi deb biladigan fidoyi shaxslarni tarbiyalashda barcha davrlar uchun yuksak ideal namunasi boʻlib xizmat qiladi.

Soʻnggi yillarda ulugʻ ajdodimizning hayoti va ijodini oʻrganish va jahon miqyosida keng targʻib qilish boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirildi, jumladan, xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi, shoir asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish va nashr etish ishlari davom ettirilmoqda.

Buyuk gumanist, adolat va ezgulik kuychisi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot homiysi Alisher Navoiyning umumbashariy ahamiyatga ega oʻlmas merosini yanada teran tadqiq etish, xalqimiz va jahon ahlini bu ulkan boylikdan har tomonlama bahramand etish maqsadida:

1. Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Navoiy viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb nomlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi)ning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Alisher Navoiy merosini oʻrganish ishlarini yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini oʻzbek tilida nashr etish choralarini koʻrish;

Navoiy siymosi tasvirlangan, uning shaxsi, ilmiy-maʼrifiy merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazmali axborot vositalarini tayyorlash, mediamahsulotlar va audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchixonalari, oʻzbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, insonparvarlik gʻoyalarini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar hamda davra suhbatlari tashkil etish;

mazkur jarayonda vazirlik va idoralar, ilmiy va ijodiy, maʼrifiy muassasalar oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash;

ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, chora-tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishini tashkil etish, mablagʻlarning taqsimlanishi va sarflanishini nazorat qilish.

4. Alisher Navoiyning benazir ijodiy merosini keng ommalashtirish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini tashkil etsin, bu borada idoralararo hamkorlikni taʼminlasin.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.

5. Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlangani munosabati bilan Navoiy viloyati hokimligi:

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil 8-9-fevral kunlari buyuk bobomiz tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mahalliy va xorijiy olimlar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik ishtirokida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish choralarini koʻrsin;

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bogʻliq holda soʻlim bogʻ va xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etsin;

Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniy meros agentligi bilan birgalikda Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Alisher Navoiyning haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni oʻrnatish hamda memorial muzey tashkil etish choralarini koʻrsin;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yili alohida reja asosida Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlab ijodiy kechalar, tanlovlar, kitoblar nashri va taqdimoti hamda ilmiy-adabiy anjumanlar oʻtkazsin. Ushbu tadbirlarga talabalar, yosh ijodkorlar va iqtidorli oʻquvchilarni jalb qilish, ularni munosib ragʻbatlantirish orqali “Navoiy viloyati tajribasi”ni yoʻlga qoʻysin.

6. Fanlar akademiyasi:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10 — 15-oktabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat maʼnaviy va maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishini taʼminlasin. Bunda xalqaro konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi tomonidan teng ulushlarda qoplanishi belgilab qoʻyilsin;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda “Hazrat Navoiyni anglash — oʻzligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etsin.

7. Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, u yashagan davrning maʼrifiy-adabiy muhiti, shoirning ustoz va zamondoshlari, izdoshlari haqida hikoya qiluvchi asarlarni qayta nashr etib, oliy taʼlim muassasalarida Alisher Navoiy qoʻlyozmalarining koʻrgazmalari hamda asarlarining taqdimotlarini oʻtkazsin.

8. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksionerlik jamiyatining Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan badiiy kinofilmni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Kinematografiya agentligi 2026-yil yakuniga qadar navoiyshunos olimlar, yetuk ssenariychi va rejissyorlar, aktyorlar va soha mutaxassislari ishtirokida ushbu badiiy filmni yaratish, uning tantanali premyerasini tashkil etish choralarini koʻrsin.

9. Tashqi ishlar vazirligi Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida reja asosida Turkiy davlatlar tashkilotining Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotini xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Alisher Navoiy hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon adabiyoti va tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida, shuningdek, korxona, tashkilotlar va mehnat jamoalarida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etsin.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy merosini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

12. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan budjet mablagʻlari, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 7-fevral,

PQ-43-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-43-son qaroriga1-ILOVA

Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi

1.A.N. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi 2.X.M. Sultonov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari 3.R.K. Davletov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi4.O.Q. Abduraxmanov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari5.N.T. Tursunov—Navoiy viloyati hokimi6.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri7.K.A. Sharipov —oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri 8.X.U. Umarova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri 9.A.A. Xadjayev—Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori10.A.Z. Saʼdullayev —Yoshlar ishlari agentligi direktori 11.Sh.T. Rizayev—Kinematografiya agentligi direktori v.b.12.O.A. Hasanov—Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 13.B.G. Abdikarimov—Madaniy meros agentligi direktori 14.A.K. Koʻchimov—Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori15.A.A. Joʻraboyev—Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi16.A. Nuridinov—Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi17.S.S. Saidov —Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 18.Q.S. Sanaqulov—“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi19.Sh.S. Sirojiddinov—Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik20.O.D. Davlatov—Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori, navoiyshunos21.N.M. Mahmudov—Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor22.J.S. Eshonqulov—Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori, professor23.N.A. Jabborov—Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, navoiyshunos24.M. Xoshimxonov—Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, navoiyshunos25.N.J. Xolboʻtayev—Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, Respublika komissiyasi kotibi

Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-43-son qaroriga2-ILOVA

Alisher Navoiyning benazir ijodiy merosini keng ommalashtirish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar

T/rAmaliy chora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiMoliyalashtirish manbalariBajarish uchun masʼul vazirlik va idoralar1.Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy xalqaro simpoziumi hamda adabiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.1. Simpozium tashkil etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.2025-yil fevralIjrochilar mablagʻlari,xalqaro grantlarNavoiy viloyati hokimligi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yozuvchilar uyushmasi2. Simpozium materiallarini tayyorlash.2025-yil fevral3. Xalqaro simpozium hamda adabiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.2025-yil fevral2.Alisher Navoiy asarlarining 100 jildlik ommabop nashrini chop etish.1. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini belgilangan tartibda kiritish.2025-yil mayDavlat budjeti mablagʻlariAlisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Original matn va sodda tildagi izohlar bilan 100 jildlik nashrni tayyorlash.2025 — 2027-yillar3. Nashrning elektron va audio shaklini tayyorlash.2026-2027-yillar3.“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bogʻliq holda soʻlim bogʻ va xiyobonlar, yashil hududlarni tashkil etish.1. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bogʻliq holda soʻlim bogʻ va xiyobonlar, yashil hududlarni tashkil etish loyiha rejasi va smetasini ishlab chiqish.2025-yil aprelIjrochilarning mablagʻlariNavoiy viloyati hokimligi,Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Madaniyat vazirligi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi2. Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanida bogʻlar, xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etish.2025 — 2027-yillar4.Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan badiiy kinofilm ishlab chiqish.1. Kinofilm loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.2025-yil mart“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ mablagʻlariKinematografiya agentligi,“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,Navoiy viloyati hokimligi,Yozuvchilar uyushmasi,Fanlar akademiyasi2. Kinofilm ssenariysini ishlab chiqish.2025-yil noyabr3. Kinofilmning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr4. Kinofilmni ishlab chiqarish va Navoiy shahrida uning taqdimotini oʻtkazish.2027-yil 9-fevral5.Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish.1. Asarlar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil aprelDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,xalqaro grantlarYozuvchilar uyushmasi,Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Tashqi ishlar vazirligi,Navoiy davlat universiteti2. Malakali tarjimonlar guruhini shakllantirish va asarlarni xorijiy tillarga oʻgirish reja-jadvalini ishlab chiqish.2025-yil may3. Tarjimalarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil iyul4. Asarlarni tarjima qilish, nashrdan chiqarish va ularning taqdimotlarini oʻtkazish.2025 — 2027-yillar6.Navoiy asarlari asosida milliy va zamonaviy musiqa asarlarini yaratish.1. Navoiy asarlari asosida “Nazm va navo” maqom kechalarini oʻtkazish hamda uni ommaviy axborot vositalarida keng targʻib etish.2025-yil aprelDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaMadaniyat vazirligi,Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Fanlar akademiyasi2. Navoiy ijodi asosida milliy va zamonaviy musiqa asarlari yaratish.2025-yil sentabr3. Mazkur musiqa asarlari asosida audio albomlar tayyorlash.2025-yil noyabr7.Alisher Navoiy asarlari qahramonlarini aks ettiruvchi animatsion mahsulotlar yaratish.1. Alisher Navoiy asarlari qahramonlari siymosi aks ettirilgan animatsion mahsulotlar loyihasini ishlab chiqish.2025-yil mayDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,homiylik xayriyalariKinematografiya agentligi,Yoshlar ishlari agentligi,Yozuvchilar uyushmasi2. Animatsion mahsulotlarni yaratish xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil iyun3. Animatsion mahsulotlar taqdimotini oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.2025 — 2027-yillar8.Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni oʻrnatish.1. Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalar loyihasini ishlab chiqish.2025-yil aprelDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,mahalliy budjet mablagʻlari,homiylik xayriyalariNavoiy viloyati hokimligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Badiiy akademiya,Fanlar akademiyasi,Yozuvchilar uyushmasi,Madaniy meros agentligi2. Ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil may3. Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni oʻrnatish.2025 — 2030-yillar9.Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Alisher Navoiy memorial muzeyini tashkil etish.1. Alisher Navoiy memorial muzeyi loyihasi va ekspozitsiya konsepsiyasini ishlab chiqish.2025-yil aprelDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,mahalliy budjet mablagʻlari,homiylik xayriyalariNavoiy viloyati hokimligi,Madaniy meros agentligi,Fanlar akademiyasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Yozuvchilar uyushmasi2. Ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil may3. Alisher Navoiy memorial muzeyini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhini shakllantirish va eksponatlar yigʻish, muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025 — 2027-yillar10.Navoiy davlat universiteti huzurida Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.1. Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazining konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.2025-yil aprelNavoiy davlat universiteti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi2. Ushbu konsepsiya asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil may3. Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-2027-yillar11.Alisher Navoiy merosini oʻrganish ishlarini yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish.1. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirish.2025-yildan boshlabIlmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Innovatsion rivojlanish agentligi,Fanlar akademiyasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Yozuvchilar uyushmasi2. Davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.3. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining natijalarini eʼlon qilish.Ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida12.Respublika va xorijda Alisher Navoiy merosini oʻrganish boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.1. Ilmiy ekspeditsiyalar yoʻnalishi va aʼzolari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil martDavlat budjeti mablagʻlari,xalqaro grantlarFanlar akademiyasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Tashqi ishlar vazirligi2. Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan respublika va xorijda ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish rejasini tasdiqlash.2025-yil aprel, kelgusida navbatdagi rejani tasdiqlash zaruratidan kelib chiqib3. Respublika va xorijdagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.4. Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bogʻliq shaharlarga ilmiy ekspeditsiya tashkil qilish.2025-yildan boshlab har yili reja asosida13.Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat maʼnaviy va maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish.1. Xalqaro ilmiy konferensiya dasturini ishlab chiqish.2025-yil mayDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,ijrochilar mablagʻlariFanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Navoiy viloyati hokimligi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,Navoiy davlat universiteti2. Xalqaro ilmiy konferensiya uchun materiallar toʻplash, nashrga tayyorlash va ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish.2025-yil sentabr3. Xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish.2025-yil 10 — 15-oktabr14.Alisher Navoiyning asarlari asosida spektakllar yaratish, respublika teatrlarida hamda chekka hududlarda koʻchma teatr tomoshalarini tashkil etish.1. Alisher Navoiy asarlari asosida spektakllar yaratish.2025-yil dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaMadaniyat vazirligi,Yozuvchilar uyushmasi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2. Alisher Navoiyning asarlari asosida respublika teatrlarida va chekka hududlarda koʻchma teatr tomoshalarini tashkil etish.2026-2027-yillarda reja asosida15.Navoiy asarlari asosida graffiti va mozaikalar yaratish.1. Navoiy shahrida yangi qurilayotgan uylar, korxona va tashkilotlar manzilli roʻyxatini shakllantirish.2025-yil martBuyurtmachi tashkilot mablagʻlari,homiylik xayriyalariNavoiy viloyati hokimligi,Badiiy akademiya,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Yozuvchilar uyushmasi,Fanlar akademiyasi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi2. Alisher Navoiy asarlari asosida graffiti va mozaikalar yaratish ishlarini bajarish uchun ijodkorlar bilan shartnoma imzolash.2025-yil aprel3. Alisher Navoiy asarlaridan olingan iqtiboslar (hikmatli soʻzlar), shuningdek, Navoiy asarlari qahramonlari asosida eskiz loyihalarini yaratish.2025-yil iyun4. Roʻyxat asosida ijodkorlar tomonidan yaratilgan eskiz loyihalarini shahar dizayniga joriy etish.2025 — 2027-yillar16.Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.1. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi faoliyatiga korxona va tashkilotlarning ixtiyoriylik asosida homiyliklarini qoʻllab-quvvatlash.2. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondining Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilishdagi faoliyatiga har jihatdan koʻmaklashish.2025-yil apreldan boshlab muntazam ravishdaHomiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarMadaniyat vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,“Navoiyazot” AJ,Savdo-sanoat palatasi,“Milliy bank” AJ va boshqa korxonalar17.Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan adabiy kechalar, tanlovlar, kitoblar taqdimoti hamda ilmiy-maʼrifiy anjumanlar oʻtkazish boʻyicha “Navoiy viloyati tajribasi”ni yaratish.1. Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan adabiy kechalar, tanlovlar, kitoblar taqdimotlari hamda ilmiy-maʼrifiy anjumanlar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.2025-yil mayIjrochilarning mablagʻlariNavoiy viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Yozuvchilar uyushmasi,Fanlar akademiyasi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi2. Reja-jadval asosida tadbirlar oʻtkazish, ularga navoiyshunos va adiblar, yosh ijodkorlar, ijod maktablarining oʻqituvchi va iqtidorli oʻquvchilarini jalb etish.Alohida reja-jadval asosida18.“Hazrat Navoiyni anglash — oʻzligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovini hamda taʼlim muassasalari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etish.1. “Hazrat Navoiyni anglash — oʻzligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi nizomini ishlab chiqish.2025-yil mayIjrochilarning mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Fanlar akademiyasi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Yoshlar ishlari agentligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi2. Respublika tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.3. Taʼlim muassasalari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab alohida reja asosida

Izoh: Amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.