PF-113-son Farmon · 14.07.2025

Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-113
  • Qabul qilingan sana:14.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:17.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/113/0625

Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini taʼminlash jarayonida keng aholi qatlamining ishtirokini va ularning turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarini ragʻbatlantirish va innovatsion faolligini yanada oshirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar aholining istiqbolli tashabbuslarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning (keyingi oʻrinlarda — keng aholi qatlami) ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;

(b) mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilish;

(v) istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;

(g) zamonaviy, ilgʻor gʻoyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.

II. “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish

2. 2025-yildan boshlab har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini (keyingi oʻrinlarda — Forum) oʻtkazib borish amaliyoti joriy qilinsin.

3. Belgilansinki:

(a) Forum “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish jarayonida keng aholi qatlamining istiqbolli tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga hamda ularning faolligini ragʻbatlantirish va keng targʻib qilishga qaratilgan;

(b) Forum oʻtkaziladigan ustuvor yoʻnalishlar har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan belgilab beriladi;

(v) Forumga umumiy tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita, istiqbolli tashabbuslarni baholash Mentorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;

(g) Strategik islohotlar agentligi Forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformaga joylashtirish va eʼlon qilib borishga hamda Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi;

(d) Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi;

(e) Forumni oʻtkazish joyini tegishli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar) bilan taʼminlash “Interforum” DUK tomonidan amalga oshiriladi;

(j) Forumning endaument fondi ixtiyoriy mablagʻlar asosida shakllantiriladigan fond sifatida tashkil etiladi;

(z) Forumda maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi masʼul hisoblanadi.

III. Tashkiliy chora-tadbirlar

4. Quyidagilar:

(a) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

(b) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

(v) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;

(g) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini 2025-yilda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilansinki:

(a) Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar top-50 va top-10 talik tartibida saralanadi;

(b) Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi;

(v) Forumning yalpi majlisini oʻtkazish yakunlari boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi;

(g) chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish uchun kredit va grantlar ajratilishi, soliq, bojxona va boshqa ragʻbatlantirish choralari qoʻllanishi mumkin;

(d) Forum doirasida kelib tushgan boshqa tashabbuslar Vazirlar Mahkamasiga davlat dasturlarini, tegishli soha, tarmoq yoki hududlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni shakllantirish maqsadida yuboriladi hamda Hukumat tomonidan ularni amalga oshirish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.

6. Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (S. Annaklichev) va “Interforum” DUK (B. Zufarov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketa toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa maʼlumotlar olish imkoniyatini beruvchi kraud platformasi yaratilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.

7. Tashkiliy qoʻmita (B. Raxmatov):

(a) 2025-yilda oʻtkaziladigan Forumning ustuvor yoʻnalishlarini belgilasin;

(b) ikki oy muddatda Forumni 2025-yilda oʻtkazishning aniq sanasi va joyi haqida taklif kiritsin;

(v) Forumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini, shuningdek, masʼul ijrochilar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Forumni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Strategik islohotlar agentligi direktori B.B. Raxmatov belgilansin.

10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 14-iyul,

PF-113-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga1-ILOVA

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

1.B.B. Raxmatov —Strategik islohotlar agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi2.K.A. Sharipov —oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri3.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri4.B.E. Zaxidov —kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri5.A.D. Tashkulov —adliya vaziri6.I.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari7.J.Sh. Salixov—Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori8.G.S. Ismailova—“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori9.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori10.S.S. Annaklichev —“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi11.B.A. Zufarov —“Interforum” DUK direktori12.D.A. Vaxabov —Savdo-sanoat palatasi raisi13.K.K. Mirzaliyeva—Kichik biznes uyushmasi raisi14.O.B. Sattarov—“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi

Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga2-ILOVA

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashi

1.S.S. Annaklichev —“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi, Mentorlar kengashi raisi2.A.M. Abdukadirov—Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Mentorlar kengashi hamraisi3.U.K. Abidxadjayev—Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori4.X.S. Asadov—Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari5.E.S. Tulyakov —“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori6.B.M. Bekmurodov —“Yuksalish” harakati raisi7.M.F. Aslanov—Progressiv islohotlar markazi direktori8.N.U. Muxammadiyev—adliya vaziri oʻrinbosari9.Lavozimi boʻyicha—tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari10.A.F. Umarova —Strategik islohotlar agentligi huzuridagi loyiha ofisi koordinatori

Izoh: Mentorlar kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga3-ILOVA

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini (keyingi oʻrinlarda — Forum) oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, tahlil qilish va koʻrib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Forum mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini taʼminlash jarayonida fuqarolar, yoshlar va vatandoshlarning turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni tanlab olish va amaliyotga tatbiq etish va qoʻllab-quvvatlash, ularning faolligini ragʻbatlantirish va keng targʻib qilishga qaratilgan.

3. Forumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning (keyingi oʻrinlarda — keng aholi qatlami) ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;

mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilish;

istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;

zamonaviy, ilgʻor gʻoyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.

4. Forumda muhokama qilinadigan masalalar keng aholi qatlami tomonidan bildirilgan istiqbolli tashabbuslar orasidan saralab olinadi.

5. Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

6. Forumni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish mazkur Nizom ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Forumga tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish va saralash, tashkiliy ishlarni amalga oshirish

7. “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) har yil yakuniga qadar keyingi yil uchun “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini (keyingi oʻrinlarda — Reja) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Rejada Forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha har bir amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari hamda Forumning ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi.

8. Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketa toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa maʼlumotlar olish Agentlik hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Interforum” DUK bilan birgalikda yaratiladigan va ishga tushiriladigan kraud platforma orqali taʼminlanadi.

9. Agentlik Forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarni yigʻish hamda ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformaga joylashtirish va eʼlon qilib borishga masʼul hisoblanadi, shu jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Forumni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqadi.

10. Agentlik har yili 1-maydan boshlab Forum oʻtkazilishi, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish (ularni taqdim etish tartibini koʻrsatgan holda) muddatlari va qoidalari toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berib boradi.

11. Istiqbolli tashabbuslar Agentlik tomonidan yuritiladigan kraud platforma orqali har yili 1-maydan 1-iyulga qadar qabul qilinadi.

12. Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:

dolzarblik — istiqbolli tashabbus jamiyat, soha yoki tarmoqdagi mavjud muammolarni hal qilishi va davr talablari bilan bogʻliq boʻlishi kerak;

oʻziga xoslik — gʻoya innovatsion, oʻziga xos va mavjud yondashuvlardan farqli boʻlishi hamda yangi yechim taklif qilishi kerak;

imkoniyatlilik — istiqbolli tashabbusni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun resurslar, vaqt va imkoniyatlar yetarli boʻlishi kerak;

taʼsirchanlik — istiqbolli tashabbusning amalga oshirilishi soha, tarmoq yoki jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kerak.

13. Istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Agentlik tomonidan har yili 1-iyuldan 1-sentabrgacha oʻtkaziladi.

Dastlabki saralash jarayonida Agentlik tomonidan:

kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar dolzarbliligi, oʻziga xosligi, imkoniyatliligi va taʼsirchanligi mezonlari boʻyicha oʻrganib chiqiladi hamda zaruratga koʻra qayta ishlash yoki asoslantirishni kuchaytirish uchun mualliflarga qaytarilishi, shuningdek, ularning ishtirokida takomillashtirilishi;

vazirlik va idoralardan takliflarni asoslantirish uchun zarur boʻladigan statistik va boshqa maʼlumotlar, shuningdek, muayyan istiqbolli tashabbus boʻyicha soha mutaxassislarining yozma xulosasi talab qilib olinishi mumkin.

Kelib tushgan barcha istiqbolli tashabbuslar Forumning ustuvor yoʻnalishlari kesimida umumlashtiriladi.

