(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni bilan aholi salomatligini taʼminlash sohasida belgilangan vazifalarni, shuningdek, onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni profilaktika qilish, tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga, ularning hayot sifatini yaxshilashga, kasalliklarni erta aniqlash, kompleks terapiya qilish va xalqaro standartlarga muvofiq uzoq muddatli kuzatuv olib borish imkonini beradigan qulay, yuqori texnologik va innovatsion tibbiy infratuzilmani yaratishga, pediatriya xizmati hamda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan global va milliy strategik tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2025 — 2030-yillarda Oʻzbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
(b) onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning bir yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, besh yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
(v) saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish;
(g) onkogematologik kasalliklarga tashxis qoʻyish muddatlarini 4 kungacha va onkologik kasalliklarga tashxis qoʻyish muddatlarini 14 kungacha qisqartirish;
(d) onkologik va onkogematologik kasalliklarni davolashni 10 kundan 20 kungacha boʻlgan muddatda boshlash;
(e) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida bolalar saratoni belgilarini aniqlash uchun sharoitlar yaratish;
(j) kadrlar salohiyatini oshirish, ustuvor tartibda hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar saratoniga qarshi kurashishning barcha boʻgʻinlarida biznes jarayonlarni raqamlashtirish.
II. Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha milliy dastur
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
2. Xalqaro ekspertlar va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishtirokida 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
3. Ushbu Farmon bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish uchun quyidagilar tasdiqlansin:
(a) 2025 — 2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
(b) 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
4. Belgilansinki, Dastur Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ikki yillik chora-tadbirlar rejalari asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
III. Ustuvor vazifalar
5. Quyidagilar Dasturning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
(a) saraton (onkologik, onkogematologik) kasalliklarga chalingan bolalarning profilaktikasi, diagnostikasi, kasalliklarni erta aniqlash, davolash va parvarishlash tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish:
(i) tibbiyot brigadasi xodimlarining saraton kasalliklariga shubhalarni aniqlash uchun soʻrovnoma, tibbiy koʻrik va birlamchi skrining oʻtkazish boʻyicha malakasini oshirish;
(ii) barcha tuman (shahar)larda saraton va boshqa kasalliklarni erta bosqichlarda tashxislash imkonini beruvchi zarur uskunalar bilan jihozlangan markaziy laboratoriyalar xizmatini rivojlantirish;
(iii) saratonga shubha qilingan bolalarni tezlashtirilgan holda tashxislash va davolash tizimini (“yashil” yoʻlak) joriy etish, bunda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining butun vertikali boʻylab bemorlarni yoʻnaltirish reglamentini tasdiqlash va unga rioya qilishni nazarda tutish;
(iv) tibbiy maʼlumotlarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, tibbiyot xodimlarini oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashga oʻqitish, shuningdek, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan faol foydalanish hisobiga tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish;
(b) quyidagilar hisobiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish va oʻlim holatlarini kamaytirish:
(i) barcha darajalardagi saratonga qarshi kurashish muassasalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini joriy etish, shuningdek, hududlarning mutaxassis kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash hamda ularning malakasini uzluksiz oshirish va tayyorlash tizimini yaratish;
(ii) xalqaro maslahatchilar va hamkorlarning tavsiyalariga muvofiq xalqaro standartlar va davolash protokollarini joriy etish;
(iii) Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), shuningdek, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish infratuzilmasini shakllantirish;
(iv) tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash hamda dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash;
(v) saraton kasalligiga chalingan bolalar va ularning oilalari uchun palliativ yordam va xospis tizimini takomillashtirish hisobiga bemorlarning hayot sifatini yaxshilash;
(g) profilaktik tadbirlarni faollashtirish va aholining bolalar saratoni haqida xabardorligini oshirish.
