“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi salbiy omillarni bartaraf etish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish va bandligiga koʻmaklashish orqali jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
(b) nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
(v) nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga chiqarish va realizatsiya qilishga koʻmaklashish;
(g) nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
(d) 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.
II. Soliq imtiyozlari va moliyaviy koʻmak choralari
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonining 2-bandida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar ishga qabul qilinganda ham qoʻllanadi;
(b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi;
(v) 2025-yil 1-iyuldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda qoʻllanadi.
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
(a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi. Bunda:
(I) subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
(II) jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida koʻrsatishga ruxsat beriladi;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni quyidagi shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi:
(i) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish;
(ii) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlash;
(v) mazkur bandning “b” kichik bandidagi subsidiya bandligi taʼminlangan har bir nogironligi boʻlgan shaxs uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida beriladi.
III. Tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari
4. Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsin:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) yuritiladi. Bunda:
(i) nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi;
(ii) ish beruvchilarga elektron reyestr maʼlumotlari bilan tanishish hamda maqbul kelgan nomzodni ishga qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
(iii) elektron reyestrdagi maʼlumotlar mutasaddi davlat organlarining elektron dasturlari asosida real vaqt rejimida shakllantiriladi;
(iv) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holati monitoring qilib boriladi;
(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi. Bunda tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarini zaxiralash elektron reyestr maʼlumotlari orqali oʻzlari joylashgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) faqatgina quyidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlar haqidagi maʼlumotlar kiritiladi:
(i) xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda 6 oydan kam boʻlmagan muddatda faoliyat olib borayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 25 foizini tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari;
(ii) kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
(b) davlat buyurtmachilari va Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi huquqlar beriladi:
(i) davlat buyurtmachilariga Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portali hamda Elektron kooperatsiya portali orqali oʻz hududida joylashgan Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha bir moliya yilida bazaviy hisoblash miqdorining bir ming besh yuz baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
(ii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat xaridlari elektron tizimlarida talab etiladigan qoʻshimcha zakalat toʻlovini kiritmaslik;
(iii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga har yili oʻtkazib boriladigan “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi doirasida faqatgina mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan tovarlari bilan qatnashishiga va bir davlat buyurtmachisi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch ming baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish. Bunda davlat buyurtmachilari koʻrgazma doirasida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan talablar va muddatlar asosida maxsus axborot portaliga joylashtirishni taʼminlaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
(i) Elektron kooperatsiya portalida Yagona reyestrga kiritilgan subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning davlat xaridi uchun elektron savdo maydonchasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(ii) davlat buyurtmachilariga elektron savdo maydonchasi orqali Yagona reyestrga kiritilgan subyektlardan bir shartnoma boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan tovar (xizmat)larni xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda elektron savdoda 48 soat ichida bir nafar ishtirokchi qatnashgan taqdirda, davlat buyurtmachisiga ishtirokchi bilan elektron ravishda savdolashish orqali yoki davlat xaridlarining boshqa turi asosida xaridni amalga oshirish huquqi beriladi;
(b) nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan hamda ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Inklyuziv ish beruvchi” mukofoti bilan taqdirlanadi;
(v) Agentlik va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili may oyida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
7. Quyidagilar:
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi boʻyicha quyidagilar javobgar hisoblanadi:
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash — nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini muhokama qilib borishga hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasiga davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etishga;
(b) Agentlik — bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning manzilli roʻyxatlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash tadbirlarining ijrosini monitoring qilishga;
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning barqaror bandligi taʼminlanishi va yuqori daromad topishiga koʻmaklashishga;
(g) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga.
