Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperatsiya tizimini joriy etish jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2025-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) 2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
(b) 2025-yil yakuniga qadar 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;
(v) istiqbolli bozorlarga 2025-yilda 442 million AQSH dollari, 2026-yilda 575 million AQSH dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taʼminlash;
(g) 2025-yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish boʻyicha 40,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
2. Quyidagilar:
(a) Respublika hududlarida meva, sabzavot, poliz ekinlari, uzum va dukkakli mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda — meva-sabzavot mahsulotlari) qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishda ularning qayta ishlash va saqlash darajasini oshirishning 2025 — 2027-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
(b) Respublika hududlarida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) 2025-yilda ishga tushiriladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(g) 2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga hududlarda oʻrnatiladigan 300 ta kichik hajmli koʻchma muzlatkichlarning prognoz taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
II. Imtiyozlar
3. Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida:
(a) 2028-yil 1-yanvarga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi va oʻzlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi:
(i) har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
(ii) zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda;
(b) 2027-yil 1-aprelga qadar dukkakli mahsulotlarni ekish, yigʻib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qoʻllanadi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq umumiy yer maydoni 5 gektardan kam boʻlmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan oʻzlariga qarashli qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning dala chetlarida ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq jami yer maydonining bir foiziga, lekin 20 sotixdan koʻp boʻlmagan oʻlchamda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan muzlatkichli omborxonalar, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash obyektlarini qurishga ruxsat etiladi. Bunda:
(a) obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari yerdan foydalanuvchilarning buyurtmasi hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xulosasi asosida “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlimlari tomonidan ishlab chiqiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi hamda qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun murojaat qilish huquqini beradi;
(b) obyektlardan foydalanmaslik yoki maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer soligʻi stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida qoʻllanadi.
III. Moliyaviy resurslar
5. Belgilansinki:
(a) 2025-2026-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan yigʻib, saralab, zamonaviy qadoqlab shartnoma asosida realizatsiya qilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga qadoq xarajatlarining 25 foizi, biroq har bir qadoq uchun uch ming soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Davlat budjeti parametrlarida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
(i) qishloq xoʻjaligi kooperativlarining meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻuvchi va tayyorlovchi aʼzolari mahsulotlarni sifatli tayyorlash va eksportga chiqarish boʻyicha “Edukarantin.uz” axborot tizimi orqali oʻqib, sertifikatga ega boʻlishi lozim;
(ii) sertifikatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari va ular aʼzolarining “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha reyting tizimi yuritiladi;
(b) organik maydon tashkil qilib, sertifikatlangan organik mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Organic”, “Global G.A.P.”, “Halal”, “Kosher”, “FSSC”, “ISO 9001”, “ISO 22000” va “ISO 14000” xalqaro sertifikatlarini olish xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Yevropa davlatlaridagi yirik savdo tarmoqlarida Oʻzbekiston mahsulotlari uchun alohida savdo yarmarkalarini tashkil qilish hamda savdo rastalarini ijaraga olish xarajatlarini moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 foiz oldindan toʻlov taʼminlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmoniga muvofiq:
(a) xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 220 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2024-yil 1-martga qadar tijorat banklariga yoʻnaltirilishi;
(b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada oziq-ovqat yoʻnalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib uni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
IV. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga doir tashkiliy masalalar
8. Belgilansinki, hududlarning eksport koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish maqsadida oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarga ichki fitosanitariya sertifikatlarini berishda mahsulot yetishtirilgan hudud majburiy qayd etib boriladi.
9. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi 2025-yil yakuniga qadar 5-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga (pestitsid, mikotoksin, ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiq miqdorlariga) oid amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirsin.
10. Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini samarali tashkil etish, sifatli transport-logistika (avtomobil, temir yoʻl va avia tashuv) xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “E-logistika” platformasida eksportyor va tashuvchi korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash imkoniyatini taʼminlasin. Bunda onlayn platformada quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
(a) yuk tashuvchi (ekspeditor) va eksportyorlar haqida maʼlumotlarni koʻrish hamda ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn aloqa oʻrnatish;
(b) yuklarni tashqi bozorlarga yetkazib berishning samarali yoʻnalishlarini aniqlash va optimal zanjirlarini shakllantirish;
(v) yuk avtotransport vositalarini maʼlum bir muddatga bron qilish hamda ularni real vaqt rejimida kuzatib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(a) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev):
(i) 2025-yil yakuniga qadar 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olishga;
(ii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari bilan birgalikda 2025-yilda mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlatlardagi savdo tarmoqlarida Oʻzbekiston mahsulotlari uchun alohida savdo yarmarkalarini tashkil qilishga;
(iii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish tartibini tasdiqlash uchun Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (J. Xodjayev) kiritishga;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
(i) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq respublika hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishda qayta ishlash va saqlash darajasini oshirishning 2025 — 2027-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlarini taʼminlashga;
(ii) xorijda tashkil qilinadigan savdo yarmarkalarini yetarli mahsulotlar bilan taʼminlashga;
(iii) bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovadagi ayrim turdagi eksportbop mahsulotlar bozorini diversifikatsiyalashning maqsadli koʻrsatkichlari asosida tumanlar kesimida eksport qilishning aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashga;
(v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlariga moʻljallangan qadoqlarni ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirishga;
(g) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):
(i) ikki hafta muddatda mazkur qarorning 3-bandi “b” kichik bandiga muvofiq bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qoʻllaniladigan dukkakli mahsulotlarni ekish, yigʻib olish va saralash uskunalarining TIF TN kodlarini tasdiqlashga;
(ii) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlatlarda savdo yarmarkalarini tashkil qilish bilan bogʻliq, shu jumladan, aviachipta, mahsulot namunalarini yarmarkaga yetkazish (transport-logistika), savdo yarmarka stendlarini qurish va bezash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga;
(d) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga (pestitsid, mikotoksin, ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiq miqdorlariga) oid xalqaro standartlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tadbirkorlik subyektlari orasida keng targʻib qilishga.
12. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.K. Ergashev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-aprel,
PQ-136-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga1-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirishning
T/rHududlar nomiMeva, sabzavot, poliz ekinlari, uzum va dukkakli mahsulotlar yetishtirish hajmi2024-yil amalda2025-yil prognoz2026-yil prognoz2027-yil prognozming tnoʻtgan yilga nisbatan oʻsish, %ming tnoʻtgan yilga nisbatan oʻsish, %ming tnoʻtgan yilga nisbatan oʻsish, %ming tnoʻtgan yilga nisbatan oʻsish, %JAMI:24 096104,225 183104,526 403104,827 684104,91.Qoraqalpogʻiston Respublikasi760105,3782102,8813104,0846104,02.Andijon viloyati3 316103,73 484105,13 682105,73 891105,73.Buxoro viloyati1 971103,02 055104,32 142104,22 232104,24.Jizzax viloyati1 176104,21 203102,31 252104,11 303104,15.Qashqadaryo viloyati1 377106,71 421103,21 484104,41 549104,46.Navoiy viloyati781104,9801102,6826103,2853103,27.Namangan viloyati2 175106,02 226102,42 305103,62 388103,68.Samarqand viloyati3 629102,73 864106,54 065105,24 277105,29.Surxondaryo viloyati2 249104,22 365105,12 476104,72 592104,710.Sirdaryo viloyati833105,6849102,0881103,8915103,811.Toshkent viloyati1 955103,02 095107,22 227106,32 367106,312.Fargʻona viloyati2 642106,22 748104,02 891105,23 041105,213.Xorazm viloyati1 231103,11 290104,71 359105,31 431105,3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga1a-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirishning
T/rHududlar nomiQayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish va yangidan tashkil etish 2024-yil amalda2025-yil prognoz2026-yil prognoz2027-yil prognozming tnyetishtirilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnyetishtirilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnyetishtirilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnyetishtirilgan mahsulotga nisbatan, %JAMI:3 48814,53 84115,34 13015,64 48016,21.Qoraqalpogʻiston Respublikasi354,6415,2435,3485,72.Andijon viloyati33010,036510,538810,542510,93.Buxoro viloyati1809,12009,721510,024110,84.Jizzax viloyati18015,321017,522518,024018,45.Qashqadaryo viloyati1108,01258,81369,215510,06.Navoiy viloyati455,8506,2576,9647,57.Namangan viloyati1858,52059,22289,925310,68.Samarqand viloyati1 16832,21 25032,01 30532,11 39632,69.Surxondaryo viloyati1808,02008,52188,82359,110.Sirdaryo viloyati14517,416018,817019,318019,711.Toshkent viloyati42021,546522,251022,955623,512.Fargʻona viloyati2107,92358,62709,32969,713.Xorazm viloyati504,1705,4805,9866,014.Toshkent shahri250 265 285 305
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga1b-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hajmlarini oshirishning
T/rHududlar nomiMuzlatkichli omborxonalarning quvvatini oshirish va yangidan tashkil etish2024-yil amalda2025-yil prognoz2026-yil prognoz2027-yil prognozming tnishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan, %ming tnishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan, %JAMI:1 3065,41 4135,61 7026,41 9307,01.Qoraqalpogʻiston Respublikasi324,2354,5404,9455,32.Andijon viloyati1404,21504,32035,52255,83.Buxoro viloyati593,0653,21105,11225,54.Jizzax viloyati443,8484,0604,8735,65.Qashqadaryo viloyati906,5986,91107,41157,46.Navoiy viloyati415,2445,5495,9556,57.Namangan viloyati1205,51305,81456,31656,98.Samarqand viloyati1815,01965,12405,92706,39.Surxondaryo viloyati1074,71164,91305,31415,410.Sirdaryo viloyati222,6242,8465,2576,211.Toshkent viloyati1598,11708,11908,52189,212.Fargʻona viloyati2097,92258,22528,72779,113.Xorazm viloyati725,8776,0866,31057,314.Toshkent shahri30 35 40 62
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga2-ILOVA
Respublika hududlarida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari*
T/rHududlar nomiMahsulot nomi**2025-yil prognoz(ming doll.)2026-yil prognoz(ming doll.)Istiqbolli xorijiy bozorlarUMUMIY442 048,5574 663,11.JAMI:6 651,28 646,5Qoraqalpogʻiston Respublikasimosh4 385,75 701,3Xitoy, Pokiston, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyapomidor458,5596,0Arab davlatlari, Yevropa davlatlariqovun478,2621,7Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyasabzi386,8502,8Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Janubiy Koreyatarvuz942,11 224,7Arab davlatlari, Yevropa davlatlari2.JAMI:16 755,721 782,4Andijon viloyatiuzum2 448,83 183,4AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlarikaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)2 340,73 042,9Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreyapomidor1 772,92 304,8Arab davlatlari, Yevropa davlatlarikoʻkatlar503,6654,7Yevropa davlatlari, Arab davlatlariqovun2 295,32 983,8Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyagilos1 107,01 439,0Xitoy, Janubiy Koreya, Arab davlatlari, Singapur, Malayziya, Yevropa davlatlari,oʻrik601,0781,3Yevropa davlatlari, Arab davlatlaripiyoz1 304,41 695,8Arab davlatlari, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, AQSHsarimsoqpiyoz186,9243,0Arab davlatlari, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, AQSHbodring1 030,21 339,3Arab davlatlari, Yevropa davlatlarisabzi2 003,22 604,2Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Janubiy Koreya,tarvuz1 161,71 510,2Arab davlatlari, Yevropa davlatlari3.JAMI:7 600,99 881,2Buxoro viloyatiuzum1 733,62 253,6AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlari, Qatarpomidor3 539,14 600,9Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Qataroʻrik174,4226,7Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Qatarsabzi524,3681,5Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Qatartarvuz420,4546,5Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Qatarmayiz1 209,21 572,0Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa davlatlari, Qatar4.JAMI:19 425,425 253,1Jizzax viloyatiqovun758,7986,3Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyapiyoz1 070,41 391,5Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSHsabzi215,5280,1Yevropa davlatlari, Arab davlatlaritarvuz246,2320,0Arab davlatlari, Yevropa davlatlari,mosh6 796,28 835,1Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyaloviya5 255,66 832,3Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSHnoʻxat283,8368,9Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoykovul4 799,06 238,8Arab davlatlari, Yevropa davlatlari5.JAMI:27 227,235 395,4Qashqadaryo viloyatiuzum9 403,012 223,8Belarus Respublikasi, AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlari, Hindiston, Singapurpomidor1 123,91 461,1Belarus Respublikasi, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Singapurqovun902,81 173,7Belarus Respublikasi, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Singapurpiyoz639,1830,8Belarus Respublikasi, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Hindiston, Singapursabzi380,3494,4Belarus Respublikasi, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Singapurtarvuz283,0367,9Belarus Respublikasi, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Hindiston, Singapurmosh806,51 048,4Belarus Respublikasi, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Singapurloviya13 688,717 795,3Belarus Respublikasi, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Hindiston, Singapur6.JAMI:3 823,64 970,7Navoiy viloyatiuzum226,3294,2AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlari, Hindiston, Malayziyapomidor1 276,61 659,6Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Malayziyapiyoz484,9630,4Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSH, Hindiston, Malayziyamayiz1 835,82 386,5Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa davlatlari, Hindiston, Malayziya7.JAMI:36 192,847 050,7Namangan viloyatiuzum8 399,110 918,8AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlarikaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)1 237,41 608,7Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreyapomidor2 486,23 232,0Arab davlatlari, Yevropa davlatlarikoʻkatlar925,41 203,0Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyaolxoʻri896,21 165,0Xitoy, Yevropa davlatlari, Arab davlatlariqovun433,2563,2Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyagilos1 237,61 608,8Xitoy, Janubiy Koreya, Arab davlatlari, Singapur, Malayziya, Yevropa davlatlarioʻrik635,2825,7Yevropa davlatlari, Arab davlatlari,piyoz2 165,52 815,2Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiyabodring178,6232,2Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiyasabzi202,8263,6Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyatarvuz272,3353,9Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiyamosh10 531,013 690,3Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, AQSHloviya6 047,17 861,2Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Yaponiyaquritilgan olxoʻri545,4709,1Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya8.JAMI:107 020,3139 126,4Samarqand viloyatiuzum14 050,918 266,2AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlari, Hindiston, Turkiyakaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)26 503,034 453,9Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiyapomidor757,2984,3Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Turkiyakoʻkatlar2 178,42 831,9Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Turkiyaqovun802,41 043,1Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiyaoʻrik1 053,71 369,8Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Hindiston, Turkiyapiyoz4 060,05 278,0Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Turkiyabodring168,3218,8Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Turkiyasabzi378,7492,3Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Turkiyatarvuz706,1917,9Arab davlatlari, Yevropa , Yaponiya davlatlari, Hindiston, Turkiyamayiz26 636,334 627,2Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa davlatlari, Hindiston, Turkiyaquritilgan olxoʻri14 089,518 316,4Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiyaquritilgan oʻrik7 992,410 390,1AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Hindiston, Turkiyayeryongʻoq3 747,24 871,3Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Turkiyayongʻoq3 896,35 065,1Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Turkiya9.JAMI:32 