IV. Dasturni joriy etish loyihasi
(IV boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
6. Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi Dasturni joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) 2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshirish hamda uni kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
(a) tibbiyot brigadasi xodimlarini saraton kasalliklariga birlamchi shubhalarni aniqlash boʻyicha soʻrovnoma va tibbiy koʻrik oʻtkazish hamda birlamchi skrining tartib-qoidalariga oʻqitish orqali tibbiyot xodimlarining onkologik va onkogematologik hushyorligini oshirish;
(b) bemorlarni yoʻnaltirishning kasalliklarni tuman darajasida aniqlash va birlamchi tashxis qoʻyish, hududiy va respublika darajalarida tashxisni tasdiqlash va yuqori texnologik davolash, reabilitatsiya qilish va palliativ yordam koʻrsatish tamoyili boʻyicha ishlaydigan yangi tizimini joriy etish;
(v) kasalliklarni erta aniqlash va tashxis qoʻyish samaradorligini oshirish, shuningdek, bemorning yoʻnaltirilishini nazorat qilish uchun tibbiyot xodimlarining bolalar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
(g) tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(d) bemor bolalarga ambulatoriya va statsionar darajada palliativ yordam koʻrsatishni joriy etish.
V. Loyihani joriy etishning tashkiliy-texnik taʼminoti
7. Quyidagilar tasdiqlansin:
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari uchun qoʻshimcha binolarni qurish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
(b) Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga qarashli tibbiyot muassasalarini va bolalar shifoxonalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
(v) Bolalar shifoxonalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 4a-ilovaga muvofiq.
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida:
(i) onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni roʻyxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yoʻnaltirish jarayonlarini oʻz ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshrutini joriy etsin;
(ii) tibbiyot xodimlarini oʻqitish va foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratish orqali shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar oʻtkazish imkoniyatini yaratsin;
(b) 2025-yil yakuniga qadar Loyihani amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga muvofiq, Vena tibbiyot universiteti (Avstriya) va “AME International” (Avstriya) kompaniyasi vakillaridan iborat konsorsium tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekistonda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatini takomillashtirish boʻyicha master reja (keyingi oʻrinlarda — Master reja) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
(a) Markazda va bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining vertikali boʻylab bolalarni yuqori samarali tashxislash, davolash, reabilitatsiya qilish va palliativ yordam koʻrsatish boʻyicha jahon standartlari, protokollari va tavsiyalarini joriy etish;
(b) bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatini boshqarish vertikalining samaradorligini oshirish, shu jumladan, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, tibbiyot xodimlari uchun xorijiy stajirovkalar va boshqa taʼlimga oid tadbirlarni tashkil etish;
(v) Markaz hududida Master rejada nazarda tutilgan obyektlarni, shu jumladan, simulyatsiya markazi joylashgan aseptik blok, laboratoriya-diagnostika hamda radiologiya bloki va nur terapiyasi boʻlimini, poliklinika va maʼmuriy binoni loyihalashtirish, qurish, yangilash va jihozlash.
10. Markazga, istisno tariqasida, “AME International” kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali kamida 50 foiz miqdorida avans toʻlovlarini amalga oshirish imkoniyati bilan 2025 — 2027-yillar davomida Master rejani boshqarish va amalga oshirish boʻyicha EPC shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
11. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining akademik, ilmiy va kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda mintaqa davlatlari oʻrtasida bolalar onkogematologiyasi boʻyicha tajriba almashish maqsadida yetakchi Yevropa universitetlari klinikalari koʻmagida Markaz huzurida davlat muassasasi shaklida Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab (keyingi oʻrinlarda — Akademik xab) tashkil etilsin.
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Dana-Farber Cancer institute tashkiloti Markazning asosiy hamkori etib belgilansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
12. Belgilansinki, Akademik xab ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
(a) xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy taʼlim tizimi boʻyicha ballar toʻplash standartlariga mos keladigan xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish;
(b) qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish orqali bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmati uchun malakali tibbiy va ilmiy kadrlarni tayyorlash;
(v) bolalarda onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida ilgʻor klinik va amaliy tadqiqotlarni tatbiq qilish va innovatsiyalarni joriy etish;
(g) tibbiyot muassasalarining bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasidagi ilmiy salohiyatni rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni hamda global akademik va tadqiqot tarmoqlariga integratsiyalashuvni rivojlantirish;
(d) yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va tibbiyot markazlari bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligining talablariga muvofiq belgilangan tartibda istiqbolli dori vositalari va davolash metodikalarining klinik sinovlarini oʻtkazish;
(e) strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.