9. Mazkur Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-may,
PF-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga2-ILOVA
2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha
T/rHudud nomi2024-yil 1-dekabr holatiga rasmiy ish bilan band qilingan nogironligi boʻlgan shaxslar soni2025-yil yakuniga qadar rasmiy bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar soni2025-yil yakuni bilanoʻsib borish tartibida jami rasmiy band qilinadigan nogironligi boʻlgan shaxslar soniJami117 99780 000197 9971.Qoraqalpogʻiston Respublikasi6 2735 61011 8831.Nukus shahri1 1089232 0312.Amudaryo tumani5085321 0403.Beruniy tumani6565871 2434.Boʻzatov tumani55571125.Kegeyli tumani1962284246.Qonlikoʻl tumani1631743377.Qoraoʻzak tumani1231522758.Qoʻngʻirot tumani3334647979.Moʻynoq tumani797715610.Nukus tumani17216834011.Taxiatosh tumani14922537412.Taxtakoʻpir tumani8212120313.Toʻrtkoʻl tumani1 3826071 98914.Xoʻjayli tumani19934154015.Chimboy tumani20534555016.Shumanay tumani12313325617.Ellikqalʼa tumani7404761 2162.Andijon viloyati7 4686 67414 1421.Andijon shahri1 1371 0402 1772.Xonobod shahri112661783.Andijon tumani5365581 0944.Asaka tumani9446511 5955.Baliqchi tumani4664659316.Buloqboshi tumani3613286897.Boʻston tumani2611544158.Jalaquduq tumani2683686369.Izboskan tumani45749294910.Qoʻrgʻontepa tumani32136668711.Marhamat tumani38640278812.Oltinkoʻl tumani47537785213.Paxtaobod tumani33536870314.Ulugʻnor tumani23711435115.Xoʻjaobod tumani29723653316.Shahrixon tumani8756891 5643.Buxoro viloyati8 3414 98613 3271.Buxoro shahri1 5327032 2352.Kogon shahri2791534323.Buxoro tumani6413399804.Vobkent tumani4063027085.Gʻijduvon tumani9407951 7356.Jondor tumani6004091 0097.Kogon tumani2531694228.Qorakoʻl tumani7694761 2459.Qorovulbozor tumani1183215010.Olot tumani 47029276211.Peshku tumani55832688412.Romitan tumani64733197813.Shofirkon tumani1 1286591 7874.Jizzax viloyati6 4283 0579 4851.Jizzax shahri8885801 4682.Arnasoy tumani255733283.Baxmal tumani5082107184.Gʻallaorol tumani6092788875.Doʻstlik tumani3171454626.Zarbdor tumani3431745177.Zafarobod tumani234963308.Zomin tumani5783098879.Mirzachoʻl tumani40512753210.Paxtakor tumani33421354711.Forish tumani53224878012.Sharof Rashidov tumani1 2425261 76813.Yangiobod tumani183782615.Qashqadaryo viloyati11 3138 64919 9621.Qarshi shahri1 2496801 9292.Shahrisabz shahri3483356833.Gʻuzor tumani1 0486621 7104.Dehqonobod tumani6046341.2385.Kasbi tumani6114651 0766.Kitob tumani6096171 2267.Koson tumani1 4729502 4228.Koʻkdala tumani2133555689.Qamashi tumani9407641 70410.Qarshi tumani1 0267371 76311.Mirishkor tumani52228480612.Muborak tumani54621375913.Nishon tumani41232673814.Chiroqchi tumani5905361 12615.Shahrisabz tumani48651099616.Yakkabogʻ tumani6375811 2186.Navoiy viloyati9 2523 40912 6611.Navoiy shahri1 2135571 7702.Zarafshon shahri3561364923.Gʻozgʻon shahri85291144.Karmana tumani1 5395332 0725.Konimex tumani188862746.Qiziltepa tumani1 7295892 3187.Navbahor tumani1 4473531 8008.Nurota tumani5912688599.Tomdi tumani64269010.Uchquduq tumani1926325511.Xatirchi tumani1 8487692 6177.Namangan viloyati6 9976 95913 9561.Namangan shahri6377601 3972.Davlatobod tumani3202806003.Yangi Namangan tumani2272704974.Kosonsoy tumani5725431 1155.Mingbuloq tumani3023606626.Namangan tumani4364508867.Norin tumani3834558388.Pop tumani7185951 3139.Toʻraqoʻrgʻon tumani6265901 