PQ-81-son Qaror · 28.02.2025

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-81
  • Qabul qilingan sana:28.02.2025
  • Kuchga kirgan sana:01.03.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/81/0198

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarorida belgilangan suv sarfi hisobini tartibga solish, yoʻqotishlar darajasini kamaytirish, mavjud tarmoqlarning raqamli xaritasi (GIS) va aktivlarni boshqarish (Asset Management) tizimini joriy etish hamda sohada “yashil iqtisodiyot” koʻlamini kengaytirish boʻyicha loyihani amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar.

1. Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) ishtirokidagi “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4,8 mingta hisoblagichlarni hamda 2,8 mingta telemetriya tizimlarini oʻrnatish hisobiga ishlab chiqarilgan ichimlik suvining aniq hisobini yuritish;

(b) 12,7 mingta suv inshootlari hamda 80 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarining raqamli xaritasini (GIS) joriy etish orqali infratuzilmani yangilash ishlari samaradorligini oshirish;

(v) suv taʼminotini aqlli boshqarish tizimini joriy etish orqali yoʻqotishlar darajasini kamaytirish;

(g) 5,1 million isteʼmolchini qamrab olgan billing tizimini takomillashtirish, suv taʼminoti korxonalari moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga oʻtish va konsolidatsiyalashgan hisob-kitobini yuritish;

(d) respublika va 14 ta hududiy suv taʼminoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimini joriy etish.

II. Moliyaviy resurslar.

2. Quyidagilar:

(a) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan Loyihaning umumiy qiymati 143,0 million AQSH dollari boʻlgan texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi;

(b) Loyihani amalga oshirish uchun OTB tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yil muddatga 125,0 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;

(v) Loyihada OTBning ulushi 125,0 million AQSH dollarini tashkil etishi;

(g) Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2025 — 2029-yillar) tashkil etishi;

(d) Loyihani amalga oshirish davrida foizlar koʻrinishidagi moliyaviy xarajatlar OTB qarzi hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar tasdiqlansin:

(a) “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq.

III. Imtiyozlar.

4. Loyihada Oʻzbekiston Respublikasining ulushi qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona boji boʻyicha imtiyozlar berish hamda Loyihani boshqarish xarajatlarini qisman qoplash koʻrinishida 18,0 million AQSH dollarini tashkil etishi inobatga olinsin.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.

5. Belgilansinki, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Loyihani oʻz vaqtida sifatli amalga oshirish hamda OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hamda OTB qarzining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida oʻrnatiladigan ichimlik suvi hisoblagichlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish uchun imkoniyatlarni oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Iqtisodiyot va moliya vaziriga:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan Loyiha boʻyicha qarz bitimini imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

(b) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan OTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

8. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ikki oy muddatda Loyiha doirasida koʻzda tutilgan kapital xarajatlarni maqbullashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi va zarurat tugʻilganda unga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha yuridik xulosa bersin.

10. Belgilansinki, Loyihani boshqarish funksiyasi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ huzuridagi mavjud OTB loyihalarini amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklanadi, uning taʼminoti Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobida koʻrsatilgan OTB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobidan amalga oshiriladi.

11. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda elektr energiyasi hisobining avtomatlashtirilgan nazorat tizimi (ASKUE)ni oʻzaro integratsiya qilgan holda “Oʻzsuvtaʼminot” AJda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish tizimida sarflanayotgan elektr energiyasi haqidagi maʼlumotlarning onlayn monitoring qilinishini tashkil etsin.

12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.

13. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan obyektlarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 28-fevral,

PQ-81-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PQ-81-son qaroriga1-ILOVA

“Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining

mln AQSH dollariT/rXarajatlar kategoriyasining nomiOʻlchov birligiJami*Moliyalashtirish manbaiOTBning qarziOʻzbekiston Respublikasining ulushi, shu jumladan:“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlariQoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona boji boʻyicha imtiyozlar1.Loyihaning umumiy qiymati*mln AQSH doll. ekv.143,00125,000,5417,462.Kapital qoʻyilmalar qiymati, jamimln AQSH doll. ekv.125,41125,000,41shu jumladan:2.1.Qurilish-taʼmirlash ishlarimln AQSH doll. ekv.6,466,462.2.Uskunalarmln AQSH doll. ekv.44,2244,222.3.Geoaxborot tizimi, dasturiy taʼminotva litsenziyalarmln AQSH doll. ekv.50,4050,402.4.Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan konsultantlar va xizmatlar**mln AQSH doll. ekv.7,97,490,412.5.Tashqi auditmln AQSH doll. ekv.1,01,02.6.Koʻzda tutilmagan xarajatlarmln AQSH doll. ekv.8,428,422.7.Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ***mln AQSH doll. ekv.7,017,013.Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona boji boʻyicha imtiyozlar berishmln AQSH doll. ekv.17,590,1317,464.Investitsiya davrining davomiyligioy605.Qarz mablagʻlarini qaytarish davriyil256.Imtiyozli davryil5

Izohlar:

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari batafsil ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha tenderlar natijalariga koʻra belgilanadi.

** Loyihani amalga oshirish uchun, jumladan, xaridlar, monitoring, moliya, ekologiya va ijtimoiy masalalar boʻyicha konsultantlar jalb etilishi mumkin.

*** Moliyaviy xarajatlar qarz mablagʻlaridan foydalanish qiymati va davrining oʻzgarishiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PQ-81-son qaroriga2-ILOVA

“Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali

Qarz miqdori125,0 mln AQSH doll.Qarz muddati25 yilImtiyozli davr5 yilFoiz stavkasi*yillik 2 %

ming AQSH doll.YillarOTBning asosiy qarz mablagʻlarini qaytarishFoizlarni toʻlashJami qaytariladigan mablagʻ15.08.2030 yil3 125,01 256,94 381,915.02.2031 yil3 125,01 245,84 370,815.08.2031 yil3 125,01 194,14 319,115.02.2032 yil3 125,01 181,94 306,915.08.2032 yil3 125,01 137,54 262,515.02.2033 yil3 125,01 118,14 243,115.08.2033 yil3 125,01 068,44 193,415.02.2034 yil3 125,01 054,24 179,215.08.2034 yil3 125,01 005,64 130,615.02.2035 yil3 125,0990,34 115,315.08.2035 yil3 125,0942,74 067,715.02.2036 yil3 125,0926,44 051,415.08.2036 yil3 125,0884,74 009,715.02.2037 yil3 125,0862,53 987,515.08.2037 yil3 125,0817,03 942,015.02.2038 yil3 125,0798,63 923,615.08.2038 yil3 125,0754,23 879,215.02.2039 yil3 125,0734,73 859,715.08.2039 yil3 125,0691,33 816,315.02.2040 yil3 125,0670,83 795,815.08.2040 yil3 125,0631,93 756,915.02.2041 yil3 125,0606,93 731,915.08.2041 yil3 125,0565,63 690,615.02.2042 yil3 125,0543,13 668,115.08.2042 yil3 125,0502,83 627,815.02.2043 yil3 125,0479,23 604,215.08.2043 yil3 125,0439,93 564,915.02.2044 yil3 125,0415,33 540,315.08.2044 yil3 125,0379,23 504,215.02.2045 yil3 125,0351,43 476,415.08.2045 yil3 125,0314,23 439,215.02.2046 yil3 125,0287,53 412,515.08.2046 yil3 125,0251,43 376,415.02.2047 yil3 125,0223,63 348,615.08.2047 yil3 125,0188,53 313,515.02.2048 yil3 125,0159,73 284,715.08.2048 yil3 125,094,83 219,815.02.2049 yil3 125,063,93 188,915.08.2049 yil3 125,031,43 156,415.02.2050 yil3 125,03 125,0Jami:125 000,025 866,2150 866,2

Izohlar:

* Toʻlov summalari OTB kreditining amalda yechib olinishiga qarab yangilanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.