PQ-209-son Qaror · 01.07.2025

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-209
  • Qabul qilingan sana:01.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:01.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/209/0559

Arxitektura va qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan va amaliyotning oʻzaro uygʻunligini barqaror taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy qurilishning yangi yoʻnalishlari uchun ilmiy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) dual taʼlim shaklini toʻliq joriy qilish orqali taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash;

(b) 2029-yilda dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (THE) tashkilotlari reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 1000 talik roʻyxatdagi oliy taʼlim tashkilotlari qatoriga kirish;

(v) oʻquv va boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

(g) ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028-yil yakuniga qadar Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish;

(d) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar taʼlim jarayonlarini tashkil etish, laboratoriyalarni jihozlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun kamida 10 million dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilish.

II. Universitetda taʼlim berish jarayonlarini takomillashtirish.

2. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etilsin.

Belgilansinki, dual taʼlim dasturi kredit-modul tamoyili asosida bakalavriat bosqichining:

(a) birinchi kurs talabalari uchun — taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

(b) ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun — taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida oʻtkaziladi.

3. Universitetga qurilish sanoati korxonalarida kafedralar filiallarini tashkil etish va taʼlim dasturlarining nazariy qismini ishlab chiqarish jarayoni orqali oʻqitishga ruxsat etilsin. Bunda:

(a) talabalarga dars berish uchun amaliyotda faoliyat yuritayotgan tegishli yoʻnalishlardagi tajribali mutaxassislar Universitet kafedralari va ularning filiallariga jalb qilinadi;

(b) tegishli qurilish sanoati korxonalari faoliyatidagi dolzarb masalalarga oid talabalarning kurs loyihalari, bitiruv malakaviy ishlari va diplom loyihalari, magistrant va doktorantlarning dissertatsiyalari ushbu tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinadi;

(v) Universitet kafedralarining professor-oʻqituvchilari oʻquv reja va dasturlarini qurilish sanoati korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda doimiy takomillashtirib boradi.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytinglarida arxitektura, qurilish va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha har oyda kamida 30 nafar talaba (izlanuvchi) yoki oʻquvchi amaliyot oʻtashi boʻyicha koʻrsatkich kiritiladi hamda buning uchun tashkilotlarga qoʻshimcha 0,5 ball beriladi;

(b) amaliyot oʻtayotgan talaba, oʻquvchi va izlanuvchilar maʼlumotlari tegishli taʼlim tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” va “HEMIS” axborot tizimlarining integratsiyasi doirasida yetkaziladi.

5. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili rejalashtirilishi jarayonida tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizini xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan oʻtkazish nazarda tutilishi belgilansin.

6. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida “maktab — texnikum (litsey) — universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin. Belgilansinki, tajriba-sinov amaliyoti doirasida:

(a) Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

(i) har oyda bir marotaba 7 — 9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida geometriya, chizmachilik, fizika fanlarining arxitektura, dizayn, muhandislik va sunʼiy intellektga oid mavzularini Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi va shu orqali ularni tegishli texnikumlarga tayyorlash choralari koʻriladi;

(ii) oʻquvchilarning Universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini taʼminlaydi;

(b) Universitet huzuridagi akademik litsey va texnikumlar oʻquvchilari Universitet kafedralariga biriktirilib:

(i) ular uchun har oyda kamida bir marotaba Universitet laboratoriyalarida amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

(ii) Universitetga kirish imtihonlari fanlari boʻyicha qoʻshimcha onlayn mashgʻulotlar tashkil etiladi.

