PF-109-son Farmon · 07.07.2025

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-109
  • Qabul qilingan sana:07.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:08.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/109/0586

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibni joriy etish, sohaga xalqaro tajribalarni keng tatbiq etish orqali eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizimni (keyingi oʻrinlarda — yangi tizim) joriy etish;

(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilash.

2. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tizim doirasida:

(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

(i) birinchi bosqichda — Markaz xodimlari tuman aprobatsiya komissiyalari tarkibida urugʻlik ekin maydonlarida oʻtkaziladigan aprobatsiya jarayonida qatnashadi va oʻsimlikning morfologik belgilariga asosan urugʻliklarning navdorligini baholashdan (nizoli hollarda laboratoriya genetik (nav) sinovi) oʻtkazadi, navdorlik guvohnomasini rasmiylashtiradi va axborot tizimiga joylashtiradi;

(ii) ikkinchi bosqichda — Markaz tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklari akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda sinovdan oʻtkaziladi va natijalari boʻyicha urugʻliklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui asosida ekinboplik xulosasi beriladi;

(b) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklariga raqamli QR kodli yorliq urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida Markaz tomonidan uch ish kuni davomida beriladi. Bunda Markaz tomonidan quyidagilar oʻrganiladi:

(i) mahalliy yetishtirilgan urugʻliklarga raqamli QR kodli yorliqni berishda navdorlik guvohnomasi va urugʻlik qabul qilinganligi boʻyicha yuk xati;

(ii) import qilinadigan urugʻliklarga raqamli QR kodli yorliqni berishda fitosanitar sertifikat, karantin ruxsatnomasi, sifati boʻyicha xorijiy sertifikat, nav tavsifnomasi va uchinchi (xolis) tomonning xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarining sinov natijalari (mavjud boʻlganda);

(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorlik guvohnomasi, nav tavsifnomasi va ekinboplik xulosasi raqamli QR kodli yorliqqa Markaz tomonidan joylashtirib boriladi;

(g) tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Markaz tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlansin:

(a) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan hamda ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilish;

(b) Bojxona qoʻmitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish.

4. Qishloq xoʻjaligi yerlarida sifatli urugʻliklar ekilishini taʼminlash va hosildorlikni monitoring qilish maqsadida belgilansinki, 2026-yildan boshlab:

(a) qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa barcha yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi korxonalari) oʻzlariga tegishli qishloq xoʻjaligi yerlariga ekilgan urugʻliklar hamda yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarni konturlar boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimiga kiritib boradi;

(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ekilgan urugʻliklar va yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish holatini monitoring qilib boradi;

(v) ekilgan urugʻlik va yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarning ular ekilganidan hamda yigʻib olinganidan keyin bir oygacha muddatda axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki notoʻgʻri kiritilganligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish deb baholanadi.

5. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:

(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini Xalqaro urugʻchilik federatsiyasi (ISF)ning qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining savdosi boʻyicha talablari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning urugʻliklarning sifatini baholash hamda markirovkalash boʻyicha qoidalariga muvofiqlashtirish;

(b) Markazning urugʻchilik laboratoriyalari faoliyatini urugʻlik sinovining xalqaro qoidalariga muvofiqlashtirish va ularni Xalqaro urugʻlarni sinash assotsiatsiyasi (ISTA) talablariga asosan akkreditatsiyadan oʻtkazish choralarini koʻrsin.

6. Belgilansinki, yangi tizim doirasida javobgarlik choralarini nazarda tutish maqsadida 2026-yildan boshlab raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlik subyektlariga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima qoʻllanadi.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) respublikadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va tajriba-sinov tadqiqotlarini oʻtkazish uchun import qilgan hamda ilmiy tajriba uchastkasida tayyorlagan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini raqamli QR kodli yorliqlash va ekinboplik xulosasini berish Markaz tomonidan bepul amalga oshiriladi;

(b) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import qilishda ular boʻyicha uchinchi (xolis) tomonning xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarining sinov natijalari amaldagi milliy qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelgan hollarda Markaz tomonidan beriladigan ijobiy ekinboplik xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olinadi;

(v) qishloq xoʻjaligi yerlariga 1-ilovada belgilangan genetik (nav) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlaridan past boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini ekish taqiqlanadi.

8. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2025-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorligi va ekinbopligi boʻyicha reytingni hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini shakllantirsin.

9. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda raqamli QR kodli yorliq shakllarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.

10. Quyidagilar:

(a) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;

(b) yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi amalga oshiradigan faoliyat turlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

(a) raqamli QR kodli yorliqlanmagan urugʻliklardan ekish uchun foydalanganlik va ularni realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini;

(b) “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflarni;

(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizimni joriy qilish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;

(g) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorligi va ekinbopligi boʻyicha reytingni hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagi hujjatlarning namunaviy shaklini tasdiqlasin:

(a) genetik (nav) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlariga mos boʻlgan urugʻlik yetkazib berish boʻyicha shartnoma;

(b) sifatsiz urugʻ yetkazilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha urugʻni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektining majburiyati.

13. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tizim doirasida qishloq xoʻjaligi korxonalari vakillari hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv seminar treninglar tashkil qilsin.

14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev, Qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A.D. Vaxabov belgilansin.

16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 7-iyul,

PF-109-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga 1-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi yerlarida ekish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining

T/rQishloq xoʻjaligi ekin turi va TIF TN kodiUrugʻlik tasnifiMeʼyoriy hujjatda belgilangan talablarGenetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi1.Urugʻlik chigit(1207210000)*Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida: superelita, elita avlod uchun100 % R-1 avlod uchun99 % R-2 avlod uchun98 % R-3 avlod uchun96 % F1 duragay avlod uchun96 %Ekinboplik sifat koʻrsatkichi2.Urugʻlik chigit(1207210000)*Unuvchanlik, kamida90 %3.Namlik, koʻpi bilan10 %4.Mexanik shikastlanganlik, koʻpi bilan: tuksiz chigit uchun8 % kam tukli chigit uchun8 % tukli chigit uchun7 %5.Ifloslanganlik, koʻpi bilan: tuksiz chigit uchun0,3 % kam tukli chigit uchun0,5 % tukli chigit uchun0,7 %6.Tukliligi, koʻpi bilan: tuksiz chigit uchun0,5 % kam tukli chigit uchun2,5 %7.Qoldiq toʻlaligi, koʻpi bilan: tukli chigit uchun0,8 % tabiiy tuksiz chigit uchun0,4 %8.Tuksizlantirilgan chigitning oʻlchamlari boʻyicha bir tekisligi, kamida94 %9.KuyganlikYoʻl qoʻyilmaydi10.Begona aralashmalar va begona oʻt urugʻlari mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi11.Tirik zararkunandalar va ularning lichinkalari mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydiGenetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi12.Urugʻlik bugʻdoy(1001912000,1001911000,1001110000)*Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida: original (koʻpaytirish koʻchatzori) avlod uchun100 % original (superelita) va elita urugʻlar avlodi uchun99,7 % reproduksiyali urugʻlar (RU-1, RU-2) avlodi uchun98 % tovar (mahsulot) yetishtirishga moʻljallangan reproduksiyali urugʻlar (RU-t) avlodi uchun95 %Ekinboplik sifat koʻrsatkichi13.Urugʻlik bugʻdoy(1001912000,1001911000,1001110000)*Unuvchanlik, kamida: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun95 % elita, RU-1, RU-2 uchun92 % RU-t uchun87 %14.Namlik, koʻpi bilan: barcha avlodlar uchun14 % oʻrilgan yili ekiladigan yangi hosildan tayyorlangan kuzgi bugʻdoy urugʻlarining barcha avlodlari uchun15 %15.Urugʻ tozaligi, kamida: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) va elita uchun99 % RU-1, RU-2 uchun98 % RU-t uchun97 %16.Boshqa ekinlar urugʻlarining miqdori, koʻpi bilan: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun5 dona/kg elita uchun5 dona/kg RU-1, RU-2 uchun20 dona/kg RU-t uchun130 dona/kg17.Begona oʻtlar urugʻlarining miqdori, koʻpi bilan: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun3 dona/kg elita uchun5 dona/kg RU-1, RU-2 uchun20 dona/kg RU-t uchun70 dona/kg18.Yovvoyi suli urugʻining mavjudligi:original va elita uchunYoʻl qoʻyilmaydi19.Zaharli oʻsimliklar urugʻlari (tuyaqorin va kampirchopon) mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi20.Aralashmalar, koʻpi bilan:qorakuya qopchalari: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) va elita uchunYoʻl qoʻyilmaydi RU-1, RU-2, RU-t uchun0,002 %Spora shoxchalari: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) avlodYoʻl qoʻyilmaydi elita uchun0,01 % RU-1, RU-2 uchun0,03 % RU-t uchun0,05 %21.Bugʻdoy nematodasi gʻallalari mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi22.Bugʻdoy urugʻlariga zarar yetkazuvchi tirik zararkunandalar va ularning lichinkalariYoʻl qoʻyilmaydi23.Karantin roʻyxatiga kiritilgan: zararkunandalar va kasallik chaqiruvchilar mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi begona oʻtlar urugʻlari va mevalari mavjudligiyoʻl qoʻyilmaydi24.Hayotchanlik, kamida: original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun95 % elita, RU-1, RU-2 uchun92 % RU-t uchun87 %Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi25.Urugʻlik kartoshka(0701100000)*Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchun100 % reproduksiyali urugʻlar (RU1, RU2) avlodi uchun99,5 %Ekinboplik sifat koʻrsatkichi26.Urugʻlik kartoshka(0701100000)*Hoʻl chirish, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun1 %27.Quruq chirish, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun0,5 % elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun1 %28.Oddiy va toʻrsimon parsha, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi original, mini-tuganak avlod uchun0,5 % original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun5 %29.Kukunli parsha, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun1 % elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun3 %30.Rizoktonioz, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun1 % elita avlod uchun3 % RU1 va RU2 avlod uchun5 %31.Kumushrang parsha, bujmayish, koʻpi bilan: “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchunYoʻl qoʻyilmaydi original, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun1 %32.Poya nematodasi, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchunYoʻl qoʻyilmaydi RU1 va RU2 avlodlari uchun0,5 %33.Halqali chirish, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchunYoʻl qoʻyilmaydi RU1 va RU2 avlodlari uchun0,5 %34.Temir dogʻli va qora tusliligi, jami, koʻpi bilan5 %35.Boshqa botanik navlarning aralashmasi mavjudligi, koʻpi bilan: original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchunYoʻl qoʻyilmaydi RU1 va RU2 avlodlari uchun0,5 %36.Kartoshka tuganaklarida eng katta diametri boʻyicha oʻlchamlarining talablarga javob bermaydigan tuganaklar mavjudligi, koʻpi bilan: original, mini-tuganak avlod uchun 9 mm.dan 60 mm.gacha oʻlchamda; original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun 28 mm dan 60 mm gacha oʻlchamda;3 %37.Kartoshka tuganaklarida tuproq va boshqa aralashmalarning mavjudligi, koʻpi bilan:2 %38.5 mm dan ortiq chuqurlikdagi va 10 mm dan ortiq uzunlikdagi mexanik shikastlanishlar (tuganak toʻqimalarining ezilgan, darz ketgan, kesilgan, tirnalgan va boshqalar defektlar), jami, koʻpi bilan5 %39.Zararkunanda (simqurtlar — uchdan ortiq yoʻlaklar, may qoʻngʻizi, tunlam, kemiruvchilar)lar bilan zararlanganligi, jami, koʻpi bilan2 %40.Tuganakning sogʻlom va butunligiBoʻlishi shart41.Tuganakning qattiqlashganligiBoʻlishi shart42.Tuganakning shakli va rangi boʻyicha tipik navga mos kelishiBoʻlishi shart43.Quruq va unib chiqmagan tuganaklar(bahorgi mavsumda tuganaklarning unib chiqqan nishlari 5 mmgacha ruxsat etiladi)Boʻlishi shart44.Dimiqish mavjud tuganaklarYoʻl qoʻyilmaydi45.Kuyganligi mavjud tuganaklarYoʻl qoʻyilmaydi46.Muzlagan va sovuq urgan tuganaklar mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi47.Xunuklashgan shaklga ega tuganaklar mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi48.Yengil sinadigan oʻsimtali tuganaklar mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi49.Ezilgan va yuzasi (1/4 qismidan koʻproq) shilingan tuganaklar mavjudligiYoʻl qoʻyilmaydi50.Urugʻlik kartoshkaning original (“in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita) avlodli urugʻlari uchun virusli va boshqa bakteriyali kasalliklar turlari va ularga meʼyorlar amaldagi standart talablari asosida belgilanadi.51.Faqat ekish uchun moʻljallangan sabzavot va ayrim yeyiladigan ildizmeva, tubmevali va tuganak mevali oʻsimliklar(0701, 0703, 0712 90 110 0, 0713)*0701, 0703, 0712 90 110 0, 0713 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.52.Ziravorlar(urugʻlik maqsadida)(0909 — 0910)*0909 — 0910 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.53.Donlar(urugʻlik maqsadida)(1001 — 1008)*1001 — 1008 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.54.Faqat ekish uchun moʻljallangan meva urugʻlari va boshqa urugʻlar(1201, 1202, 1204 — 1207, 1209)*1201, 1202, 1204 — 1207, 1209 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.