106,741 738,8Surxondaryo viloyatiuzum11 334,714 735,1Malayziya, AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlarikaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)4 900,76 370,9Malayziya,Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreyapomidor1 824,02 371,2Malayziya, Arab davlatlari, Yevropa davlatlarikoʻkatlar3 209,54 172,3Malayziya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlariqovun389,6506,5Malayziya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Pokistonpiyoz6 838,08 889,4Malayziya, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSH, Pokistonbodring1 631,52 121,0Malayziya, Arab davlatlari, Yevropa davlatlarisabzi359,5467,3Malayziya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Pokistontarvuz258,1335,5Malayziya, Arab davlatlari, Yevropa davlatlariqovoq389,6506,5Malayziya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlarianor971,51 262,9Malayziya, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Arab davlatlari, Xitoy10.JAMI:10 266,813 346,9Sirdaryo viloyatiqovun1 057,81 375,1Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Yaponiyapiyoz2 648,43 442,9Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiyasabzi421,6548,1Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyatarvuz544,3707,6Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiyanoʻxat940,91 223,2Xitoy, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiyamosh4 653,86 050,0Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya11.JAMI:46 523,460 480,5Toshkent viloyatiuzum22 037,228 648,4Turkiya, Qatar, AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlarikaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)6 903,88 974,9Turkiya, Qatar, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreyapomidor3 597,34 676,5Turkiya, Qatar, Arab davlatlari, Yevropa davlatlaripiyoz4 139,65 381,5Turkiya, Qatar, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSHbodring613,5797,5Turkiya, Qatar, Arab davlatlari, Yevropa davlatlarisabzi976,61 269,6Turkiya, Qatar, Yevropa davlatlari, Arab davlatlariquritilgan olxoʻri3 580,94 655,2Turkiya, Qatar, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoyquritilgan oʻrik896,01 164,8Turkiya, Qatar, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Yevropa davlatlari, Arab davlatlarimayiz3 778,54 912,1Turkiya, Qatar, Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa davlatlari12.JAMI:106 717,3138 732,5Fargʻona viloyatiuzum41 032,353 342,0Singapur, AQSH, Xitoy, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Arab davlatlarikaram (brokkoli, gulkaram, qizil karam)4 253,35 529,2Singapur, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreyapomidor10 691,113 898,5Singapur, Arab davlatlari, Yevropa davlatlarikoʻkatlar1 592,12 069,8Singapur, Yevropa davlatlari, Arab davlatlariqovun1 643,62 136,7Singapur, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyaoʻrik11 255,414 632,0Singapur, Yevropa davlatlari, Arab davlatlaripiyoz5 728,57 447,0Singapur, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, AQSHshaftoli25 930,633 709,8Singapur, Xitoy, Yevropa davlatlari, Arab davlatlaribodring250,2325,2Singapur, Arab davlatlari, Yevropa davlatlarisabzi1 266,21 646,0Singapur, Yevropa davlatlari, Arab davlatlaritarvuz3 074,13 996,3Singapur, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari13.JAMI:10 403,913 525,1Xorazm viloyatipomidor6 918,48 994,0Belarus Respublikasi, Arab davlatlari, Yevropa davlatlariqovun1 028,11 336,5Belarus Respublikasi, Pokiston, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniyasabzi796,11 034,9Belarus Respublikasi, Pokiston, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, Janubiy Koreyatarvuz1 661,32 159,6Belarus Respublikasi, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari14.JAMI:11 333,014 732,9Toshkent shaharmayiz2 445,83 179,5Qatar, Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa davlatlariquritilgan oʻrik1 576,02 048,8Qatar, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil Yevropa davlatlari, Arab davlatlariquritilgan olxoʻri2 246,02 919,8Qatar, Yevropa davlatlari, Arab davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoyyongʻoq2 120,02 756,0Qatar, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Xitoypomidor2 945,23 828,8Qatar, Arab davlatlari, Yevropa davlatlari
* Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimining asoslantirilgan murojaatlariga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