Ushbu bandda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Akademik xabga xalqaro taʼlim tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ekspertlarni Akademik xabning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilish huquqi beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashiga:
(a) Akademik xabning taʼsis hujjatlarini, xarajatlar va daromadlar smetasini hamda tuzilmasini tasdiqlash;
(b) Akademik xabda tahsil olish uchun budjet mablagʻlari hisobidan grant kvotalarini belgilash;
(v) xorijiy tinglovchilar uchun oʻqitish xarajatlari miqdorini belgilash huquqi berilsin.
14. Belgilab qoʻyilsinki, 2028-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha Akademik xab uchun olib kiriladigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
15. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Akademik xab faoliyatini tashkil etish va joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilsin hamda uni moliyalashtirish manbai etib Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari belgilansin.
VI. Moliyaviy taʼminot
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markazning asoslangan hisob-kitoblari asosida 2025-yilda onkologik, onkogematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni dori vositalari bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish doirasida zarur moddiy-texnik bazaning tayyorligi va kadrlar taʼminotidan kelib chiqib, tibbiyot muassasalarining shtat normativlari qayta koʻrib chiqilishini hamda zarur mutaxassislar lavozimlari kiritilishini taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
18. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
(b) hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari uchun qoʻshimcha binolarni qurishni moliyalashtirish 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(v) Tibbiyot muassasalarini jihozlash xalqaro moliya institutlari va “KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) mablagʻlari, Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi benefitsiar boʻlgan xalqaro kelishuvlar doirasida amalga oshiriladi;
(g) Akademik xabni yaratish va jihozlash xalqaro moliya institutlari va texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
19. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Avstriya hukumati va Yevropa Ittifoqi, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari, shu jumladan, Islom taraqqiyot bankining texnik koʻmak va imtiyozli kredit mablagʻlarini Master rejani boshqarish va amalga oshirish loyihasini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, Akademik xabni yaratish va jihozlash loyihasini amalga oshirish uchun jalb qilsin.
VII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
20. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir hafta muddatda Dasturni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirsin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
21. Sogʻliqni saqlash vazirligiga Loyiha amalga oshirilishiga va boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etilishiga qarab Dastur parametrlariga, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish, loyihalarga oʻzgartirish kiritish va tibbiyot muassasalarini jihozlash dasturlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
22. 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, uning asosiy vazifalari etib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Dasturni amalga oshirishga koʻmaklashish belgilansin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
23. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Markaz bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalqaro standartlarga koʻra bolalar onkogematologiyasi boʻlinmalari uchun 30 — 80 oʻringa moʻljallangan binolarning (zarur hollarda, nur diagnostikasi va terapiyasi uchun binolar bilan birga) namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin.
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
(a) bolalar onkogematologiyasi boʻlinmalari bloklari binolarini qurishda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga qatʼiy rioya etilishi, yer uchastkalari ajratilishi va tayyorlanishi, zarur muhandislik kommunikatsiyalari olib borilishini taʼminlasin;
(b) Dastur va uni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli ijro etilishini taʼminlasin.
(24-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
25. Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(25-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
(b) ikki oy muddatda Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini;
(v) 2025-yil yakuniga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda onkologik va gematologik kasalliklarni oʻz ichiga olgan yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar dasturini.