14. Umumlashtirilgan istiqbolli tashabbuslar har yili 10-sentabrga qadar Agentlik tomonidan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Mentorlar kengashi) taqdim etiladi.

Mentorlar kengashi taqdim etilgan istiqbolli tashabbuslarni har yili 1-oktabrga qadar oʻrganib chiqadi, baholaydi hamda Forumda muhokama qilinishi lozim boʻlgan istiqbolli tashabbuslarni saralab oladi.

15. Mentorlar kengashi Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarni tasdiqlaydi va har yili 10-oktabrga qadar Tashkiliy qoʻmitaga yuboradi.

16. Tashkiliy qoʻmita har yili 15-oktabrga qadar Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarning mualliflariga unda ishtirok etish yuzasidan xabar beradi.

Xabarda Forum oʻtkazish muddatlari va joyi koʻrsatilishi shart.

17. Forum oʻtkaziladigan joyni tegishli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar) bilan taʼminlash va bezash “Interforum” DUK tomonidan Rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

18. Forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, ularni dastlabki saralash hamda yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformani yuritish, Tashkiliy qoʻmita va Mentorlar kengashi ishini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va texnik koʻmaklashish, Forumga oid maʼlumotlar va amalga oshirilgan loyihalar natijalarini muntazam yoritib borish, shuningdek, Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va hisobot tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.

3-bob. Forumni oʻtkazish va uning yakunlari

19. Har yili Forumni oʻtkazish sanasi va joyi Tashkiliy qoʻmita tomonidan aniqlanadi.

20. Forumni oʻtkazish va u bilan bogʻliq barcha tadbirlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.

21. Forum davomida har bir yoʻnalish boʻyicha istiqbolli tashabbuslar alohida bloklarda muhokama qilinadi.

22. Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar top-50 va top-10 tartibida tanlab olinadi.

23. Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.

24. Forumning yalpi majlisini oʻtkazish yakunlari boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

25. Chora-tadbirlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Chora-tadbirlar rejasida maʼqullangan har bir istiqbolli tashabbus uchun erishilishi lozim boʻlgan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari (KPI) aks ettiriladi hamda Mentorlar kengashi aʼzolari orasidan mentorlar biriktiriladi.

Mentorlar istiqbolli tashabbusni amalga oshirish davomida maslahatlar berib boradi, muammolarni aniqlash va ularning yechimida hamda resurslarni jalb qilishda koʻmaklashadi.

Istiqbolli tashabbuslarni oʻrganib chiqish, baholash, saralab olish va ularni amalga oshirish uchun Mentorlar kengashi aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlanishi mumkin.

Mentorlar kengashi aʼzolari natijadorligini baholash va ularga haq toʻlash tartibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi.

26. Chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish uchun kredit va grantlar ajratilishi, soliq, bojxona va boshqa ragʻbatlantirish choralari qoʻllanishi mumkin.

27. Forumda maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi masʼul hisoblanadi.

28. Agentlik Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni kuzatish, baholash, tahlil qilish va zarur hollarda tegishli choralar koʻrish maqsadida masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.

29. Maxsus kraud platformada Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan har bir istiqbolli tashabbus uchun alohida axborot kartasi, foto-video materiallar hamda ijro holati vizual formatda (grafik, infografika) aks ettirib boriladi.

30. Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish jarayonida quyidagilar oʻrganiladi:

istiqbolli tashabbusni amalga oshirish boʻyicha belgilangan natijalarga erishilganligi boʻyicha samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari (KPI);

moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlar toʻliq va maqsadli ishlatilganligi ahvoli;

loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilayotganligi;

istiqbolli tashabbusni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik darajasi;

istiqbolli tashabbusning amalga oshirilganligi aholi turmush darajasi yoki soha (tarmoq)lar rivojiga taʼsiri va uning barqarorligi.

31. Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

masʼul tashkilotlar tomonidan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Agentlikka taqdim etilgan oraliq va yakuniy hisobotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;

istiqbolli tashabbusning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda loyiha joriy etilayotgan obyektlarga borib oʻrganish;

maxsus kraud platforma orqali istiqbolli tashabbuslarning ijrosi, mablagʻlar harakati, muddatlar va natijalarni real vaqtda kuzatib borish (onlayn monitoring);

ijtimoiy soʻrovlar, fikr-mulohazalar va murojaatlar orqali istiqbolli tashabbuslarning taʼsirini baholashga qaratilgan oʻrganish.

32. Agentlik har chorakda va yil yakunida Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish natijalari asosida tahliliy hisobot tayyorlaydi.

Hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

33. Forum doirasida kelib tushgan boshqa tashabbuslar Vazirlar Mahkamasiga davlat dasturlarini, tegishli soha, tarmoq yoki hududlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni shakllantirish maqsadida yuboriladi hamda Hukumat tomonidan ularni amalga oshirish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

“Kelajak uchun” tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomgaILOVA

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish

Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Tashkiliy qoʻmita Forumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarini belgilash Har yil yakuniga qadar 2-bosqich Strategik islohotlar agentligi Forum oʻtkazilishi, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish muddatlari va qoidalari toʻgʻrisida rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berish Har yil 1-maydan boshlab 3-bosqich Ishtirokchilar Istiqbolli tashabbuslarni maxsus kraud platforma orqali yuborish Har yil 1-maydan — 1-iyulga qadar 4-bosqich Strategik islohotlar agentligi 1. Istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, dastlabki saralash va umumlashtirish Har yil 1-sentabrga qadar 2. Umumlashtirilgan istiqbolli tashabbuslarni Mentorlar kengashiga taqdim etish Har yil 10-sentabrga qadar 5-bosqich Mentorlar kengashi Istiqbolli tashabbuslarni oʻrganib chiqish, baholash, mezonlarga muvofiqligini tekshirish hamda saralab olish Har yil 1-oktabrga qadar 6-bosqich Mentorlar kengashi Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarni tasdiqlash va Tashkiliy qoʻmitaga yuborish Har yil 10-oktabrga qadar 7-bosqich Tashkiliy qoʻmita Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarning mualliflariga Forumda ishtirok etish yuzasidan xabar berish Har yil 15-oktabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga4-ILOVA

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini 2025-yilda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