** Yangi uzilgan yoki qayta ishlangan holatda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga3-ILOVA
2025-yilda ishga tushiriladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish loyihalarining
T/rHududlar nomiLoyiha tashabbuskoriBiriktiriladigan tijorat banklariLoyiha qiymati(ming doll.)Loyihani amalga oshirish muddatiMoliyalashtirish manbasiMeva-sabzavotlarni yillik qadoqlash hajmi(tonna)JAMI:40 757,12 069 5001.Qoraqalpogʻiston Respublikasi“Otaxon Reyimov” fermer xoʻjaligi“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB1 1002025-yil avgustJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi — “Oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish” loyihasi45 0002.Qoraqalpogʻiston Respublikasi“Print Darxan” OK“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB7002025-yil avgustJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi — “Oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish” loyihasi36 5003.Andijon viloyati“Bahor shirin savdo” MCHJ“Biznesni rivojlantirish banki” ATB1502025-yil iyulJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi100 0004.Andijon viloyati“MPRINT-PRO” MCHJ“Biznesni rivojlantirish banki” ATB3 0002025-yil iyulJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi200 0005.Buxoro viloyati“Munis Gofra” MCHJ“Mikrokreditbank” ATB1602025-yil iyulJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish”(2-bosqich) loyihasi30 0006.Jizzax viloyati“Zomin Best Food” MCHJ“Agrobank” ATB2 5002025-yil iyulBankning jalb qilingan mablagʻlari80 0007.Jizzax viloyati“Baxmal guliver” MCHJ“Agrobank” ATB1 0002025-yil iyulBankning oʻz mablagʻlari30 0008.Qashqadaryo viloyati“Elite Carton BOX” MCHJAT “Aloqa bank”5002025-yil iyunJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish”(2-bosqich) loyihasi125 0009.Navoiy viloyati“Turon Stable” MCHJ“Turonbank” ATB1452025-yil avgustTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi20 00010.Navoiy viloyati“Loko Print” MCHJ“Mikrokreditbank” ATB602025-yil aprelTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi5 00011.Namangan viloyati“POLIGRAF EXTRA” MCHJ QK“Asakabank” AJ7502025-yil iyulOʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari15 00012.Namangan viloyati“Unversal Box” MCHJ“Oʻzmilliybank” AJ7002025-yil avgustBankning oʻz mablagʻlari10 00013.Samarqand viloyati“Golden Konteyner” MCHJ“Infinbank” ATB1652025-yil iyunTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi5 00014.Samarqand viloyati“Shavkat Bosimov” fermer xoʻjaligi“Agrobank” ATB1572025-yil iyulTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi5 00015.Samarqand viloyati“Ohalik oltin bogʻi mevasi” MCHJ“Oʻzmilliybank” AJ6102025-yil iyunJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi40 00016.Samarqand viloyati“Samarkand Garden Plast” MCHJ“Turonbank” ATB1 8682025-yil iyulJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish”(2-bosqich) loyihasi10 00017.Samarqand viloyati“Nurshodbek Agro” MCHJ“Ipak yoʻli banki” AITB4202025-yil aprelTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi24 00018.Samarqand viloyati“Feruz Karton Product” MCHJ“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB3922025-yil iyulTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi52 00019.Surxondaryo viloyati“Surxon qogʻoz qayta ishlash” MCHJ“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB1 0202025-yil avgustJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi — “Oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish” loyihasi150 00020.Sirdaryo viloyati“Davr-makon-servis” MCHJ“Agrobank” ATB1 0002025-yil iyulBankning jalb qilingan mablagʻlari10 00021.Toshkent viloyati“Packing Industries” MCHJ“Turonbank” ATB2 0002025-yil iyunJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi100 00022.Toshkent viloyati“NUMO SAVDO PLUS” MCHJ“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB4 0002025-yil iyulJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi — “Oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish” loyihasi65 00023.Toshkent viloyati“BATU EXPORT” MCHJAT “Xalq banki”3 7002025-yil iyulBankning oʻz mablagʻlari10 00024.Fargʻona viloyati“Marvelous Print” MCHJ“Biznesni rivojlantirish banki” ATB7502025-yil iyulJahon banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi35 00025.Fargʻona viloyati“Euro print Kokand” MCHJ“Hamkorbank” ATB2 6002025-yil iyulITFC (Islom savdoni rivojlantirish kompaniyasi) mablagʻlari310 00026.Fargʻona viloyati“Sifatli Ideal Quruvchi” MCHJ“Mikrokreditbank” ATB2 