26. Oliy Majlis palatalariga Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy kengashlari majlislarida tegishli davlat organlari rahbarlarining mazkur qarorni amalga oshirish doirasida qilingan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitib borishni tashkil etish tavsiya etilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
28. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari, shuningdek, Dasturning amalga oshirilishi va maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishining borishi keng yoritilishini taʼminlasin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
29. Mazkur qarorning samarali ijrosini tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-may,
PQ-186-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga1-ILOVA
2025-2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga2-ILOVA
2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturini amalga oshirishning
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
T/rMaqsadli koʻrsatkichlarOʻlchov birligi2025202620272028202920301.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning bir yil davomida yashovchanlik darajasiFoiz(bolalarda qayd etilgan saraton holatlarining kuzatuv guruhiga kiritilgan umumiy soniga nisbatan)3440506580902.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning 5 yil davomida yashovchanlik darajasiFoiz(bolalarda qayd etilgan saraton holatlarining kuzatuv guruhiga kiritilgan umumiy soniga nisbatan)1722,5273345603.Erta bosqichlarda aniqlangan holatlar ulushiFoiz(tashxis qoʻyilgan saraton kasalliklarining umumiy soniga nisbatan)2530354555654.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni autologik transplantatsiya bilan qamrab olishNafar2029364449545.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni allogen transplantatsiya bilan qamrab olishNafar246810156.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni molekulyar-genetik tashxis usullari bilan qamrab olishFoiz(tashxis qoʻyilgan saraton kasalliklarining umumiy soniga nisbatan)3045607585907.Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemor (bolalar)larni sitofloumetrik tashxis usullari bilan qamrab olishFoiz(tashxis qoʻyilgan saraton kasalliklarining umumiy soniga nisbatan)858588909295
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari uchun qoʻshimcha binolarni qurish
Izohlar:
Qoʻshimcha binolarni qurish 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilayotgan onkogematologiya boʻlimlari loyihalari xalqaro standartlar talablariga moslashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga4-ILOVA
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga qarashli tibbiyot muassasalarini va bolalar shifoxonalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
T/rTibbiy asbob-uskunalar nomiJAMI2025-yil2026-2027-yillarSamarqand viloyati TTBlarQoraqalpogʻistonRespublikasi TTBlarAndijon viloyati TTBlarBuxoro viloyati TTBlarJizzax viloyati TTBlarQashqadaryo viloyati TTBlarNavoiy viloyati TTBlarNamangan viloyati TTBlarSurxondaryo viloyati TTBlarSirdaryo viloyati TTBlarToshkent viloyati TTBlarFargʻona viloyati TTBlarXorazm viloyati TTBlarAndijon shahar bolalar shifoxonasiShahrisabz tumani bolalar shifoxonasiKitob tumani bolalar shifoxonasiKoson tumani bolalar shifoxonasiNamangan shahar bolalar shifoxonasiSamarqand shahar bolalar shifoxonasiAngren shahar bolalar shifoxonasiBekobod shahar bolalar shifoxonasiFargʻona shahar bolalar shifoxonasiQoʻqon shahar bolalar shifoxonasiMargʻilon shahar bolalar shifoxonasiToshkent shahar 1-sonli bolalar shifoxonasiToshkent shahar 2-sonli bolalar shifoxonasiToshkent shahar 3-sonli bolalar shifoxonasiToshkent shahar 4-sonli bolalar shifoxonasiToshkent shahar 5-sonli bolalar shifoxonasi1.Raqamli rentgen apparati344 7 1632 10 1 2.Exo-KG117312176811188716146 3.EKG205 3 21225 4.EEG42 1 1 5.EFGD22 14 5 57 6.Neonatal jarrohlik asbob-uskunalari toʻplami16 11111111111111117.Laparoskopik ustun15 1111111111111 118.SRAR apparati (yangi tugʻilganlar uchun)25 21110222022222229.Yangi tugʻilganlar uchun inkubator (kyuvez)17 211101111211111110.Bemor monitori96 666666666666666611.Reanimatsion stol (isitish tizimi bilan)34 222222222422222212.Videolaringoskop toʻplami16 111111111111111113.Defibrillyator16 111111111111111114.Portativ kislorod konsentratori34 222222222422222215. Oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi (IVL) apparati (kattalar, bolalar, yangi tugʻilganlar uchun)66 444444444644444416.Bolalar jarrohligi asbob-uskunalari toʻplami32 222222222222222217.LOR jarrohligi endoskopik ustuni15 1111111111111 1118.Mobil rentgen16 111111111111111119.MRT (1,5T va 3,0T)1 1 20.Navigatsion jarrohlik va unga oid boʻlgan zaruriy tibbiy jihozlar259 1616161616161616161916161616161621.Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun reanimatsion, intensiv va shoshilinch yordamga oid tibbiy jihoz, asbob-uskunalar toʻplami738 47474745484545454552454646454545Jami1 5931412249108191214933267898787858686868684103868887848686