21610.Uychi tumani5795041 08311.Uchqoʻrgʻon tumani43445088412.Chortoq tumani44950295113.Chust tumani7856051 39014.Yangiqoʻrgʻon tumani5295951 1248.Samarqand viloyati9 9228 55018 4721.Samarqand shahri1 3441 0452 3892.Kattaqoʻrgʻon shahri2412154563.Bulungʻur tumani3683597274.Jomboy tumani4173397565.Ishtixon tumani5895271 1166.Kattaqoʻrgʻon tumani8066891 4957.Qoʻshrabot tumani4173347518.Narpay tumani6424861 1289.Nurobod tumani41231272410.Oqdaryo tumani7063441 05011.Payariq tumani1 0676221 68912.Pastdargʻom tumani6488111 45913.Paxtachi tumani47449596914.Samarqand tumani39654494015.Toyloq tumani42239681816.Urgut tumani9731.0322 0059.Surxondaryo viloyati9 8457 16517 0101.Termiz shahri6353891 0242.Angor tumani1 3373561 6933.Bandixon tumani3341514854.Boysun tumani5683849525.Denov tumani7419591 7006.Jarqoʻrgʻon tumani5855021 0877.Qiziriq tumani3572736308.Qumqoʻrgʻon tumani6875371 2249.Muzrabot tumani60934695510.Oltinsoy tumani50946897711.Sariosiyo tumani9608171 77712.Termiz tumani33723657313.Uzun tumani8546861 54014.Sherobod tumani7085341 24215.Shoʻrchi tumani6245271 15110.Sirdaryo viloyati6 4342 7749 2081.Guliston shahri9573371 2942.Shirin shahri125461713.Yangiyer shahri2971464434.Boyovut tumani7453861 1315.Guliston tumani7912651.0566.Mirzaobod tumani5952338287.Oqoltin tumani4081555638.Sayxunobod tumani9143261 2409.Sardoba tumani31815747510.Sirdaryo tumani8614531 31411.Xovos tumani42327069311.Toshkent viloyati10 2715 66715 9381.Nurafshon shahri1931012942.Olmaliq shahri6262288543.Angren shahri8413441 1854.Bekobod shahri3502025525.Ohangaron shahri118771956.Chirchiq shahri5472998467.Yangiyoʻl shahri2721854578.Bekobod tumani3733186919.Boʻka tumani42926669510.Boʻstonliq tumani54234088211.Zangiota tumani60632693212.Qibray tumani7393301 06913.Quyi Chirchiq tumani26720647314.Oqqoʻrgʻon tumani52222074215.Ohangaron tumani40116656716.Parkent tumani62335697917.Piskent tumani46716262918.Toshkent tumani51834886619.Oʻrta Chirchiq tumani45228773920.Chinoz tumani47227574721.Yuqori Chirchiq tumani34324759022.Yangiyoʻl tumani57038495412.Fargʻona viloyati9 7977 76617 5631.Fargʻona shahri8045721 3762.Margʻilon shahri4244678913.Quvasoy shahri2371583954.Qoʻqon shahri5386281 1665.Bagʻdod tumani4394789176.Beshariq tumani5535071 0607.Buvayda tumani 5554409958.Dangʻara tumani6394521 0919.Yozyovon tumani32320853110.Oltiariq tumani48245493611.Qoʻshtepa tumani43835579312.Rishton tumani48842491213.Soʻx tumani41916158014.Toshloq tumani9313651 29615.Uchkoʻprik tumani49441290616.Fargʻona tumani47538986417.Furqat tumani30527958418.Oʻzbekiston tumani6074791 08619.Quva tumani6465381 18413.Xorazm viloyati6 9144 85811 7721.Urganch shahri7915351 3262.Xiva shahri4653297943.Bogʻot tumani4674178844.Gurlan tumani3203917115.Qoʻshkoʻpir tumani5343989326.Tuproqqalʼa tumani2011853867.Urganch tumani7314271 1588.Hazorasp tumani7614091 1709.Xiva tumani61533294710.Xonqa tumani6374001 03711.Shovot tumani49238287412.Yangiariq tumani51132083113.Yangibozor tumani38933372214.Toshkent shahri8 7423 87612 6181.Bektemir tumani191912822.Mirzo Ulugʻbek tumani 1 0713931 4643.Mirobod tumani4871716584.Olmazor tumani1 0995231 6225.Sergeli tumani6343129466.Uchtepa tumani7734091 1827.Chilonzor tumani7643461 1108.Shayxontohur tumani8724221 2949.Yunusobod tumani1 1584491 60710.Yakkasaroy tumani31310241511.Yangihayot tumani40720861512.Yashnobod tumani9734501 423