2502025-yil iyulJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi10 00027.Fargʻona viloyati“Grand print packing” MCHJ“Oʻzmilliybank” AJ3802025-yil avgustTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi10 00028.Xorazm viloyati“Mamayev Kurgan” MCHJ“Asakabank” AJ3002025-yil iyulJahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi120 00029.Xorazm viloyati“Matbaa Paper” MCHJ QKAT “Aloqa bank”1 4962025-yil iyunJICA ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish”(2-bosqich) loyihasi175 00030.Toshkent shahri“Gofrotaralux” MCHJ“Oʻzmilliybank” AJ1 3842025-yil avgustBankning oʻz mablagʻlari48 00031.Toshkent shahri“Profpack” MCHJ“Oʻzmilliybank” AJ4 0002025-yil iyunBankning oʻz mablagʻlari175 00032.Toshkent shahri“Standard Poligraf Service” MCHJ“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB1 0002025-yil avgustTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi16 00033.Toshkent shahri“Cherry-Pick Production” MCHJ“Infinbank” ATB5002025-yil iyunTadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻi3 000
Izoh. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Karantin agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda zarurat tugʻilganda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga4-ILOVA
2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga hududlarda oʻrnatiladigan 300 ta kichik hajmli koʻchma muzlatkichlarning prognoz
T/rHududlar nomlanishiKichik hajmli koʻchma muzlatkichlar soni,donaJAMI:3001.Qoraqalpogʻiston Respublikasi82.Andijon viloyati503.Buxoro viloyati204.Jizzax viloyati155.Qashqadaryo viloyati156.Navoiy viloyati137.Namangan viloyati378.Samarqand viloyati359.Surxondaryo viloyati3310.Sirdaryo viloyati711.Fargʻona viloyati5512.Xorazm viloyati12
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga5-ILOVA
Alimentarius Kodeksi va xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqiladigan oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
T/rIshlab chiqiladigan SanQvaN nomiAmaldagi SanQvaN nomiMuvofiqlashtirilayotgan xalqaro standart nomi1.“Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalarda pestitsidlarning qoldiq miqdorlari”“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyena normativlari” 0366-19-son SanQvaNAlimentarius Kodeksining qoʻllanmalari va Yevropa Ittifoqining 396/2005-son reglamenti2.“Oziq-ovqat mahsulotlarida ayrim ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalari”“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyena normativlari” 0366-19-son SanQvaNAlimentarius Kodeksining “Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqadagi ifloslantiruvchi moddalar va toksinlar” CXS 193-1995-son umumiy standarti va Yevropa Ittifoqining 2023/915-son reglamenti3.“Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik koʻrsatkichlari”“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyena normativlari” 0366-19-son SanQvaNAlimentarius Kodeksining qoʻllanmasi (CAC/GL 21-1997) va Yevropa Ittifoqining 2073/2005-son reglamenti4.“Oziq-ovqat qoʻshimchalarining gigiyenik normativlari, muomalasi va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar”“Oziq-ovqat qoʻshimchalarini ishlab chiqarish, muomala qilish va tartibga solishga qaratilgan gigiyenik talablar” 0296-15-son SanQvaNAlimentarius Kodeksining Oziq-ovqat qoʻshimchalarga 192-1995-son umumiy standartlari va Yevropa Ittifoqining 1333/2008-son reglamenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-344-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13.Mahalliy korxonalarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishga koʻmaklashish.Xorijiy davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun mahalliy eksportyorlarga koʻmaklashish maqsadida “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi mumkin boʻlgan davlatlar va ularning talablari boʻyicha maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlash.Mablagʻ talab etilmaydiDoimiyOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi(Ergashev)”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarorida:
a) 5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “yer uchastkalari chegaralari kesimida xatlovdan oʻtkazib,” soʻzlaridan keyin “Qishloq xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari izoh qismining oltinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,” soʻzlaridan keyin “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (shu jumladan, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.