Izohlar:
Sogʻliqni saqlash vazirligiga loyiha doirasida taqsimlanmagan mablagʻlarni ehtiyojdan kelib chiqib qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash 2026-2027-yillarda “KfW” banki granti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga4a-ILOVA
Bolalar shifoxonalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
T/rTibbiy asbob-uskunalar nomiOʻlchov birligiJAMI2025-yil2027- 2028-yillarSamarqandVBKTTMRIPIATMToshkent davlat tibbiyot universitetining3-son klinikasiRBKIXIATMQoraqalpogʻistonRespublikasiBKTTMAndijon VBKTTMQashqadaryo VBKTTMBuxoro VBKTTMJizzax VBKTTMNavoiy VBKTTMNamangan VBKTTMSirdaryo VBKTTMSurxondaryo VBKTTMToshkent viloyati VBKTTMFargʻona VBKTTMXorazm VBKTTM1.Neonatal jarrohlik asbob-uskunalari toʻplamidona3323222222222222222.Otoxirurgiya jarrohlik asbob-uskunalari toʻplamidona36341 2333123223223.Rinoxirurgiya jarrohlik asbob-uskunalari toʻplamidona32241 2323122222224.Laparoskopik ustundona3122122222222222225.SRAR apparati (yangi tugʻilganlar uchun)dona10286446888558585866.Yangi tugʻilganlar uchun inkubator (kyuvez)dona9786226888558485867.Bemor monitoridona60480404106080308030253025302030308.Reanimatsion stol (isitish tizimi bilan)dona9658226888558485869.Videolaringoskop toʻplamidona58462244342343644310.Defibrillyatordona56442144442344444411.Portativ kislorod konsentratoridona5644224 444444444412.Oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi (IVL) apparati (kattalar, bolalar, yangi tugʻilganlar uchun)dona195131741649151511171013151517413.Bolalar jarrohligi asbob-uskunalari toʻplamidona48442244442242242214.LOR jarrohligi endoskopik ustunidona16121 11111111111115.Mobil rentgendona1511 111111111111116.MRT (1,5T va 3,0T)dona8 1 1 111 1 1117.MSKT 128 kesimlikdona101 11111 1 11118.Funksional terapiya uchun robot tizimi, bolalarda oyoq-qoʻllarining motorikasi buzilishlarini tiklash uskunasidona1411 11111111111119.Klinik diagnostika, gistologiya, genetik, mikrobiologik avtoanalizator, sekvenser, mikroskop, gazli xromatogrof, skrining audiometridona632361 22222222222220.Turli yoshdagi bolalar uchun perkusionator va vibrauqalash nimchalari toʻplamidona52442 44344333434321.Bosh miya kasalliklarini davolashdagi lazer va nur uskunalari dona50338 33333333333322.Barcha turdagi jarrohlik boʻlimlari uchun zaruriy tibbiy jihoz va asbob-uskunalar toʻplamidona1 547108221 1073810810810710710810710710710710723.Perinatal dializ, plazmaferezdona2501723 227111717171717171717171724.Navigatsion jarrohlik va unga oid boʻlgan zaruriy tibbiy jihozlardona5734353282135434342273141283140343325.Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun reanimatsion, intensiv va shoshilinch yordamga oid tibbiy jihoz, asbob-uskunalar toʻplamidona6 45660050614814851554345354325729045328842844845038626.Kompyuterlardona4403040 1030303030303030303030303027.Kimyoviy preparatlarni eritish uchun yarimavtomat apparat dona131 11111111111128.Oftalmologik jihozlar (Oftalmoskop va tirqishli lampa)dona3 11 1 29.Exo-KGdona81 1111 11130.EFGDSdona21 1 31.Kimyoterapiya kreslosidona8910 1010 85585 1010832.Infuzomatdona11115 1515 8105105 1010833.Chiziqli tezlatkich*dona41 111 34.PET-KT*dona41 111 35.Siklotron*dona41 111 Jami011 164978999217227860839758917542575771566719752767677
Izohlar:
Sogʻliqni saqlash vazirligiga loyiha doirasida taqsimlanmagan mablagʻlarni ehtiyojdan kelib chiqib qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash “KfW” banki krediti, qolgan tibbiy asbob-uskunalar xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
* Chiziqli tezlatkich, PET-KT, siklotron 2027-2028-yillarda xarid qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga5-ILOVA
2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