III. Universitet faoliyatini raqamlashtirish

7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning oʻquv va boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, birinchi bosqichda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

(a) Universitetda taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish doirasida:

(i) sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali oʻquv jarayonlari va amaliy mashgʻulotlar tahlili olib boriladi, aniqlangan koʻrsatkichlar asosida dars jarayonlari sifatini oshirish choralari koʻriladi;

(ii) talabalar va magistrantlar ishtirokida taʼlim dasturlari sifati va ularni oʻqitish uslubi boʻyicha onlayn soʻrovnomalar oʻtkazilib, takliflar asosida doimiy takomillashtirib boriladi;

(iii) talabalar va magistrantlarning taʼlim jarayonlarida ishtirok etishini onlayn kuzatish va qayd qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

(iv) kafedralar, fakultetlar va laboratoriyalar uchun belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish tahlili yuritiladi va ular shu asosda avtomatik baholanadi;

(b) Universitetda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish doirasida:

(i) qogʻoz shaklidagi hujjatlar almashinuvi toʻliq bekor qilinib, elektron shaklda amalga oshiriladi;

(ii) Universitet balansida mavjud barcha mol-mulkning yagona onlayn-elektron roʻyxati yuritiladi;

(iii) xodimlar va professor-oʻqituvchilar belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishishi tahlili hamda ular asosida ish haqi tayinlanishi inson omilisiz amalga oshiriladi;

(iv) sarflanayotgan mablagʻlar tegishli yil uchun tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiqligi hamda xarajatlar dinamikasi elektron nazorat qilinadi.

IV. Ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga integratsiya qilish

8. Qurilish sohasida yangi ilmiy ishlanma va innovatsiyalarni sinovdan oʻtkazib, amaliyotga kiritishning mutlaqo yangi tartibini joriy qilish maqsadida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab “Universitet — laboratoriya — korxona — vazirlik” ekotizimi (keyingi oʻrinlarda — Ekotizim) joriy etilsin. Ekotizim doirasida har yili:

(a) Universitet:

(i) hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha buyurtmalar qabul qilinishini;

(ii) talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovini eʼlon qilib, saralab olinishini;

(iii) gʻolib loyihalar boʻyicha laboratoriyalarda tadqiqotlar oʻtkazilishini, uning natijalari Universitet Ilmiy-texnik kengashida muhokamadan oʻtkazilib, buyurtmachi qurilish sanoati korxonalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;

(b) Universitet va Savdo-sanoat palatasi ilmiy tadqiqot natijalari gʻoya mualliflari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida qurilish sanoati korxonalari va obyektlarida sinab koʻrilishini taʼminlaydi;

(v) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan ilmiy tadqiqot natijalari boʻyicha qurilish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;

(g) Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini Savdo-sanoat palatasi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.

9. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

(a) davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻmagida muvofiqlashtirib boriladi;

(b) hamkorlik va buyurtmalar doirasida kelib tushayotgan loyihalar Universitet tomonidan laboratoriyalar oʻrtasida ularning ilmiy salohiyati va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, taqsimlanadi.

10. Universitet tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida Universitet rektori rahbarligida faoliyat yurituvchi Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) “Aqlli va xavfsiz shahar” modelini yaratish;

(b) jamoat parklari va koʻchalarning dizayn kodlarini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

(v) qurilish maydonlarini tartibga solish, aholi uchun noqulayliklar yaratuvchi salbiy omillarni bartaraf etish yechimlarini ishlab chiqish;

(g) aholi orasida qurilish madaniyatini shakllantirish, yakka tartibdagi uy-joylarni tartibli qurish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni targʻib qilish;

(d) yangi qurilayotgan binolar maydonlarini oʻlchash va xonalarini loyihalashning ilgʻor metodikalarini ishlab chiqish;

(e) qurilish jarayonlari davomiyligini sifatni taʼminlagan holda qisqartirish boʻyicha ilmiy yechimlarni tayyorlash;

(j) jamoat binolari va koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish;

(z) madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va restavratsiya qilish rejalarini ishlab chiqish;

(i) hududlardagi quruvchilar va muhandis-konstruktorlar uchun onlayn konsultatsiyalar hamda malaka oshirish kurslarini oʻtkazish.