T/rTadbir nomiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga (keyingi oʻrinlarda — Forum) tayyorgarlik koʻrish, tashkiliy masalalarni koʻrib chiqish, tezkorlik bilan kelishish va hal qilish maqsadida shtab tuzish.2025-yil iyulStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,“Interforum” DUK2.Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va tanlab olingan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha masʼul tuzilma (mutaxassis)ni belgilash (jalb etish) hamda ularning asosiy funksiyalarini tasdiqlash.2025-yil iyulStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB3.Forum konsepsiyasini tayyorlash.2025-yil avgustStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,“Interforum” DUK4.Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketani toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa axborot va maʼlumotnomalar haqida maʼlumot olish imkoniyatini beruvchi kraud platforma yaratilishini va ishga tushirilishini taʼminlash.2025-yil avgustStrategik islohotlar agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,“Interforum” DUK5.2025-yilda oʻtkaziladigan Forumda ishtirok etish tartibi va shartlari haqida videorolik tayyorlash va uni aholining turli qatlamlariga yetkazish choralarini koʻrish.2025-yil avgustStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi6.Keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning istiqbolli tashabbus va takliflarini yigʻish, tahlil qilish va koʻrib chiqish hamda ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ularni Forum kraud platformasiga joylashtirish (eʼlon qilish) ishlarini tashkil qilish.2025-yil avgust oyidan boshlabStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB7.Forumni 2025-yilda oʻtkazishning aniq sanasi va joyini belgilash.2025-yil sentabrForumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita8.Nominatsiyalar toifalari, nutqlar, maʼruzalar, taqdimotlarni oʻz ichiga olgan Forum dasturini ishlab chiqish.2025-yil sentabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB9.Forum mavzulari boʻyicha tarqatma materiallar, axborot va boshqa maʼlumotnomalar mazmunini ishlab chiqish.2025-yil sentabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB10.Forumning xorijiy ishtirokchilari tarkibini ishlab chiqish, xususan:a) xorijiy ekspertlar va mutaxassislarning Forumda ishtirok etishi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish uchun diplomatik kanallar orqali soʻrovlar yuborish;b) davlat organlari va tashkilotlariga xorijiy ekspertlar, konsultantlar va mutaxassislarni taklif etish yuzasidan soʻrovlar yuborish;v) xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini, shu jumladan, ular va ular vakillik qiladigan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (CV) shakllantirish.2025-yil sentabrStrategik islohotlar agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar11.Forumning milliy ishtirokchilari, shu jumladan, maʼruzachilar va moderatorlar tarkibini shakllantirish.2025-yil oktabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB12.Forum logotipini (emblemasini) ishlab chiqish va loyihalash.2025-yil oktabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,“Interforum” DUK13.Forumning xorijiy ishtirokchilariga, shu jumladan, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy yuridik firmalar, agentliklar, taʼlim muassasalari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning yuqori martabali mansabdor shaxslariga taklifnomalarni yuborish.2025-yil oktabrStrategik islohotlar agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar14.Tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlariga biriktirgan holda Forum doirasida tashrif buyurgan xorijiy ishtirokchilarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi hamda ularga hamrohlik qilishni nazarda tutuvchi dasturni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.2025-yil oktabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar15.Forum mavzulari boʻyicha axborot, maʼlumotnoma va tarqatma materiallar, shuningdek, bosma materiallar ishlab chiqish.2025-yil oktabrStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Interforum” DUK16.Forum oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash, shu jumladan, Forum oʻtkaziladigan obyektlar, aeroportlar va temir yoʻl stansiyalariga tutash markaziy koʻchalarda eʼlonlar bannerlarini oʻrnatish.Forum dasturiga muvofiqToshkent shahar hokimligi,“Interforum” DUK17.Forumning xorijlik ishtirokchilarini I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti (zarur hollarda boshqa aeroportlarda), temir yoʻl vokzallarida kutib olish ishlarini tashkil etish.Forum dasturiga muvofiq“Uzbekistan Airports” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,masʼul vazirlik va idoralar18.Forum oʻtkaziladigan joyda xorijiy ishtirokchilarning boʻlishi va xavfsizligini taʼminlash.Forum dasturiga muvofiqIchki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi19.Forum oʻtkaziladigan joyni bezash, shuningdek, belgilangan tartibda ovozni kuchaytirish va sinxron tarjima qilish uchun zarur jihozlar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar, tezkor axborot almashish uchun internetga simsiz ulanish (wi-fi) bilan taʼminlash.Forum dasturiga muvofiq“Interforum” DUK,Raqamli texnologiyalar vazirligi20.Forum doirasida tasdiqlangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish.Forum dasturiga muvofiqStrategik islohotlar agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Biznesni rivojlantirish banki” ATB21.Forum doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning (ochilish va yopilish marosimlari, yalpi va panel sessiyalari, taqdimotlar va boshqalar) sinxron tarjimasini tashkil etish.Forum dasturiga muvofiq“Interforum” DUK,Strategik islohotlar agentligi22.Forumning xorijiy ishtirokchilarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hududlarida joylashgan madaniy-tarixiy obidalarga yuqori darajadagi tashriflarini ishlab chiqish va tashkil etish.Forum dasturiga muvofiqTurizm qoʻmitasi,Madaniy meros agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari23.Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va yakunlariga doir materiallarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqalarda keng yoritilishini taʼminlash.Forum dasturiga muvofiqOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,“Dunyo” axborot agentligi,Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi24.Forumni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida volontyorlarni jalb qilish.Forum dasturiga muvofiqYoshlar ishlari agentligi,Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.