1.O.Q. Abduraxmanov —Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Ishchi guruh rahbari2.A.A. Xudayarov —sogʻliqni saqlash vaziri3.E.M. Borisova —Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, qoʻmita raisi oʻrinbosari4.L.Sh. Kudratov —investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri5.Sh.X. Shermatov —raqamli texnologiyalar vaziri6.X.U. Umarova —maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri7.K.A. Sharipov —oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri8.A.A. Abduxakimov —ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri9.A.I. Ikramov —sport vaziri10.F.M. Toshpoʻlatov —sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari11.E.I. Basitxanova —sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari12.O.R. Fazilkarimov —iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari13.E.E. Adilov —“Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori14.A.A. Azizov —Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori15.B.K. Yusupaliyev —Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi16.A.A. Abduqayumov —Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori17.U.A. Gʻoziyeva —Sogʻliqni saqlash vazirligi departament boshligʻi18.U.A. Abdugʻaniyev —Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi19.D.Sh. Polatova —Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandda:
a) birinchi xatboshi “injiniring” soʻzidan keyin “(pudratchi)” soʻzi bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu markaz va respublika hududlarida zarur davolash-diagnostika bloklari va korpuslarini loyihalashtirish va qurish orqali bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi sohasida bolalarga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish”;
v) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) oltinchi xatboshidagi “biznes reja” soʻzlari “strategiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda xorijiy tibbiyot klinikalari, injiniring (pudrat) va konsalting kompaniyalari bilan shartnomalar, shu jumladan EPC shartnomalari tuzilishi (ular boʻyicha ish va xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilishi) mumkin”.
2. 5-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar aseptik, laboratoriya diagnostika bloklari va simulyatsiya markazi, radiologiya bloki va nur terapiyasi boʻlimini tashkil etish va jihozlash, Markazni rivojlantirish konsepsiyasini (master rejani), texnik va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq ishlar (xizmatlar)ga haq toʻlash uchun yoʻnaltiriladi;
ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan shartnomalar, shu jumladan, EPC-shartnomalari, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi”.
3. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Tajriba-sinov loyihasi doirasida Markaz va u bilan shartnomalar tuzgan xorijiy klinikalar, injiniring (pudratchi) va konsalting kompaniyalariga, istisno tariqasida, uch yil muddatga quyidagi huquqlar berilsin”.
4. 11-bandda:
a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisida “boʻlgan” soʻzidan keyin “(ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) “v” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” soʻzlari “2026-yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 12-bandning “a” kichik bandida:
a) ikkinchi xatboshidan “Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshidagi “kraudfanding” soʻzi “fandrayzing” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. 14-bandning uchinchi xatboshisidagi “hamda” soʻzi “, 2027-yildan esa ularni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashi
1.O.Q. Abduraxmanov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi 2.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri3.B.J. Aʼloyev—tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari4.O.R. Fazilkarimov—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari5.Sh.X. Gulamov —investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari6.N.U. Muxammadiyev—adliya vaziri oʻrinbosari7.D.K. Adilov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari8.A.A. Abduqayumov—Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori9.T.U. Aripova—Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori10.D.A. Agzamxodjayeva—Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi kotibi
Izoh: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kuzatuv kengashiga aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan mazkur tarkibga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi”.
8. 4-ilovaning 12-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.