Belgilansinki, Markaz oʻz faoliyatini tuman va shaharlar hokimliklari bilan, shu jumladan, xoʻjalik shartnomalari asosida bevosita hamkorlikda olib borib, har chorakda yangi loyihalarni taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markaz faoliyatini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tashkil etishda Universitetga amaliy yordam koʻrsatib borsin.

11. Universitetning Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish doirasida quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) professor-oʻqituvchilar va izlanuvchilarni tuman (shaharlar)ga biriktirish hamda reja-grafikka asosan tegishli hududlarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

(b) oʻrganishlar yakuniga koʻra, mahalliy hokimliklar bilan hududlarda binolar, jamoat parklari va koʻchalarning milliy arxitektura qiyofasini yaratish boʻyicha modellarni ishlab chiqish;

(v) professor-oʻqituvchilarga oylik ish haqini belgilash doirasida ustamalarga hududlardan jalb qilingan har bir loyiha uchun qoʻshimcha samaradorlik koʻrsatkichini kiritish, izlanuvchilarni moliyaviy ragʻbatlantirish.

V. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

12. Universitet va Germaniya Federativ Respublikasining Bauxaus-Veymar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik doirasida:

(a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda doktorantlarining almashinuv dasturlari boʻyicha Bauxaus universitetida tahsil olishiga;

(b) almashinuv dasturi boʻyicha talabalar hamda doktorantlar safar xarajatlarini Universitetga ajratilayotgan xorijiy grant mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat etilsin.

13. Universitet professor-oʻqituvchilarining sifatli malaka oshirishini tashkil etish maqsadida:

(a) har chorakda kamida bir marotaba Germaniya, Yaponiya, Malayziya, Polsha kabi davlatlar olimlari ishtirokida seminarlar;

(b) har akademik yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, AQSH, Rossiya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarga stajirovkalar tashkil etib borilsin.

Belgilansinki, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha grantlar va homiylik mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

VI. Arxitektura va qurilish sohasining yangi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy asoslarni yaratish

14. Universitet huzurida “Yashil” qurilish ilmi va texnologiyalarini joriy qilish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) energotejamkor, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ekologik qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish;

(b) “yashil” standartlarni mintaqaning iqlim va ekologik sharoitlariga moslashtirish ilmini yaratish;

(v) “yashil” qurilish texnologiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish loyihalarini ishlab chiqish;

(g) “yashil” qurilish yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

(d) shaharlar va massivlarni yashillashtirish modellarini yaratish.

15. Belgilansinki:

(a) Kengash tarkibi Universitet rektori tomonidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professorlari, xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar va boshqa olimlardan shakllantiriladi;

(b) har chorakda mazkur yoʻnalishda yangi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi;

(v) Kengash takliflari qurilish, ekologiya va energetika sohalariga masʼul davlat organlari tomonidan konsilium shaklida koʻrib chiqiladi hamda ularni amalga oshirish yuzasidan har yili qoʻshma harakatlar rejasi tasdiqlanadi.

16. Arxitektura va qurilish sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimlarini amaliyotga joriy qilish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) har chorakda Universitet professor-oʻqituvchilari va izlanuvchilarining qurilish sanoati korxonalari vakillari bilan ochiq muloqoti tashkil etiladi;

(b) ochiq muloqot jarayonida qurilish sohasidagi muammolar va yangi yoʻnalishlar muhokama qilinadi, natijasi boʻyicha yangi ilmiy yechimlarni joriy qilish yuzasidan Universitet va ishlab chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida xoʻjalik shartnomalarini tuzish imkoniyati yaratiladi;

(v) har yarim yilda:

(i) davlat buyurtmasi asosida respublika miqyosida qurilishi rejalashtirilgan xavflilik omili III-IV toifa boʻlgan obyektlar loyihalari Universitet huzuridagi Ilmiy-texnik kengashda talaba, magistrant va izlanuvchilar bilan muhokama qilinadi;

(ii) muhokamalarda yangi konstruktiv va seysmik yechimlar ishlab chiqilib, loyihalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi;

(g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar qurilish sohasida yangi konstruktiv yechimlar, normativ hujjatlar va muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun Universitetga mavzular roʻyxatini taqdim etib boradi.