Izoh: * TIF TN kodlari bilan belgilangan mahalliy tayyorlangan va import qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklariga ekinboplik sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muvofiqlikni baholash ishlari amalga oshiriladi hamda baholash natijalariga koʻra urugʻliklar belgilangan sifat meʼyorlariga javob berganda ekinboplik xulosasi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga2-ILOVA

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomlanishiTaqdim etiladigan maʼlumotlarAmalga oshirish shakliMuddatiMasʼullar1.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Bojxona qoʻmitasining “singlewindow.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini import qiluvchilarning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, rasmiylashtirilgan ekinboplik xulosasi va raqamli QR kodli yorliq.1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.2025-yil avgustBojxona qoʻmitasi,Oʻzagroinspeksiya,Raqamlashtirish vazirligi2. Integratsiyani amalga oshirish.2025-yil sentabr2.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligining “agroplatforma.uz” va “e.urug” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.1. Urugʻliklarni yetishtirish uchun oʻtkazilgan tanlov (tender) natijalari, urugʻliklarni qabul qiluvchi subyektlarga urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan topshirilgan urugʻliklar miqdori hamda urugʻlik haqidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek, rasmiylashtirilgan navdorlik guvohnomasi.2. Ekinboplik xulosasini berish uchun urugʻliklarni ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi subyektlar bilan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shuningdek, rasmiylashtirilgan ekinboplik xulosasi.1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.2025-yil avgustQishloq xoʻjaligi vazirligi,Oʻzagroinspeksiya,Raqamlashtirish vazirligi2. Integratsiyani amalga oshirish.2025-yil sentabr3.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Milliy statistika qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Urugʻliklarni ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi subyektlar haqidagi statistik maʼlumotlar.1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.2025-yil avgustMilliy statistika qoʻmitasi,Oʻzagroinspeksiya,Raqamlashtirish vazirligi2. Integratsiyani amalga oshirish.2025-yil sentabr4.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini Soliq qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Ekilgan urugʻliklar va yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilmagan yoki notoʻgʻri kiritilganligi haqidagi maʼlumot.1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.2025-yil avgustSoliq qoʻmitasi,Oʻzagroinspeksiya,Raqamlashtirish vazirligi2. Integratsiyani amalga oshirish.2025-yil sentabr5.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini “Oʻzbekkosmos” agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Ekin maydonlarida navdorlikni baholash uchun konturlar kesimida maʼlumotlar.1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.2025-yil avgust“Oʻzbekkosmos” agentligi,Oʻzagroinspeksiya,Raqamlashtirish vazirligi2. Integratsiyani amalga oshirish.2025-yil sentabr

Izoh. Axborot tizimlari integratsiyasi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi va maʼlumotlar almashinuvi jarayonida haq undirilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga3-ILOVA

Yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi amalga oshiradigan faoliyat turlari

Yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

(a) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini identifikatsiya qilish uchun raqamli QR kodli yorliqlash tizimini joriy etish;

(b) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashni amalga oshirish;

(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari tarkibida geni oʻzgartirilgan organizmlar (GMO)ning mavjudligini aniqlash;

(g) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini baholash tizimiga ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy sinov usullarini joriy qilish hamda doimiy ravishda takomillashtirib borish;

(d) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import qilishda zarur boʻlgan hollarda tomonlar kelishuvi asosida xorijiy tadbirkorlik subyektlari hududiga mutaxassislarni yuborish;

(e) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari haqidagi davriy maʼlumotlarni jamlash, kuzatish va yangilash imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish hamda amaliyotga joriy qilish;

(j) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import va eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini, shuningdek, urugʻliklar raqamli QR kodli yorliqlanganligi, ularni baholash va laboratoriyada sinovdan oʻtkazish natijalari haqidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.