VII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

17. Quyidagilar:

(a) Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga;

(b) Toshkent arxitektura-qurilish universitetini 2030-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B. Toʻlaganov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxobov belgilansin.

20. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 1-iyul,

PQ-209-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga1-ILOVA

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga2-ILOVA

Toshkent arxitektura-qurilish universitetini 2030-yilga qadar rivojlantirishning

T/rUstuvor vazifalarMaqsadli koʻrsatkichlarOʻlchov birligiYillar kesimida:2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashIlmiy salohiyat (asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)foizda62656768702.Fan doktorlarining (DSc) himoya koʻrsatkichinafar88810103.Falsafa doktorlarining (PhD) himoya koʻrsatkichinafar40404045508.Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirishDarsliklar soni (nashr guvohnomalari)dona50525557609.Oʻquv qoʻllanmalar soni (nashr guvohnomalari)dona757779808510.Monografiyalar sonidona808284869011.Patentlar sonidona101112131512.“Scopus”, “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar sonidona10011012013015013.Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar sonidona40042044046050014.“Scopus”, “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni (jami maqolalar soniga nisbatan)koeffitsiyent1,11,21,31,41,515.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar sonidona222427303516.Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar hajmiXorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va fondlardan olingan mablagʻlarmlrd soʻm22,534517.Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlarmlrd soʻm3,23,544,34,518.Sohalar buyurtmasi asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlarmlrd soʻm6,26,87,58,08,519.Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirishJahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan professor-oʻqituvchilar soninafar505560657020.Universitetga rivojlangan davlatlarning arxitektura va qurilish sohasida ilgʻor tajribaga ega rivojlangan davlatlar professor-oʻqituvchilari tashrifini tashkil etishnafar556065758021.Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soninafar354045505522.Universitet professor-oʻqituvchilari xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari sonidona505560657023.Universitet talabalarining amaliyotlarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bazasida tashkil etishnafar404244464824.Xorijiy oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyotini Universitet bazasida tashkil etishnafar5052545660

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. 7-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kuzatuv kengashiningTARKIBI

1.O.Q. Abduraxmanov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi2.Q.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari3.Sh.S. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari4.D.A. Vaxobov—Savdo-sanoat palatasi raisi5.Sh.A. Ayupov—Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti6.S.Z. Mirzayev—Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti7.F.J. Poʻlatov—Kadastr agentligi direktori8.B.A. Toʻlaganov—Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori9.V.A. Ismoilov—Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori10.Y.D. Magrupov—“OʻZGASHKLITI” Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti bosh direktori (kelishuv asosida)11.Lavozimi boʻyicha—“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi12B.X. Elmurodov—“OʻzshaharsozlikLITI” DUK bosh direktori13.R.S. Sharipov—“ToshkentboshplanLITI” DUK bosh direktori oʻrinbosari14.A.A. Sanginov—“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi15.I.I. Isroilov—“Discover invest” MCHJ taʼsischisi (kelishuv asosida)16.A.A. Akbarjonov—“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi17.Lavozimi boʻyicha—“Golden House Development” MJCH direktori (kelishuv asosida)18.B.A. Askarov—Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori19.X.X. Xomidov—Buyuk Britaniyaning “IQF — Integrated Qualifications Framework” instituti “International Partnerships” yoʻnalishi boʻyicha direktori (kelishuv asosida)20.Lavozimi boʻyicha—Toshkent arxitektura-qurilish universiteti birinchi prorektori, Kuzatuv kengashi kotibi

Izoh: Universitetning Kuzatuv kengashi tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.